O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miramanovich Mirziyoyevning 2017 yil 15 noyabr kuni “Aholi o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish” to‘g‘risida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida institut talaba-yoshlari o‘rtasida “Mening mahallamda jinoyat sodir etilmasligi kerak” shiori ostida “Men har qanday huquqbuzarlik holatlariga qarshi kurashishda faol ishtirok etaman” mavzusida joriy yilning 20 noyabr kuni davra suhbati o‘tkazildi.
Mazkur tadbirda Navoiy shahar hokimi U.Xalilov, Navoiy shahar IIB boshlig‘i F.Siddiqov, Navoiy shahar prokurori Sh.Xaydarov, viloyat MXX mas’ul vakili D.Salomov, institut Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor O.Qayumov, institutning Tarix fakulteti dekani X.Qurbonov va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini Z.Junayev, O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti dekani Z.Jumayev va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini Q.Bozorov, institut professor-o‘qituvchilari hamda 215 nafar talabalar ishtirok etishdi.
Tadbir yakunida mavzuga doir vedio film namoyishi tashkil etildi. Shundan so‘ng Navoiy shahrida joylashgan “Farxod” madaniyat saroyidan tashrif buyurgan bir guruh san’atkorlar tomonidan kuylangan diltortar kuy-qo‘shiqlar bilan o‘z nihoyasiga yetdi.

 


© 2017 Navoiy davlat pedagogika instituti saytidan olingan ma'lumotlarni chop etilganda veb-saytga havola qilish majburiy
Сайт скован и затачивается при помощи Octopus