KAFEDRA HAQIDA

O`zbek adabiyoti kafedrasi 1992-yilda tashkil etilgan. Bugungi kunda kafedrani f.f.n. S.Jumayeva boshqarib kelmoqda.

Hozirgi kunda kafedrada 14 nafar professor-o’qituvchi faoliyat ko’rsatmoqda. Shulardan 1 nafari fan doktori,  1 nafar dotsent,  7 nafari fan nomzodi, 3 nafar katta o’qituvchi, 2 nafar assistent o’qituvchilardir. Asosiy shtatda  14 nafar. Shu jumladan, ayollar 7 nafarni tashkil qiladi. Bu  kafedra ilmiy salohiyatining 64 % ni tashkil etadi.

Kafedra professor – o`qituvchilarining ilmiy tadqiqot ishlari institut bosh ilmiy mavzusidan kelib chiqib belgilangan. Shuningdek,  kafedra ilmiy tadqiqot mavzusi ham institut  va vazirlik ustivor yo`nalishlariga  mos kelib, kafedraning ilmiy yo`nalishi  “O`zbek adabiyoti va folklorshunosligining dolzarb muammolari” deb  nomlangan.

Hozirgi vaqda  kafedra professor-o`qituvchilari tomonidan 10 dan ortiq monografiya, 10 dan ortiq uslubiy qo`llanma, 200 dan ortiq  ilmiy maqolalar   e`lon qilingan. Kafedra professor-o`qituvchilari  ma`ruzalar va amaliy mashg`ulotlarni o`qitishning interfaol  metodlaridan  foydalangan  holda olib  bormoqdalar.

Kafedra tasarrufidagi barcha fanlar yuzasidan majmualar  tayyorlangan.

 

Kafedra bakalavriat ta’lim yo’nalishi:

5111200 – O‘zbek tili va adabiyoti

 

Kafedra magistratura mutaxassisliklari

5A111201 – O’zbek tili va adabiyoti

 

Katta o’qituvchilar Z.Quvonov “Abduqodir Hayitmetov – adabiyotshunos olim (hayoti va ilmiy merosi asosida)”, N.Tursunova “Hozirgi o’zbek dramaturgiyasida folklor stilizatsiyasi”, M.Xudoyorova “Qit’a janrining tarixiy taraqqiyoti va tadrijiy takomili”, N.Sharipova “Alisher Navoiy “Hayrat ul-abror” dostoni poetikasi  mavzusidagi doktorlik dissertatsiyalari ustida ish olib bormoqdalar. 2016-yil f.f.n. D.Rajabova “Boburnoma”da Bobour xarakteri va hukmdor shaxslar obrazi” mavzusidagi monografiyasi Toshkent. “Turon zamin ziyo” nashriyotida nashr ettirildi.

Navoiy davlat pedagogika instituti O`zbek tili va adabiyoti fakulteti tomonidan 2016-yil 26 yanvar soat 1000 da Yoshlar markazida A.Navoiy tavalludining 575 yilligi munosabati bilan  Haq seni sevgay el bila bo’lsang… mavzusidagi adabiy-badiiy kecha tashkil etildi. Kechani tashkil etishda O’zbek adabiyoti kafedrasi katta o`qituvchilari f.f.n. S.Jumayeva, f.f.n. B.Ashurov hamda katta o`qituvchi N.Tursunovalar faol ishtirok etdilar.

© 2017 Navoiy davlat pedagogika instituti saytidan olingan ma'lumotlarni chop etilganda veb-saytga havola qilish majburiy
Сайт скован и затачивается при помощи Octopus