OCHIQ  LEKSIYALARNING TASHKIL ETILISHI

TO’G’RISIDA M A ‘ L U M O T

Ochiq leksiya va ochiq darslarning tashkil etilishidan asosiy maqsad tegishli fan-texnika va texnologiyalar sohalari bo’yicha jahonda erishilgan yutuq va yangiliklardan xabardor bo’lishlariga erishish va ular asosida zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsion texnologiyalardan samarali foydalangan holda leksiyalarni tayyorlash, o’tkazish va shu tariqa ta’lim sifatini oshirishga alohida e’tibor berish va  kafedraning yosh pedagoglari, magistrant va aspirantlarining kasbiy mahoratini muntazam oshirishdan iborat.

Bunda etakchi tajribali professor-o’qituvchilar tomonidan o’quv rejadagi barcha fanlardan ayniqsa, umumkasbiy va iqtisoslik fanlaridan “Ochiq leksiya”lar o’tkazilishiga alohida e’tibor berilgan.

Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2004-yil 26-mart “Ochiq leksiyalarni tashkil etish va o’tkazish tartibi to’g’risida”gi 79-sonli buyrug’i va uning bilan tasdiqlangan Nizomi asosida institutning   2015-yilning 13-noyabridagi 423-AFO sonli “Ochiq leksiyalar jadvalini tasdiqlash to’g’risida”gi ichki buyrug’i qabul qilinib, ochiq leksiyalarning o’tkazilishi tashkil etilib kelinmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining                       2006-yil 7-martdagi “Ochik leksiyalar samaradorligini oshirish to’g’risida”gi  49-sonli buyrug’i asosida institutning  2006-yil 24-martdagi “Ochiq leksiyalar samaradorligi oshirish to’g’risida”gi   55-UMI sonli buyrug’i chiqarilgan va buyruq ijrosini ta’minlash bo’yicha vazifalar belgilangan

– Kafedralardagi tegishli barcha fanlardan ayniqsa, umumkasbiy va iqtisoslik fanlaridan ochiq leksiyalar o’tkazilishiga alohida e’tibor berilishi;

– Ochiq leksiyalar o’tkaziladigan kun, joy va vaqti, mavzusi hamda lektorning familiyasi, ismi bir hafta oldin e’lon qilib borilishi, ochiq leksiyaning matni (yoki uning qisqa mazmuni-tezislari), avvaldan o’rnatilgan tartibda barcha talaba va taklif etilganlar (ekspertlar)ga tarqatilishi;

– Ochiq leksiyalar jadval asosida ichki va tashqi ekspert guruhlari hamda leksiya tashkil etayotgan kafedraning yosh pedagoglari, magistrant va aspirantlarining ishtirokida o’tkazilishi;

– Ochiq leksiyaning mazmun-mohiyati va ilmiy-uslubiy saviyasi bo’yicha muhokama leksiyadan so’ng, kafedralarda davom ettirilib, ochiq leksiyaning muhokamasi kafedralar majlislar bayonnomalarida qayd qilinib borilishi;

– Professor-o’qituvchilarning yuqori baholangan ochiq leksiyalar matnlari va ularning elektron versiyalari kafedra va institut ARMiga talabalar foydalanishlari uchun topshirilishi;

– Kafedralar va fakultetlarda “Ochiq leksiyalar”ni professor-o’qituvchilar tomonidan jadvalga muvofiq o’tishlari va ularning ilmiy-uslubiy saviyasi o’quv va ichki nazorat va monitoring bo’limlari tomonidan o’rganilgan va institut Ilmiy kengash va rektoroldi ishlab chiqarish yig’ilishlarida tahlil qilinib, monitoringi olib borilishi belgilangan.

2006 yilning martidan boshlab institut saytida “Ochiq leksiyalar” bo’limi tashkil etish, unga ochiq leksiyalar o’tkazish jadvali va uning ijrosi yuzasidan ma’lumotlar hamda ochiq leksiyalar to’liq matnining elektron versiyalarini joylashtirib borish vazifalari belgilangan va vazirlik portalida jamlangan ochiq lektsiyalar elektron versiyalaridan ARMdagi kompyuter sinflaridagi axborot bazalariga joylashtirish va ulardan talabalar hamda professor-o’qituvchilarning muntazam foydalanishlariga sharoitlar yaratish vazifalari va o’quv yili yakunida namunali o’tkazilgan ochiq leksiyalar mualliflarini moddiy va ma’naviy rag’batlantirish belgilangan.

Ochiq leksiya va ochiq darslarning kafedralarda tashkil etilish holati tahlil qilinganda barcha kafedralarda ochiq leksiya va ochiq darslar rejalari tasdiqlanganligi, joriy yilning sentyabr, noyabr oylarida tashkil etilgan ochiq dars va leksiyalarning ishlanmalari, kafedra muhokamasi bayonnomalari kafedralarda saqlanadi.

© 2017 Navoiy davlat pedagogika instituti saytidan olingan ma'lumotlarni chop etilganda veb-saytga havola qilish majburiy
Сайт скован и затачивается при помощи Octopus