Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi hayotidan

 

Kafedra bugun:

O’zbеkistоn Rеspublikаsining dunyo hamjamiyati bilаn bevosita аlоqаlаri rivоjlаnаyotgаn hоzirgi dаvrdа buyuk kеlаjаgimizning davomchilari bo’lmish yosh аvlоdgа, jumlаdаn, oliy ta’lim muassasasi talabalariga chet tili ingliz tilidаn bilim, ko’nikmа vа mаlаkаlаr hоsil qilish, ulаrning bilish fаоlligini оshirish оrqаli rаvоn nutqini tа’minlаsh, buning uchun ingliz tili o’qituvchilаri mаlаkаsini ilg’оr, zаmоnаviy pеdаgоgik tехnоlоgiyalаr аsоsidа оshirish vаzifаsi qo’yildi.

Respublikamiz Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi PQ 1875 sonli “Chet tillarni o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to`g`risida”gi chiqargan qarori soha vakillari hamda talaba yoshlarni ingliz tiliga bo`lgan qiziqishi va mas’uliyatini yanada oshirdi. Ushbu vazifalarni bajarish yo’lida Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi professor-o’qituvchilari zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida innovatsion ta’lim texnologiyalarini o’quv jarayoniga qo’llagan holda mashg’ulotlar o’tishga, talabalar ilmiy, nazariy hamda dunyoviy bilimlarini yanada oshirish yo`lida ilmiy- metodik, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.

Kafedra tarixi:

“Ingliz tili va adabiyoti” kafedrasi 1997 yilning 2 – oktabrida institut rektorining UMI-57-sonli buyrug`iga asosan “Chet tillar” kafedrasi negizida tashkil etilgan. Dastavval kafedra “Ingliz tili” kafedrasi deb nomlanib, O`zbek  filologiyasi va tarix fakulteti qoshida faoliyat ko`rsatgan. Kafedra tarkibiga quyidagi professor-o`qituvchilar kirgan: To`xtayeva Q.D.,  Rahmonova M. V.,  Abdullayeva F.Z., Qurbonova S.Q,  Haydarova K.H., Ochilov X.B., Ovcharova Y.Yu., Tongotarov B.A.

1997 yildan kafedrani katta o’qituvchi Q.D. To’xtayeva boshqargan, ta’lim yo’nalishida ilk bor 44 talaba tahsil olgan. Kafedra soatlarining keskin oshishi  tufayli (28704soat) kafedrada o`quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlari sifatini yaxshilash, boshqarishni takomillashtirish maqsadida institut rektorining 2003 yil 15 noyabr 65/A UMI buyrug`i asosida kafedra negizida “Ingliz tili nazariyasi va metodikasi” va “Ingliz tili amaliyoti” kafedralari tashkil etildi.

Kafedrada o`quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma`naviy-ma`rifiy va tarbiyaviy hamda tadbirkorlik ishlarini talab darajasida amalga oshirish maqsadida kafedrada quyidagi professor-o`qituvchilar o’zlarining mehnatlarini ayamasdan  ishlab kelmoqdalar. Dotsent Q.D.To`xtayeva, K.H.Haydarova, M.V.Rahmonova, N.P.Shodmonova, F.Z.Abdullayeva, N.D.Idilbayeva, D.J.Gafurova, U.U.Bozorov, Z.D.Erdonov, B.X.Meliyev, D.S.Istamova, U.U.Yo`ldosheva, Z.R.Shomurodova, A.I.Orexova, Sh.Sh.Shodiyev, A.Sh. Boqiyev va laborant M.H.Esanovalar faoliyat ko`rsatganlar. Ta’lim yo’nalishi talabalari kontingentining o’sishi, kafedra o’quv yuklamasining 2009-2010 o’quv yilida  30.0000 yetganligini inobatga olib,o’quv-uslubiy ishlarning sifatini oshirish maqsadida kafedra ikkiga bo’lindi. Kafedra “Ingliz tilshunosligi”  kafedrasiga Xalilov A.S. kafedra mudiri etib tayinlandi.

