Kafedra tarixi

Navoiy Davlat pedagogika instituti 1998-1999 o`quv yilida tarix fakulteti, Tarix-huquq- shunosligi kafedrasi tarkibida geografiya mutaxassisligi bo`yicha abituriyent tanlovi e’lon qilindi. 1998 yil 1-avgustda test sinovlari asosida 27 nafar talaba qabul qilinib, shundan 20 nafar talaba grant bo`yicha, 7 nafar talaba shartnoma asosida o`qishni boshladi. 1999-2000 o`quv yilida 20 nafar  talaba grant, 20 nafar talaba shartnoma asosida qabul qilindi. 2000-2001 o`quv yilida geografiya bo`limi “Tabiatshunoslik va jismoniy tarbiya fakulteti” tarkibiga qo`shildi. 2001-2002 o`quv yili boshida Tabiatshunoslik fakulteti tashkil etilib, Geografiya bo`limi “Tabiatshunoslik” kafedrasi tarkibiga kiritildi.

2002-2003 o`quv yili boshida alohida “Geografiya” kafedrasi tashkil etildi va geografiya fanlari nomzodi, dotsent Yu.B. Raxmatov kafedra mudiri etib tayinlandi. 2011-2012 o’quv yilining sentyabr oyi boshida “Iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasi “Geografiya” kafedrasi bilan birlashtirilib «Geografiya va iqtisodiyot nazariyasi asoslari» kafedrasi tashkil etildi. 2012-2013 o`quv yilining sentyabr oyidan boshlab «Geografiya va uni o`qitish metodikasi» kafedrasi tashkil etildi. Bu kafedraga geografiya fanlari nomzodi S.R. Shodiyev rahbar etib tayinlandi. 2013-2014 o`quv yilining fevral oyidan boshlab kafedraga katta o`qituvchi Yo.R.Buranov rahbarlik qilmoqda. 2014-2015 o`quv yilidan kafedra “Geografiya o`qitish metodikasi’ deb nomlandi.

Kafedra jamoasi oldiga zamonaviy axborot texnologiyalari bo’yicha yetuk bakalavr va magistrlar tayyorlash, o’quv uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish asosiy vazifalar etib belgilandi. Hozirda kafedrada 3 ta dotsent, 5 ta katta o’qituvchi va 5 ta assistent o`qituvchilar geografiya fanlaridan mashg’ulotlar olib bormoqda. 2012 yildan boshlab kafedra 5A 110501 – Geografiya o`qitish metodikasi mutaxassisligi bo’yicha magistrlar tayyorlashga mas’ul hisoblanadi.

 

Kafedra bakalavriat ta’lim yo’nalishi:

 

Kafedra magistratura mutaxassisligi

 

Kafedrada o’qitiladigan fanlar:

Bakalavriat

5110500-Geografiya o`qitish metodikasi ta’lim yo`nalishi bo`yicha

 

Magistratura

5A 110501-Aniq va tabiiy fanlarni o`qitish metodikasi (Geografiya) mutaxasisligi

 

Kafedra professor-o’qituvchilari

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy ishlar:

2012-2016 yillarda bajarilayotgan  fundamental ilmiy tadqiqot ishlari

Shifr Loyiha nomi Kafedra Loyiha rahbari
1 11.00.01 “Quyi Zarafshon hududidagi tabiiy antropogen geotizimlari, ularning geoekologik monitoring va ulardan oqilona foydalanish” Geografiya o`qitish metodikasi Dots. Yu.B. Raxmatov

2011-2014 yillarda bajarilgan amaliy ilmiy-tadqiqot ishlar

Shifr Loyiha rahbari Loyiha nomi Loyiha mablag’i

 

(2012 y, mln.so’m)

1 11.00.02 Jonzoqov A. B. Navoiy viloyati atlaslarini yaratish 1

Kafedra manzili: Navoiy shahri, Umid shaharchasi, M. Tarobiy ko`chasi 134 uy NavDPI o`quv binosi 2-qavat, 207- xona.

Kafedra saytiga o’tish: http:/geog.navdpi.@inbox.uz

© 2017 Navoiy davlat pedagogika instituti saytidan olingan ma'lumotlarni chop etilganda veb-saytga havola qilish majburiy
Сайт скован и затачивается при помощи Octopus