Ilmiy tadqiqot faoliyati


Institutning bosh ilmiy tadqiqot mavzusi «Barkamol inson shaxsini shakllantirish va uning ijtimoiy-pedagogik mohiyati» bo‘lib, u institutning ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash hamda ilmiy tadqiqot faoliyati sohalaridagi quyidagi asosiy vazifalarini hal etishga qaratilgan:
o har bir fakultet, kafedra va ixtisosliklar kesimida ilmiy salohiyatni oshirish, fan doktorlari korpusini yoshartirish, katta ilmiy xodim – izlanuvchilar va mustaqil tadqiqotchi – izlanuvchilar institutlari samaradorligini oshirish, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni jadallashtirish va Oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi o‘zaro innovatsion korporativ hamkorlik mexanizmlarini yanada takomillashtirish asosida ilmiy salohiyatni oshirish;
o eng muhim yo‘nalishlarda ilmiy maktablarni hamda yetakchi ilmiy jamoalarni shakllantirish va rivojlantirish;
o katta ilmiy xodim-izlanuvchilar va mustaqil tadqiqotchi-izlanuvchilarning ilmiy-tadqiqot mavzularini fan va texnologiyaning ustuvor yo‘nalishlari doirasida muhim muammolarning yechimlariga, yangilik yaratuvchanlikka, fanning samarali rivojiga yo‘naltirib, olingan natijalarni amaliyotga qo‘llanilishini ta’minlash;
o ilmiy faoliyatni tegishli sohalarning ilmiy muammolari va rivojlanish tendensiyalaridan kelib chiqqan holda rejalashtirish;
o innovatsion faoliyatni rivojlantirish, ilm-fanning ta’lim va ishlab chiqarish bilan samarali integratsiyasini ta’minlash;
o respublikamizdagi hamda xorijiy davlatlarning yetakchi oliy o‘quv yurtlari bilan o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish.

