2017 yil 15 - dekabr Navoiy davlat pedagogika instituti O'zbek tili va adabiyoti fakulteti o'zbek adabiyoti kafedrasi katta o'qituvchisi Tursunova Nasiba o'zining doktorlik dissertatsiya ilmiy mavzusi "Hozirgi o'zbek drammaturgiyasida falklor stilizatsiyasi" - doktorlik dissertatsiya ilmiy mavzusi asosida amaliy tadbir o'tkazildi. Tadbirda Navoiy viloyat tarixiy o'lkashunoslik muzeyi xodimlar o'z ko'rgazmalari bilan ishtirok etdilar. Adabiy-ma'rifiy tadbirni institut Ma'naviy-marifiy ishlar bo'yicha prorektor f.f.n O.S Qayumov ochib berdi. 

Fakultet 2-bosqich talabalari tomonidan milliy qadryatlar asosida sayqal topgan xalq qo'shiqlari hamda "dilxuroj" "surxoncha", "parvona qilgaysiz" milliy raqslar guldastasi namoiy etildi. Shuningdek, tadqiqotchi olib boriladigan mavzu yuzasidan xalq eposi "Alpomishning qaytishi", "Go'r o'g'li" dostonlari asosida sahna namoyishlari va oilaviy-maishiy marosimlardan tashkil topgan teatrlashtirilgan sahna ko'rinishlari mohirona ijro etildi.

Ma'naviyat soatida tashkil etilgan ushbu tadbir yosh avlodni milliy vatanparlik ruhuda tarbiyalashda hamda avloddan-avlodga o'tib keladigan qadryatlarni yanada sayqal topishiga muhim ahamiyat kasb etadi.

 


© 2017 Navoiy davlat pedagogika instituti saytidan olingan ma'lumotlarni chop etilganda veb-saytga havola qilish majburiy
Сайт скован и затачивается при помощи Octopus