2017-yil 7-dekabrda O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 25 yilligi munosabati bilan, NavDPI Tarix fakulteti ‘’Milliy g`oya, ma`naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasi’ o`qituvchisi Toshpo`latov Shohijahon Eshpo`latovich boshchiligida “Milliy g`oya, ma`naviyat asoslari va huquq ta’limi” 2-bosqich ‘’E” guruhi talabalari ishtirokida “Ekologik ong va etno madaniyat” mavzusida ingliz va  rus tillarida ochiq dars tadbiri o`tkazildi. Tadbirda videoproyektor, global muammolar aks etgan videorolik, slaydlar va  aqliy hujum metodlaridan foydalanildi, Ochiq darsda terrorizm, iqlimning global isishi, havo va suvning ifloslanishi, ekomuhit(o`rmonlar, tabiiy havzalar)ning  qisqarib ketishi, narkobiznes, odam savdosi, Orol fojeasining global miqyosdagi muammolar ekanligi va ushbu muammolarni bartaraf etishda insoniyatning hamjihatligi, uyushib harakat qilmog`i alohida ta`kidlab o`tildi. Shuningdek talabalar ishtirokida “Adashgan talaba” nomli terrorizm tuzog`iga tushib qolib, uning  qurboniga aylangan talabaning qismati yoritib berildi va OTMda talabalar o`rtasida terrorizmning zararli oqibatlari va ulardan saqlanishga qaratilgan mafkuraviy profilaktikani faol olib borish, mafkuraviy immunitetni oshirish bo`yicha zaruriy tavsiyalar berildi.

 


© 2017 Navoiy davlat pedagogika instituti saytidan olingan ma'lumotlarni chop etilganda veb-saytga havola qilish majburiy
Сайт скован и затачивается при помощи Octopus