O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi, xalqaro Clarivate Analytics kompaniyasi va “E-LINE PRESS” MChJ hamkorligida Xalqaro ilm-fan kuniga bag‘ishlab “Science Leader” Web of science award xalqaro sovrin g‘oliblarini taqdirlash o‘tkazildi.

Xalqaro “Science Leader” Web of science award sovrini bilan taqdirlash marosimi 2017 yilning 27 noyabr kuni Toshkent shahridagi “International Hotel Tashkent” mehmonxonasida bo‘lib o‘tdi.

Xalqaro sovrin bilan jahon ilm-fani rivojiga hissa qo‘shayotgan, ilmiy bilimlarni targ‘ib qilayotgan, shuningdek, ilmiy faolligi yuqori bo‘lgan yetakchi olimlar mukofotlandi. Nomzodlarning ilmiy ishlarini samaradorligi xalqaro ilmiy-tahliliy “Web of Science” elektron ma’lumotlar bazasiga kirgan axborot resurslarida chop etiladigan ilmiy maqolalar va ularga havolalar asosida baholandi

Ushbu tadbirda bizninig institutdan vakil “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri f.f.d., prof. N.O.Safarova ishtirok etdi

 


© 2017 Navoiy davlat pedagogika instituti saytidan olingan ma'lumotlarni chop etilganda veb-saytga havola qilish majburiy
Сайт скован и затачивается при помощи Octopus