Navoiy davlat pedagogika institutida AQSH elchixonasi tomonidan tashkil  etilgan “Spelling Bee”  konkursi to’g’risida

 MA’LUMOTNOMA

2018 yilning 29-yanvar kuni OTMning 14.12.2017 №87-03-3292 xatiga asosan Navoiy davlat pedagogika institutida ingliz tili orfografiyasiga asoslangan  “Spelling Bee” konkursi AQSH elchixonasi tomonidan talabalar o’rtasida tashkil etildi. Unda Navoiy davlat pedagogika institutidan 21 talaba Navoiy davlat konchilik institutidan 2 ta talaba qatnashdilar. Konkursni AQSH elchixonasi vakili Kirsten Michener  olib bordi.

Tanlov shartlariga asosan Kirsten Michener tomonidan ingliz tilida talaffuz etilgan so’zlar talabalar tomonidan “spelling” harfma harf aytildi. 

Konkurs shartlari yakuniga asosan Navoiy davlat pedagogika instituti xorijiy tillar fakulteti 4- kurs talabalari Rohatoy Hasanova va Mukhlisa Sobirovalar g’olib deb topildi. Konkurs g’oliblari 2018 yilning 7-fevralida Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston milliy kutubxonasida bo’lib o’tadigan II Respublika bosqichga yo’llanmani qo’lga kiritdilar.

© 2017 Navoiy davlat pedagogika instituti saytidan olingan ma'lumotlarni chop etilganda veb-saytga havola qilish majburiy
Сайт скован и затачивается при помощи Octopus