Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi kafеdrasi 2008 yil sеntyabr oyida Boshlang`ich ta’lim mеtodikasi kafеdrasi tarkibidan ajralib chiqib o`z faoliyatini boshladi. Kafedra mudiri sifatida katta o`qituvchi Shovdirov Sunnat Aslonovich faoliyat ko`rsata boshladi.

2011-yil sentabrdan 2012-yil sentabrgacha kafedra mudiri t.f.n Abdullayev Akbar Hikmatovich kafedrani boshqardi.2012-yil sentabrdan 2013-yil sentabrgacha katta o`qituvchi Shovdirov Sunnat Aslonovich kafedra mudiri bo`ldi.2013-yil sentabrdan 2015-yil sentabrgacha katta o’qituvchi O.D.Raximov kafedrani boshqardi. 2015 sentabrdan katta o’qituvchi S.A.Shovdirov mudirlik qilib kelmoqda. “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” kafеdrasida jami 9 nafar profеssor-o`qituvchilar faoliyat ko`rsatadi.

Kafedra jamoasi oldiga zamonaviy axborot texnologiyalari bo`yicha malakali kadrlar tayyorlash, o`quv, o`quv uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma`naviy-axloqiy, tarbiyaviy ishlar olib borishni asosiy vazifalar etib belgiladi.

Hozirda kafedrada 1 nafar t.f.n., 3 nafar katta o’qituvchi, 5 nafar assistent o`qituvchilar fanlardan mashg`ulotlar olib bormoqda.

Kafedra  ta`lim yo`nalishi:

“5110800-“Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi”

 

Kafedrada o`qitiladigan fanlar:

  1. Tasviriy san’at tarixi
  2. Qalamtasvir
  3. Rangtasvir
  4. Kompozisiya
  5. Tasviriy san’at tеxnologiyasi va nusha ko`chirish
  6. Haykaltaroshlik
  7. Amaliy san`at va badiiy bеzak san’ati
  8. Chizma gеomеtriya
  9. Mashinasozlik chizmachiligi
  10. Kompyutеr grafikasi
  11. Chizmachilik
  12. Dastgohli akademik rangtasvir asoslari kompozitsiya
  13. Yog`och uymakorligi
  14. Tasviriy san’at va chizmachilik o`qitishning zamonaviy tеxnologiyasi
  15. Arxitektura qurulish chizmachiligi
  16. Topografik chizmachilik
  17. Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi o`qitish mеtodikasi
  18. Akademik qalamtasvir asoslari va kompozitsiya
  19. Xalq amaliy bezak san’ati
  20. Naqqoshlik
  21. Ganch uymakorligi
  22. Grafika tasvirlash asoslari

 

Kafedra professor-o`qituvchilari:

 

  1. Abdullayev Akbar Xikmatovich – t.f.n.
  2. Shovdirov Sunnat Aslanovich – katta o’qituvchi
  3. Raximov Otabek Davlatovich – katta o’qituvchi
  4. Nurmatov Muxamad Haydarovich – katta o’qituvchi
  5. Sa’diyev Soli Tolibovicn – o’qituvchi
  6. Bobonazarov Sherali Ulug’murodovich – o’qituvchi
  7. Murodova Lola Ibodovna – o’qituvchi
  8. Shovdirov Asqar Aslonovich – o’qituvchi
  9. Tog’ayev Keldiyor Hamidovich – o’qituvchi

 

Kafedra manzili:

«Umid qo’rgoni»

4-qavat, 403-xona

Kafedra mudiri:                                       katta o’qituvchi S.A.Shovdirov

© 2017 Navoiy davlat pedagogika instituti saytidan olingan ma'lumotlarni chop etilganda veb-saytga havola qilish majburiy
Сайт скован и затачивается при помощи Octopus