Kafedra haqida

Boshlang`ich ta`lim metodikasi kafedrasi 1987-yil 27-mayda Navoiy Davlat Pedagogika instituti rektori buyrug`iga binoan Pedagogika va boshlang`ich ta`lim metodikasi fakulteti tasarrufida tashkil etilgan. Institut ilmiy kengashining 2015-yil 28-fevraldagi 7-sonli qarori bilan Boshlang`ich ta`lim kafedrasi deb nomlandi.

Kafedrani tashkil etishdan maqsad Xalq ta`limi sohasida yuqori malakali boshlang`ich sinf o`qituvchilarini tayyorlash va bu sohada ilmiy pedagogik izlanishlar olib borishdir. Kafedrani dotsent M.S. Ernazarova boshqarib kelmoqda.

Boshlang`ich ta`lim kafedrasi ayni paytda Maktabgacha va boshlang`ich ta`lim fakulteti negizida faoliyat ko`rsatmoqda. Kafedrada 19 nafar professor-oqituvchi bo`lib, asosiy shtatda 17 nafar professor-oqituvchi, 4 nafar o`qituvchi o`rindoshlik asosida faoliyat olib bormoqda. Shundan, 2 nafar dotsent, 1 nafar fan nomzodi, 4 nafar katta o`qituvchi, 15 nafar assistent-o`qituvchi va 1 nafar kabinet mudirasi.

Kafedraning ilmiy  muammosi: “Boshlang`ich ta`limda pedagogik texnologiyalar yaratishning nazariy va amaliy asoslari”,- deb nomlangan bo`lib, ushbu ilmiy-tadqiqot yo`nalishi asosida maqolalar, tezislar, uslubiy qo`llanmalar, uslubiy tavsiyalar va monografiyalar yaratilmoqda.

Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari:

p.f.n., dotsent M.S. Ernazarova “Grammatik ma`no lisoniy va pragmatik omillar yaxlitligida”(Грамматическое значение в целостности языковых и прагматических факторов.Grammatic meaning in the unity of linguistic and pragmatic factors) mavzusida, katta o`qituvchi A.Ya. Alimov “Innovatsion texnologiyalardan foydalanish orqali boshlang`ich sinf o`quvchilarining matematik malakalarini rivojlantirish” mavzusida doktorlik ishlarini olib bormoqda.

dotsent M.S. Ernazarovaning ilmiy ishlari:

  1. “Ona tili o`qitish metodikasi” darsligi. Toshkent, “Fan va texnologiya” 2012.
  2. “Lisan ve nutuk sistemini arastirma metodolojisine ait” nomli maqola. Baki “Elm ve tahsil” nasriyyati, “Filologiya masalalari” jurnali, 2012.
  3. “Синергетика лингвистических факторов в речевой реализации грамматических значений” maqola. Генерация новых идей для научной работы: материалы ХХVIII Международной научно-практической конференции по филологическим наукам. Украина, 2012.
  4. “The category of order in speech” maqola. Zbio`r raporto`w naukowych. Teoretyczne i praktyczne innowacje naukowe. Czes`c` 5. 2013, Warszawa, Krako`w.
  5. “Lug‘aviy shakl hosil qiluvchi vositalar grammatik ma’nosining voqelanishida lisoniy va pragmatik omillar muvofiqligi” nomli ilmiy maqola. “O`zbek tili va adabiyoti” jurnali, 2014, №2.
  6. Грамматик маъно лисоний ва прагматик омиллар яхлитлигида. Монография. Тошкент, 2016, “Академнашр”
  7. Прагматические факторы речевой реализации формообразующих средств. Наука XXI века – взгляд в будущее: сборник статей I  Международной научно-практической конференции. Ставрополь: Логос. 2016
  8. Geterogeneity of speech system. Research journal «European research» prepared by using the XXII international scientific and practical conference “European research: innovation in science, education and technology”. London. United Kingdom. 2016
  9. Compatibility of Linguistic and Pragmatic Factors in Grammatical Meaning Realization on the materials of Uzbek language. Anglisticum Journal (AJ), Volume: 5 | Issue: 8, August 2016. IC Impact Factor: 6.88. Macedonia. Tetovo. 2016
  10. Грамматическое значение в узбекском языке в единстве языковых и прагматических факторов. Вестник Челябинского государственного университета. Челябинский. 2017. №3

2017-yil 11-12-may kuni Boshlang‘ich ta’lim va tarbiyaviy ish ta’lim yo‘nalishi 2-kurs A1 guruh talabasi  Yuldosheva Maftunabonu ona tili va adabiyot fani bo`yicha  Respublika fan olimpiadasida  ishtirok etib, Faxrli 2-o`rinni egallab, II darajali diplom va to`rt karra stependiya bilan mukofatlandi.

