2017-yil 6-dekabrda O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganiligining 25 yilligi munosabati bilan, NavDPI Tarix fakulteti “Milliy g`oya, ma`naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasi’ o`qituvchisi Toshpo`latov Shohijahon Eshpo`latovich boshchiligida “Milliy g`oya, ma`naviyat asoslari va huquq ta’limi” 2-bosqich ‘’D” guruhi talabalari ishtirokida “Mustaqil demokratik taraqqiyot, O`’zbekiston  Respublikasi Konstitutsiyasini o’rganishning ahamiyati” mavzusida ingliz tilida ochiq dars tadbiri o`tkazildi. Tadbirda interfaol ta’lim metodlaridan foydalanildi, O`zbekiston Respublikasining   Mustaqillik Deklaratsiyasi va AQSH Deklaratsiyalari qiyosiy-tahlil usulda yoritildi, O`’zbekiston  Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilgan o`zgartirish va qo`shimchalar, “O`zbek modeli” va  O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishga qaratilgan “Harakatlar strategiyasi” mazmun-mohiyati ochib berildi. Shuningdek talabalar ishtirokida “Erudite” (Zakovat) intellektual o`yini tashkil etildi.


© 2017 Navoiy davlat pedagogika instituti saytidan olingan ma'lumotlarni chop etilganda veb-saytga havola qilish majburiy
Сайт скован и затачивается при помощи Octopus