Hozirgi kunda kafedra Chet tillar fakultetida tarkibida faoliyat ko’rsatib, 2015 yil yanvar oyidan buyon “Ingliz tili va adabiyoti” kafedrasi nomi ostida faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Kafedra tarkibini 1 ta fan nomzodi, dotsent (o’rindosh), 4 ta katta o`qituvchi, 22 ta o`qituvchi tashkil etadi.  Kafedra professor-o’qituvchilarining tajriba va mahoratlarini oshirish maqsadida har yili o’quv yili davomida kafedra mutaxassisslari O`zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Britaniya Elchixonasi (British Council) hamda Innovatsion Bosh ilmiy markaz tomonidan tashkil qilinayotgan seminar treninglarda faol ishtirok etib kelmoqdalar.

Kafedraning yetakchi mutaxassislari talabalarning dunyoqarashini o`stirishga, fikrlash doirasini kengaytirishga, dunyoviy ilmlar bilan qurollanishga  o`zlarining munosib ulushlarini qo`shish bilan cheklanib qolmasdan, kafedraning yosh o`qituvchilariga yaqindan ilmiy, uslubiy va amaliy yordam ko`rsatib kelishmoqda.

Kafedra professor-o’qituvchilari o’zlarining  iqtidorli talabalari bilan ham  g’ururlanadilar. Ular “Alisher Navoiy”stipendiyasi sovrindorlari Sanoyeva Gulbar (2005),Mirzayeva Mavluda (2006)Gulrux Eshonqulova (2008), Muxammadiyev Azizlardir (2009). Talabalarimiz turli tanlovlarda ishtirok etib, g’oliblikni qo’lga kiritganlar. Ular Faxriddinova  Nasiba (Mehr nuri, 2008) Muxammadiyev Aziz (Mehr nuri-Menejment, 2009), Baxriddinova Dilafro’z ( LG 2008), Qorayeva Lazizabegim (Fond Forum 2008). Shu kungacha kafedrada yuzlab ilmiy, uslubiy va ommabop maqolalar chop ettirildi, 10 ta o`quv – uslubiy qo`llanmalar va uslubiy tavsiyanomalar talabalar va kafedra professor-o`qituvchilari hukmiga havola etildi. Kafedraning yana bir yutug`i shundaki, kafedra o`qituvchisi D.J.G`ofurova 2006-yilning noyabr oyida Xitoy xalq respublikasining Shanxay universitetida o`z malakasini oshirib qaytdi. 2007 – 2008 o’quv yilida Q. D. To’xtayeva va N.P.Shodmonovalar “Istedod” jamg’armasining grantini qo’lga kiritdilar va dots. Q. D. To’xtayeva 2011 yil Xitoy xalq respublikasining Shanxay universitetida kompyuter texnologiyalari asosida o’z malakasini oshirib qaytdi. Kafedra katta o’qituvchisi Shodmonova N.P esa Singapur Universitetida malaka oshirib qaytdilar. 2013 yilning oktabr-noyabr oylarida kafedra katta o’qituvchisi S.Q.Xasanova “Iste’dod” jamgarmasi tomonidan tashkil etilgan London shahrining “Metropoliten” Universitetida malaka oshirish kursida ishtirok etib keldilar.

Kafedra hozirgi kunda Respublikamizning yetakchi oliy o’quv yurtlaridan  O`zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika universiteti,  Jizzax davlat pedagogika instituti, Samarqand davlat chet tillar instituti, Buxoro davlat universitetlari bilan yaqindan ilmiy aloqalar o`rnatgan. Kafedra a’zolarining safi yosh, iqtidorli, ilmga chanqoq magistrlar bilan  kengayib bormoqda. Hozirgi kunda kafedra a’zolari “Ingliz tili nazariy va amaliy fanlarini o’rgatishning yangi pedagogik asoslari” mavzusi ustida izlanishlar olib bormoqda. Kafedra katta o’qituvchilaridan Ochilova Nafisa Usmonovna, Allayarova Go’zal Nuritdinovna, Iskanova Nasiba Parmonovna, Ergashova Dilafruz Asatullayevna va Istamova Dilnoza Sa’dullayevna ikki oylik malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli yakunlab qaytdilar.