MURODOVA NODIRA QULLIYEVNANING DOKTORLIK DISSERTATSIYA HIMOYASI HAQIDA E'LON

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning nazariy asoslarini takomillashtirish», 08.00.01-Iqtisodiyot nazariyasi (iqtisodiyot fanlari).
Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /Iqtisodiyot fanlari nomzodi/.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:28.04.2016/V2016.2.I639.
Ilmiy maslahatchi: Vaxabov Abdurahim Vasiqovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti,14.07.2016.I.03.01.
Rasmiy opponentlar: Hamroyev Odil Hamzayevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mamatov Axmatjon Atajonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Usmonov Anvar Saidmaxmudovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotningmaqsadi: iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik (KBXT) sub’yektlarini davlat tomonidan iqtisodiy qo‘llab-quvvatlashning nazariy asoslarini selektivlik tamoyili asosida takomillashtirishda ularning innovatsion raqobatbardoshligini ta’minlashga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotningilmiyyangiligi:
KBXTni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning nazariy asoslarini tizimli takomillashtirishga selektiv yondashuvi asoslangan;
yuridik shaxs maqomini olmagan holda yakka tartibda faoliyat yurituvchi oilaviy tadbirkorlik sub’yekti sifatida ro‘yxatdan o‘tgan oila a’zosining soliq to‘lovi va sug‘urta badalini hisoblash va to‘lash tartibi ishlab chiqilgan;
yakka tartibdagi faoliyat yurituvchi tadbirkorlarga qo‘shimcha ishchi kuchini yollash imkonini berish tartibi ishlab chiqilgan;
kichik biznes sub’yektlarini aniqlashda belgilangan me’yordagi ishchilar sonini kasb-hunar kolleji bitiruvchilari bandligi samaradorligini oshirish va mehnat sig‘imkorligi yuqori bo‘lgan tarmoqlarning ustuvor rivojlantirish zaruriyatidan kelib chiqib, selektiv yondashgan holda oshirib borish uslubiyati takomillashtirilgan;
soliq qonunchiligi konsepsiyasida kasb-hunar kolleji bitiruvchilari tomonidan tadbirkorlik bilan shug‘ullanishda qat’iy belgilangan soliq va yagona ijtimoiy to‘lov bo‘yicha imtiyozlar qo‘llash tartibi ishlab chiqilgan;
KBXTda biznes muhitining shaffofligi va qulayligini ta’minlaydigan davlat xizmatlarining integratsiyalashtirilgan tizimining interaktivlik tamoyili asosida faoliyat yuritadigan markazlarni tashkil etish uslubi ishlab chiqilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
yuridik shaxs maqomini olmagan holda yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tgan oila a’zosining sug‘urta va soliqni to‘lash tartibi borasidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2013 yil 11 dekabrdagi O‘RQ-359-sonli «Soliq va byudjet siyosatining 2014 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonun hujjatlari tayyorlanishida inobatga olindi, sug‘urta va soliq tizimlarining amaliyotida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasining 2013 yil 12 dekabrdagi ma’lumotnomasi). Mazkur taklifga asosan yakka tartibdagi oila tadbirkorining oyiga eng kam ish haqining 100 foizi miqdorida, qolgan oila a’zolari esa uning 50 foizi miqdorida sug‘urta badalini to‘lashi, faqat yakka tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tgan oila a’zosi tomonidan qat’iy belgilangan soliqni to‘lashi lozimligi belgilandi;
kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari kollejni tamomlagandan so‘ng bir yil davomida yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tib, faoliyat boshlasa, shu davrdan boshlab ma’lum bir muddatga (3 oydan 6 oygacha) qat’iy belgilangan soliq to‘lashdan ozod etish taklifi 2015 yildan «Yagona soliq to‘lovining eng kam miqdori kiritilishi bilan yagona soliq to‘lovini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risida»gi nizomga kiritilgan o‘zgarishda inobatga olindi (Soliq qo‘mitasining 2015 yil 7 avgustdagi 13/3-15588-son ma’lumotnomasi). Natijada 2015 yildan kollej bitiruvchilari kollejni tamomlagandan keyin o‘n ikki oy ichida yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgan sanadan boshlab qat’iy belgilangan soliqni to‘lashdan olti oy muddatga ozod etilishi, agar davlat ro‘yxatidan o‘tgan sanadan boshlab o‘n ikki oy ichida o‘z faoliyatini tugatsa, qat’iy belgilangan soliqni faoliyati amalga oshirilgan butun davri uchun to‘lash tartibi belgilandi;
kichik korxonalarga yoshlarni keng jalb etishni yanada rag‘batlantirish va mehnat sig‘imkorligi yuqori bo‘lgan tarmoqlarni ustuvor rivojlantirish zaruriyatidan kelib chiqib, kichik biznes sub’yektlarini aniqlashda belgilangan me’yordagi ishchilar sonini selektiv yondashgan holda oshirib borish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 7 apreldagi «O‘zbekiston Respublikasida Investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-4609-sonli Farmonida inobatga olingan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2016 yil 25 apreldagi 11/ASH-01-2542-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari bilan mehnat shartnomalari tuzilganda, band xodimlarning o‘rtacha yillik soni qonun hujjatlarida belgilangan cheklangan normativi 20 foizdan 50 foizga oshirildi, natijada bitiruvchilarning 8028 nafari mikrofirma va kichik korxonalarga ishga jalb qilinishi ta’minlandi;
yengil, oziq-ovqat hamda qurilish materiallari sanoatida band bo‘lgan ishchilar soni belgilangan cheklangan me’yordagi 100 nafar o‘rniga 200 nafar etib belgilash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilishini ta’minladi;
yoshlar bandligini ta’minlash samaradorligini oshirish, yakka tartibdagi tadbirkorlarga qo‘shimcha ishchi yollash imkoniyatini berish va KBXTda biznes muhitining shaffofligini va qulayligini ta’minlaydigan davlat xizmatlarining integratsiyalashtirilgan tizimini tashkil etish takliflari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 15 maydagi «Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-4725-sonli Farmonida inobatga olindi (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2016 yil 25 apreldagi 11/ASH-01-2542-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarga asosan 2015 yil 1 iyuldan boshlab, yakka tadbirkorlarga faoliyatidan kelib chiqqan holda bir nafardan uch nafargacha ishchini yollash huquqi berildi. Yakka tartibdagi tadbirkorlar kasb-hunar kolleji bitiruvchilarini ishga yollagan taqdirda, kollejni bitirgandan boshlab o‘n ikki oy mobaynida yollanma ishchilar uchun qat’iy belgilangan soliqni to‘lashdan ozod etilishi ta’minlandi; KBXT sub’yektlariga davlat idoralari ko‘rsatayotgan xizmatlar integratsiyalanib, xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashning makro, mezo va mikro darajada uzviylashgan innovatsion tizimi yaratildi va hududlarda «Yagona darcha» markazlarini tashkil etishga olib keldi.

© 2017 Navoiy davlat pedagogika instituti saytidan olingan ma'lumotlarni chop etilganda veb-saytga havola qilish majburiy
Сайт скован и затачивается при помощи Octopus