Informatika o`qitish metodikasi kafedrasi

Kafedra 1988-yilda tashkil topgan bo’lib, “Matematik analiz va informatika” kafedrasi deb nomilangan.  “Matematik analiz va informatika” kafedrasini 1988-1993-yillarda t.f.n. I.S.Ortiqov boshqargan. Kafedra mudiri t.f.n. I.S.Ortiqovning tashabbusi bilan kafedra ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida t.f.n. B.J.Rajabov va f.-m.f.n. R.A.Ro‘ziyevlar ishga jalb qilindi. 1993-1997-yillarda kafedrani t.f.n. B.J.Rajabov, 1998-2004-yillar esa f.-m.f.n. R.A.Ro‘ziyevlar boshqardilar. 2004 yilda “Matematik analiz va informatika” kafedrasi negizida “Informatika va axborot texnologiyalari” kafedrasi tashkil topdi. 2004-2006 yillarda “Informatika va axborot texnologiyalari” kafedrasiga p.f.n. T.U.Utapov, 2007-2008 yillar f.-m.f.n. A.A.Ibragimov, 2008-2013 yillar f.-m.f.n. Sh.J.Xudoyorovlar rahbarlik qildi. 2014-yildan kafedra mudiri vazifasini f.-m.f.n. G‘.R.Yodgorov bajarib kelmoqda.

Kafedra jamoasi oldiga zamonaviy axborot texnologiyalari bo’yicha yetuk bakalavr va magistrlar tayyorlash, o’quv uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish asosiy vazifalar etib belgilandi. Xozirda kafedrada 5 nafar dotsent, fan nomzodi,  va 17 ta o’qituvchilar faoliyat ko’rsatib kelmoqda

2003-2009 yillar mobaynida kafedraning ilmiy salohiyati sezilarli darajada oshib bordi. Kafedra o‘qituvchilarida A.A.Ibragimov 2003-yilda, E.A.Cho‘liyev 2004- yilda, Sh.J.Xudoyorov 2006-yilda, T.U.O‘tapov 2008 yilda, G‘.R.Yodgorov 2009-yilda nomzodlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qildilar.

Hozirgi kunda “Informatika o`qitish metodikasi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari 5110100 – Matematika o‘qitish metodikasi,  5110700-Informatika o‘qitish metodikasi,  5110200 – Fizika-astranomiya o‘qitish metodikasi bakalavr ta’lim yo‘nalishlarida va 2002-yildan kafedra negizida tashkil etilgan 5A110701 – Ta’limda axborot texnologiyalari mutaxassisligi magistraturasida ta’lim berib kelmoqda. Shuningdek kafedra o‘qituvchilari barcha ta’lim yo‘nalishidagi bakalavrlarga “Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan tahsil berib kelmoqda.

2012-2013 o‘quv yilidan boshlab, 5110700-Informatika o‘qitish metodikasi yo‘nalishi ochildi.

Kafedrada 2 ta yo‘nalishda ilmiy-tadqiqot mavzusi tasdiqlangan: a) Tabiiy jarayonlarni matematik modellashtirish; b) O‘quv jarayonida yangi pedagogik va axborot texnologiyalarni qo‘llash.

Birinchi yo‘nalishda dots.R.A.Ro‘ziyev, f.-m.f.n. A.A.Ibragimov, f.-m.f.n. Sh.J.Xudoyorov, f.-m.f.n.G‘.R.Yodgorov, o‘qituvchilar D.N.Hamrayeva, J.I.Samandarov, Z.N.Xolmurodova, O‘.M.Mirsanov, F.D. Xodjabayevlar  ilmiy ishlar olib bormoqdalar.

Ikkinchi yo‘nalishda esa p.f.n. T.U.O‘tapov, katta o‘qituvchilar S.S.Qo‘chqorova, M.A.Mahmudova, o‘qituvchilar L.S.Qo‘ldoshev,  M.U.Raymova, N.A. Karomova, J. Bekmurodov, D.R.Djurayevalar ilmiy tadqiqot ishlarini olib bomoqdalar.

Hozirgi kunda “Informatika o`qitish metodikasi” kaferdasidagi  22 nafar professor-o‘qituvchilarning 17 nafari to‘liq, 5 nafari o‘rindosh asosida talabalarga tahsil berib kelmoqda.

Kafedra bakalavriat ta’lim yo’nalishi:

Kafedra magistratura mutaxassisliklari

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar:

Bakalavriat

Magistratura

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy-uslubiy ishlar

Ибрагимов А.А., Базаров М.Б., Юлдашев З.Х., Шокин Ю.И. Математическое моделирование интервальными методами (Монография). Ташкент. Фан. 2013 г. 168 стр.

Ro‘ziyev R.A., Yodgorov G‘.R., Mirsanov O‘.M.  Delphi dasturlash tilini o‘rganish (Uslubiy qo‘llanma). Navoiy. 2012 y.

Ro‘ziyev R.A., Xudoyorov Sh.J., Mirsanov O‘.M.  Delphi dasturlash tilida massivlar bilan ishlash (Uslubiy  qo‘llanma). Navoiy. 2013 y.

© 2017 Navoiy davlat pedagogika instituti saytidan olingan ma'lumotlarni chop etilganda veb-saytga havola qilish majburiy
Сайт скован и затачивается при помощи Octopus