Olimpiada jarayonidan lavhalar:

Kafedraning ma`naviy-ma`rifiy ishlari:

Kafedrada ma`naviy-ma`rifiy ishlarga ham alohida e`tibor qaratilgan bo`lib, kafedra professor-o`qituvchilarining ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha ish rejalari asosida doimiy ravishda tadbirlar o`tkazilib kelinmoqda. Shu jumladan, 2016-2017-o`quv yilida ”O`qituvchilar va murabbiylar kuni”ga bag`ishlab ”Siz aziz va ulug`siz Ustozlar” shiori ostida musiqiy-badiiy kecha; 1-dekabr Xalqaro OITSga qarshi kurash kuni munosabati bilan munozarali tadbir; ”Sog`lom bola yili”ga bag`ishlab talabalar o`rtasida davra suhbati; ”Konstitutsiya-baxtimiz qomusi” mavzusida talabalar bilan davra suhbati; “Xalq og`zaki ijodi-oltin meros” deb nomlangan adabiy-badiiy kecha; Muhammad Yusuf xotirasiga bag`ishlab “Sen abadiy yashaysan she`rim…” mavzuidagi badiiy-musiqiy kecha; Alisher Navoiy tavalludining 576 yilligi munosabati bilan “Millat uchun abadiy mayoq erur Navoiy!” mavzusidagi badiiy-musiqiy kecha tashkil etildi.

 

 

Kechada Mir  Alisher  Navoiyning  siymosi gavdalantirildi. Shoir ijodining gultoji bo’lmish mashhur “Xamsa” dostoni asosida sahnalashtirilgan sahna ko’rinishlari, shoir g’azallari asosida raqslar ijro etildi.

Navoiy  davlat pedagogika  instituti “Maktabgacha va Boshlang`ich ta’lim fakulteti” rus guruhi talabalari tomonidan 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag`ishlab, «Весенние фантазии!»  mavzusida  2017-yil  3-mart  kuni tadbir tashkil etildi.

 

 

O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov xotirasini yod etish maqsadida qozoq guruhi talabalari tomonidan   „Mangu qalbimizda yashaysiz“ mavzusida xotira tadbiri o`tkazildi.

 

2017-yil 8-iyun kuni Boshlang`ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish ta’lim yo`nalishi talabalari bilan talabalarni kitobxonlikka jalb qilish, kitobxonlikka o`rgatish maqsadida „Kitob tafakkur xazinasi“ nomli tadbir o`tkazildi.

 

Tadbirga Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, B.X.Daniyarov, Navoiy davlat pedagogika instituti professori, f.f.d.A.Xolmurodov, O`zbekiston Respublikasi “Milliy tiklanish demokratik” partiyasi  viloyat Kengashi   raisi o‘rinbosari, pedagogika fanlari nomzodi, A.Bobomurodova, Respublika Ma`naviyat targ`ibot markazi Navoiy viloyat bo‘lim ”Ma`naviyat ko‘zgusi” ma`naviy-ma`rifiy gazetasi bosh muharriri U.Safarov hamda Boshlang`ich ta`lim kafedrasi professor-o‘qituvchilari, Umumiy pedagogika va psixologiya kafedrasi, Maktabgacha  ta`lim kafedrasi professor-o‘qituvchilari, Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish ta’lim yo‘nalishi talabalari ishtirok etishdi.

2017-yil 10-iyunda “Sharq yulduzi” jurnalining bosh muharriri Sirojiddin Rauf bilan boshlang`ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish ta’lim yo`nalishi talabalari bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvga Viloyat yozuvchilar uyushmasining raisi Baxriddin Sadriddinov ochib berdi. Uchrashuvda talabalar faol qatnashib, she’rxonlik kechasi o`tkazildi.

© 2017 Navoiy davlat pedagogika instituti saytidan olingan ma'lumotlarni chop etilganda veb-saytga havola qilish majburiy
Сайт скован и затачивается при помощи Octopus