Kafedra tarixi

 

1986 yilda   “Fizika, Umumtexnika va mehnat ta’limi”  kafedrasi tashkil etilgan va 1998  yillari kafedraga fizika-matematika fanlari nomzodi,  dotsent A.K.Qutbedinov, 1998 yildan kafedra “Umumiy fizika” deb nomlanib, 1998 – 2004 yillari texnika fanlari nomzodi, dotsent Ochilov O.R.,  2004 – 2011 yillari fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent A.A.Axmedov mudirlik qildi. 2012 yilning aprel oyidan boshlab kafedraga fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent v/b Karimov Abdimumin Mardiqobilovich mudirlik qilib kelmoqda.

Hozirda kafedrada  6 dotsent, 4 katta o’qituvchilar va 4 ta assistent fanlardan mashg’ulotlar olib bormoqda. 2008-2009 o’quv yilidan boshlab 5A404101-“Nazariy  fizika” mutaxasisligi bo’yicha, 2011 yildan boshlab 5A110201-“Fizika o’qitish metodikasi” mutaxasisligida   magistrantlar tayyorlanmoqda.

Kafedradan 2005 yilda Zoirova L, 2006 yilda Soliyeva N, 2007 yilda Achilova G, 2008 yilda Fattullayeva G, 2009 yilda Navruzova S, 2010 yilda Kamalova D, 2013 yilda Sayfullaeva lar “Ulug’bek ” nomidagi  hamda 2013 yilda 5A110201-“Fizika o’qitish metodikasi” mutaxassisligi   magistranti Kamolova D. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti  stipendiyasi sovrindorlari bo’lishdi.

Shuningdek Oliy ta’lim muassasalari talabalar Respublika fan olimpiadasi 2013 yildan beri institutimizda o’tkazilib kelinmoqda. Xususan 2011-2012 o’quv yilida G.Ramazonova Biologiya fani bo’yicha,  2013-2014-o’quv yilida X.Rajabova Fizika (umumkasbiy) fani bo’yicha Respubilika fan olimpiadalarida 1-o’rinni egallashdilar. 2013-2014-o’quv yilida U.Suyunov  Fizika fani bo’yicha Respubilika fan olimpiadalarida 3-o’rinni egallashdilar. 2014-2015-o’quv yilida S. Xoliqov Fizika (umumkasbiy) fani bo’yicha Respubilika fan olimpiadalarida 2-o’rinni egallashdilar.

Kafedra bakalavriat ta’lim yo’nalishi:

Kafedra magistratura mutaxassisliklari

Kafedrada o’qitiladigan fanlar:

Bakalavriat

Magistratura

 

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy ishlar:

Toshpo’latova Sh. O. prof X.I.Ibragimov rahbarligida “O’quvchilarning mantiqiy mushohada qilish ko’nikmalarini shakllantirish metodlari” mavzusida ilmiy tadqiqot olib bormoqda.

Ochilov Sh. B.  prof. E.Turdiqulov rahbarligida “Fizika ta’limi jarayonida o’quvchilarda  fundamental ekologik tushunchalarni shakllantirish metodikasi” mavzusida ilmiy tadqiqot olib bormoqda.

 

Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan Respublika va Xalqoro konferensiyalarda, birqancha ilmiy jurnallarda ilmiy maqola va tezislari chop etilib kelinmoqda.

 

 

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy-uslubiy ishlar:

Kafedra professor-o’qituvchilar tomonidan fanlar bo’yicha darsliklar, elektron versiyalari, o’quv – uslubiy qo’llanmalar, maqolalar tayyorlash va chop ettirish hamda  ma’ruza  matnlarini yetarli darajada ko’paytirish, professor va dotsent, fan doktorlari ilmiy darajalilarga bo’lgan talabni qondirish borasida  tadbirlar ishlab chiqish ishlari  amalga oshirilmoqda. Buning natijasida kafedra professor-o’qituvchilari:

Izbosarov B.F., Kamalov I.R.  “Elektromagnetizm” Toshkent, 2006. “Iqtisod – moliya” nashriyoti;

Izbosarov B.F., Kamalov I.R. “Umumiy fizikadan laboratoriya ishlari”  Toshkent, 2007.  “Voris” nashriyoti;

Izbosarov B.F., Kamalov I.R.  “Molekulyar fizika va termodinamika asoslari” Toshkent, 2008. “Yurest Media” nashriyoti;

Musaev P.X. Statistik fizika va termodinamika Toshkent, 2008. “Iqtisod-moliya” nashiriyotidan darsliklar chop etishdilar.

Izbosarov B.F., Kamalov I.R.  “Mexanika” Toshkent, 2009. “Lider press” nashriyoti;

Toshpulatova Sh.O.  «O’quvchilarning mantiqiy fikrlashini shakllantirishda sifat masalalaridan foydalanish» Toshkent, 2009. “Fan” nashriyoti;

Izbosarov B.F., Kamalov I.R.  “Molekulyar fizika” Toshkent, 2010. “Turon Iqbol” nashriyoti;

Izbosarov B.F., Kamalov I.R., Bisenova T.B. “Fizikadan laboratoriya jumistari” Toshkent, 2013. “O’zbekiston faylasuflari milly jamiyati” nashriyoti;

M.Mamadazimov, B.F. Izbosarov, I.R. Kamalov  “Astronomiya” Toshkent, 2014. “Sano-Standart” nashriyoti;

Izbosarov B.F., Kamalov I.R., Bisenova T.B., Kanatbayev S.S.  “Fizikadan laboratoriya jumistari 2-qism” Navoiy, 2015. “Konchi-texproekt” MCHJ nashriyoti;

 

Ulardan 2009 yilda “Molekulyar fizika va termodinamika asoslari”   va 2010 yilda   “Mexanika” darsligi Respublika “Yilning eng yaxshi o’quv adabiyoti muallifi” tanlovida 2 o’rinni egalladi.

 

Kafedra manzili:  Navoiy shahri Janubiy ko‘cha 3-“A” uy, 3-qavat, 210-xona.

© 2017 Navoiy davlat pedagogika instituti saytidan olingan ma'lumotlarni chop etilganda veb-saytga havola qilish majburiy
Сайт скован и затачивается при помощи Octopus