Kafedra professor-o’qituvchilari hamkorlik dasturi asosida viloyatimizning umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb hunar kollejlari bilan shartnomalar tuzib shu asosda seminar-treninglar, “Mahorat maktablari”     tashkil qilib kelmoqdalar. Bunday hamkorlik albatta o’z samarasini bermay qolmaydi.

Kafedra professor-o’qituvchilari:

  1. Erdanov Zafar Daminovich – k.o’qit., dekan
  2. Qayumova Munavvar Sanaqulovna – dotsent
  3. Iskanova Nasiba Parmonovna -k.o’qit
  4. G’afurova Dilfuza Jabbarovna- o’qituvchi
  5. Xasanova Saodat Qayumovna- k.o’qit
  6. Sariеva Nodira Ximmatovna -o’qituvchi
  7. Ergashеva Dilafruz Asatullaеvna- k.o’qit
  8. Kadirova Dilrabo Shamsitdinovna -o’qituvchi
  9. Axmеdova Madina G’ayratovna -o’qituvchi
  10. Xasanova Xurshida Baxtiyorovna- k.o’qit
  11. Burxanova Ma’mura Gulyamovna- o’qituvchi
  12. Istamova Dilnoza Sa’dullaеvna- o’qituvchi
  13. Allayarova Go’zal Nuritdinovna -o’qituvchi
  14. Zoyirova Dilfuza Xayritdinovna- o’qituvchi
  15. Yўldoshеva Umida Usmonovna- o’qituvchi
  16. Raximova Nodira Kamolovna -o’qituvchi
  17. Ochilova Nafisa Usmonovna -o’qituvchi
  18. Nazarmatova Yorqinoy Maxmudaliеvna- o’qituvchi
  19. Yugay Еvgеniya Viktorovna- o’qituvchi
  20. Jumaеva Shaxnoza Davronovna- o’qituvchi
  21. Muxamadiеv Aziz Shavkatovich- o’qituvchi
  22. Rayimova Maftuna Madiеvna -o’qituvchi
  23. Otayarova Dilshoda Shavkatovna- o’qituvchi
  24. Saydullaеva Surayyo Sеrajiddinovna- o’qituvchi
  25. Xo’janazarova Sanobar Fayzullaеvna – o’qituvchi
  26. Nusratova Marg’uba Mirzaqulovna- o’qituvchi
  27. Muradova Nargiza Alishеrovna – o’qituvchi

 

Kafedrada o’tiladigan fanlar:

 

Т/Р   Фан номи Йўналиш номи Семестр
3.03. 1 Инглиз тили ўқитиш методикаси Инглиз тили ва адабиёти V, VI
3.04. 2 Инглиз тили амалий курси Инглиз тили ва адабиёти I-VII
3.06. 3 Тили ўрганилаётган мамлакат адабиёти тарихи Инглиз тили ва адабиёти V

 

VI

3.07. 4 Мамлакатшунослик ва маданиятлараро мулоқот Инглиз тили ва адабиёти VII
VIII
3.05.

 

 

5 Умумий тилшунослик Инглиз тили ва адабиёти VII
Тил назарияси II
3.05. 6 Ихтисослик фан: Қиёсий типология ва таржима назарияси Инглиз тили ва адабиёти V
VI
4.01. 7 Ихтисослик фани: Инглиз тилининг назарий фонетикаси Инглиз тили ва адабиёти VII
4.02. 8 Ихтисослик фан:Инглиз тили лексикологияси Инглиз тили ва адабиёти VII
4.03. 9 Ихтисослик фан: Инглиз тили назарий грамматикаси Инглиз тили ва адабиёти VII
 05.07 10 Танлов фан: Замонавий таржимашунослик Инглиз тили ва адабиёти VII
03.02 11 Танлов фан: Стилистика ва матн шархи Инглиз тили ва адабиёти VI

 

Kafedra mudiri:                      Xasanova S.Q

© 2017 Navoiy davlat pedagogika instituti saytidan olingan ma'lumotlarni chop etilganda veb-saytga havola qilish majburiy
Сайт скован и затачивается при помощи Octopus