O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining 25 yilligiga bag`ishlab R.P. Raxmonova rahbarligida  Maktabgacha ta`limy o`nalishi I va II (rus)  guruh talabalari tomonidan noan`anaviy inavasion ko`rgazma tashkil etildi. Ko`rgazmada R.P.Raxmonova 1 “G” va 2 “G” guruhlari o`rtasida “Mohir qo`llar”  bellashuvini e`lon qildi. Ko`rgazmani tashkil etishga  talabalar jiddiy yondoshdilar. Bu ko`rgazma jarayonida o`z aksini topdi. Maktabgacha ta`lim  yo`nalishining talabalari ijodiy g`oyalarining ko`p qirraliligi va betakrorligi ko`rinib turar edi. 1 “G” guruh talabalari Davlat ramzlarini applikasiya usulida tayyorlagan bo`lsalar, 2 “G” guruh talabalari esa o`z qo`l ishlarini mohirona tarzda O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining  har bir moddasida  izohlab  berdilar. Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan islohotlar  I guruh talabalari  qo`l ishlarida o`z aksini topdi. II guruh talabalari qo’llari bilan yasalgan  applikasiya gullari bilan bezatilgan Davlat ramzi hisoblanmish bayroq ko`rgazma devorini bezatib turdi. Har bir talaba o`z ishini  she`r va hikoya tarzida izohlab , O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi moddalarini yoddan aytib berdilar.

Korgazma oxirida Maktabgacha  va boshlang`ich ta`lim fakulteti dekani  Sh. Xudoyorov barchani bayram bilan tabriklab, ishtirokchilarga o`z minnatdorchiligi bildirdi. Bellashuv natijalariga ko`ra do`stlik g`alaba qozondi. Faol ishtirok etgan talabalarga faxriy yorliq topshirildi. Tashkilotchi va mehmonlar ko`rgazmadan bir olam taasurot oldilar.


© 2017 Navoiy davlat pedagogika instituti saytidan olingan ma'lumotlarni chop etilganda veb-saytga havola qilish majburiy
Сайт скован и затачивается при помощи Octopus