Xalqora hamkor tashkilotlar

 

Navoiy Davlat pedagogika institutida xalqaro aloqalar bo‘yicha

2015-yil davomida amalga  oshirilgan ishlar bo‘yicha ma’lumot

So‘nggi yillarda chet eldagi ilmiy markazlar bilan hamkorlik yaxshilandi. Rossiya Federatsiyasi FA Sibir bo‘limi (Novosibirsk hisoblash texnologiyalari instituti, Hisoblash markazi, Krasnoyarsk shahridagi Fizika instituti), MDU, MDPU, Novosibirsk DU, Qozog‘iston Respublikasining Olma-ota industrial-pedagogika Akademiyasi, Chimkent DU, Bolgariya Respublikasining Varna iqtisodiyot universiteti va Koreya  Respublikasi  Seul   Milliy  universitetlari bilan o‘zaro manfaatli ilmiy hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

Institut ilmiy salohiyatini mustahkamlash hamda ilmiy-tadqiqot sohasida hamkorlik va aloqalarni yaxshilash maqsadida Xalqaro hamkorlik faoliyati kengaytirilib, Rossiya Federatsiyasi  FA Novosibirsk hisoblash  texnologiyalari  instituti, M.V.Lomonosov nomidagi Moskva DU, Qozog‘iston  Respublikasining Olma-ota industrial-pedagogika Akademiyasi bilan tuzilgan hamkorlik shartnomalari asosida ijobiy ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. 2009-yilning  23-sentyabr  kuni  Navoiy Davlat  pedagogika  instituti va  Koreyaning  Seul  milliy  pedagogika  universiteti  o‘rtasida  o‘zaro  hamkorlik  qilish  to‘g‘risidagi   memorandum imzolangan.

2015-yilning 9-aprelida «Global oliy ta’lim tizimida ilmiy tadqiqotlarning zamonaviy uslublari» mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazildi. Konferensiyaga xorijiy ishtirokchilar tashrif  buyurdi. Jumladan:

Bolgariya FA Jamiyat va bilimlarni o‘rganish instituti professori falsafa fanlari doktori, Stefan Ye. Nikolov, Qohira universiteti professori Muhammad Abdulhamid  Hammam, Xitoy Xalq respublikasidan  Ma Syu Ling, M.V.Lomonosov nomidagi MDU “Hisoblash matematikasi va kibernetika” kafedrasi dotsentlari, Sazonov V.V., va O.V.Solovyeva,  Al-Forobiy nomidagi Qozog‘iston Milliy universitetidan dotsent K.R. Yembergenova.

Joriy yilning 5-noyabr sanasida O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Navoiy davlat pedagogika instituti va ERASMUS+ning O‘zbekistondagi milliy ofisi tashkilotchiligida  Navoiy  shahar oliy ta’lim muassasalari uchun ERASMUS+ning axborot seminarii bo‘lib o‘tdi.  Seminarda ERASMUS+ning O‘zbekistondagi milliy ofisi  koordinatori A.Abduraxmanova, ERASMUS+ning O‘zbekistondagi milliy ofisi  ekspertlari Q.Baxadirov va Z.Isakovalar ma’ruza qilishdi.

Безымянный

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar Vazirligining 10-dekabr 2015-yildagi 03/36523 sonli xatiga asosan  joriy yilning 15-dekabr sanasida AQSH ning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Pamela Spratlen xonim Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi, tashrif davomida Navoiy davlat pedagogika instituti rektori va talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

 

2015-yil davomida talaba, magistrant va katta ilmiy xodim-izlanuvchilari  xorijiy davlatlarda bo‘lmadilar; talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi, rasmiy tashriflar bo‘lgani yo‘q.

Kelgusidagi vazifalar to‘g‘risida

  1. Institut ilmiy saloxiyatini yanada oshirish, yosh o‘qituvchilarni ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanishlarini yanada jadallashtirish maqsadida xalqaro xamkorlikni kuchaytirish;
  2. Davlat granti asosida bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha xalqaro loyihalar olishga erishish;
  3. Professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish.

323