Tarix o’qitish metodikasi” kafedra haqida

MA’LUMOT

     O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2015 yil 28 fevraldagi “Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi davlat pedagogika institutlarining tashkiliy tuzilmalarini tasdiqlash to’g’risida”gi 52-sonli buyrug’i ijrosini ta’minlash maqsadida 2015 yil 28 fevralda Navoiy davlat pedagogika instituti rektorining 74 AFO – buyrug’ining 7.5 bandi asosida “O’zbekiston tarixi” va “Umumiy tarix” kafedralarining birlashtirilishi negizida “Tarix o’qitish metodikasi” kafedrasi tashkil etildi.

Kafedra respublikamiz umumiy o’rta ta’lim muassasalari uchun «5110600- Tarix o’qitish metodikasi» ta’lim yo’nalishi va «5A110601- Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o’qitish metodikasi»(Tarix) mutaxassisligi  bo’yicha magistrlar tayyorlashga ixtisoslashtirilgan bo’lib, 34 fandan ta’lim beriladi.

“Tarix o’qitish metodikasi” kafedrasiga 2015  yil 28 fevraldan tarix fanlari nomzodi X.R.Qurbonov, 2015 yil 26 avgustdan tarix  fanlari nomzodi, dotsent R.M.Qarshiev rahbarlik qilib kelmoqda.

Bugungi  kunda  “Tarix o’qitish metodikasi”  kafedrasida jami 28 nafar professor o’qituvchi, jumladan:  2 nafar fan doktori, professor; 5 nafar  fan  nomzodi,  dotsent;  2  nafar fan nomzodi;  va  9 nafar  katta o’qituvchi; 10 nafar o’qituvchi faoliyat  yuritmoqda.

Kafedra tarkibi:

 

Kafedraning ilmiy salohiyati  39,3 % ni tashkil qiladi.

Kafedra o’quv ishlari:

“Tarix o’qitish metodikasi”  kafedra professor-o’qituvchilari 5110600-“Tarix  o’qitish metodikasi” ta’lim yo’nalishi bo’yicha:

  1. O’zbekiston tarixi
  2. Qadimgi dunyo tarixi
  3. Yordamchi tarix
  4. Arxeologiya
  5. O’rta asrlar tarixi
  6. Etnologiya
  7. Tarixshunoslik
  8. Yangi tarix
  9. Tarix o’qitish nazariyasi va metodikasi
  10. Eng yangi tarix
  11. Tarix o’qitishda innovatsion texnologiyalar
  12. Tarix o’qitish jarayonini loyihalash
  13. Manbashunoslik
  14. Tarixiy o`lkashunoslik va turizm
  15. Osiyo, Afrika mamlakatlarining eng yangi tarixi
  16. Muzeyshunoslik
  17. Arxivshunoslik

18.Tarix fani metodologiyasi

  1. Shaxs va jamiyat o’qitish metodikasi
  2. O’zbek davlatchilik tarixi
  3. 2 Arxivshunoslik
  4. O’zbek davlatchiligi tarixi
  5. O’zbekistonda sovetlarning qatog’onlik siyosati
  6. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch (qo’shimcha fan) (barcha ta’lim yo’nalishlariga)
  7. O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida (qo’shimcha fan) (barcha ta’lim yo’nalishlariga)

Mutaxassislik : 5A110601 – Ijtimoiy fanlar o’qitish metodikasi (Tarix)

Mutaxassislik fanlar :

  1. Tarix o’qitishning metodologik asoslari
  2. Tarix ta’limi: tahlil va tadqiqot usullari
  3. O’zbekiston va jahonning eng yangi tarixini o’rganishning ilmiy-nazariy asoslari
  4. Mutaxassislik fanlarini o’qitish metodikasi
  5. O’zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi
  6. O’zbekiston tarixining dolzarb muammolari (jadidchilik, istiqlolchilik harakatlari, qatag’onlik)

Kafedra manzili:  Navoiy shahri ibn Sino ko`chasi 45 uy “В” Blok, 2-qavat, 203-xona.

© 2017 Navoiy davlat pedagogika instituti saytidan olingan ma'lumotlarni chop etilganda veb-saytga havola qilish majburiy
Сайт скован и затачивается при помощи Octopus