Navoiy davlat pedagogika instituti Magistratura bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tadbir haqida ma’lumot

2018-yil 8-fevral kuni institutning magistratura bo‘limi talabalari tomonidan A.Navoiyning 577 yillik tavallud kuniga bag‘ishlab “Buyuk ajdodlarimizga munosib voris bo‘lamiz” mavzusida badiiy-adabiy kecha o‘tkazildi.

Tadbirda institut rektori, prorektorlar, professor-o‘qituvchilar, talabalarning ilmiy rahbarlari, 43 nafar magistratura bo‘limining talaba yoshlari va yoshlar ittifoqi institut boshlang‘ich tashkiloti rahbarlari ishtirok etdilar. Institut rektori    B. Daniyarov barchani  A.Navoiyning  577 yillik tavallud kunida munosib ishtirok etayotganlari, shoirni yod etib ezgu amallari ila ul zodga ehtirom bajo keltirayotganlari bilan qutlab, Navoiyning hayoti va ijodiga oid fikr mulohazalarini bayon etib kechani ochib berdilar. Kechada  2017-yilda oliy ta’limdan keyingi  magistratura bosqichiga qabul qilingan talabalarni  boshlagan ezgu niyatlarini qo‘llab-quvvatlab muborakbod etdilar va ularni ilmning yuqori pog‘onalarini egallashlarida hazrati Navoiyning ruhlari madadkor bo‘lishligini so‘rab oq yo‘l tiladilar.

SHuningdek, kechada so‘zga chiqqan institut ilmiy ishlar  bo‘yicha prorektori dots.S.Xujjiev  yosh mutaxassislar doimiy e’tiborimizda ekanliklarini, magistratura bo‘lim boshlig‘i i.f.d., prof.N.Murodova yoshlarga yuksak e’tibor va ishonch sizni ulkan marralarga eltadi deya tilak bildirdilar.

Badiiy-adabiy kechada magistratura bosqichi 1-kurs talabalarining barchasi faol ishtirok etib, Navoiy ijodidan lavhalar, she’rlari-yu g‘azallaridan namunalar o‘qidilar. Buyuk zotni yod etib ijodiga qayta murojaat etdilar.


© 2017 Navoiy davlat pedagogika instituti saytidan olingan ma'lumotlarni chop etilganda veb-saytga havola qilish majburiy
Сайт скован и затачивается при помощи Octopus