BARCHA TA’LIM YO’NALISHLARIDA BITIRUV MALAKAVIY ISHLARINING BAJARILISH HOLATI HAQIDA  M A ‘ L U M O T

2015 yil 13 noyabr kuni Navoiy davlat pedagogika institutining “Bitiruv malakaviy ishlar mavzularini tasdiqlash hamda ilmiy rahbarlarini tayinlash to’g’risida”gi  424G’AFO – sonli ichki buyrug’i chiqarildi.

Bitiruv malakaviy ishni bajarish oliy ta’lim muassasasi bakalavriatida talabalarni o’qitishning yakuniy bosqichidir.

Oliy ta’lim muassasalarida bakalavrlarning bitiruv malakaviy ishini bajarishga qo’yiladigan asosiy talablar quyidagi beshta bo’limdan iborat:

  1. Bitiruv malakaviy ishni bajarishning maqsad va vazifalari.
  2. Bitiruv malakaviy ishlarning mavzusi.
  3. Bitiruv malakaviy ishni bajarishga rahbarlik qilish.
  4. Bitiruv malakaviy ishning bajarilishi.
  5. Bitiruv malakaviy ishni himoya qilish.

Bitiruv malakaviy ishni bajarishdan maqsad:

– ta’lim bo’yicha nazariy va amaliy bilimlarni mustahkamlash va kengaytirish, olingan bilimlarni muayyan ilmiy, texnikaviy, ishlab chiqarish, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy vazifalarni hal etishda ijodiy ishlash, hal etilayotgan masalaning (muammoning) qo’yilish jarayonidan boshlab, uni nihoyasiga etkazish bo’yicha qaror qabul qilishda bo’lgan mas’uliyatni his etishga o’rgatish;

– zamonaviy ishlab chiqarish, iktisodiyot, texnika va madaniyatning rivojlanishi sharoitida talabalarni mustaqil ishlashga tayyorgarligini ta’minlashdan iborat.

Bitiruv malakaviy ishlar mavzusi muammoning zamonaviy holatini va iqtisodiyot, ishlab chiqarish, texnika, ijtimoiy sohalar, fan, ta’lim va madaniyatning istiqboliy rivojlanishini aks ettirishi kerak.

Bitiruv malakaviy ishlar mavzusi mutaxassis chiqaruvchi kafedra tomonidan belgilanadi va oliy ta’lim muassasasi yoki fakultetning Ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlanadi hamda har o’quv yili boshida qayta ko’rib chiqiladi.

Bitiruv malakaviy ishlar mavzusining yillik ro’yxati bitiruv amaliyoti boshlanishiga qadar yoki bitiruv kursining boshida e’lon qilinadi.

Talabalarga (reytinglari bo’yicha kamayish tartibida) bitiruv malakaviy ishlarning mavzularini tanlash huquqi beriladi. Talaba yoki talabaning o’qishi uchun to’lov-kontrakt mablag’ini to’layotgan buyurtmachi zaruriy asoslar bilan bitiruv malakaviy ishlar mavzusi bo’yicha o’z variantlarini taklif etishlari mumkin.

Bitiruv malakaviy ish mavzusi va rahbarni talabaga biriktirish kafedraning taqdimnomasi bo’yicha rektorning buyrug’i bilan rasmiylashtiriladi.

        Ish rahbari, bitiruv malakaviy ishning mavzusiga muvofiq talabaga bitiruv malakaviy ishga tegishli materiallarni to’plash bo’yicha (jumladan, malakaviy amaliyot o’tkazish davrida ham) topshiriq beradi. Topshiriqning shakli institutning o’quv-uslubiy boshqarmasi tomonidan belgilanadi.

Navoiy davlat pedagogika institutida 19 ta bakalavriat ta’lim yo’nalishi bitiruvchilariga bitiruv malakaviy ishlari mavzulari aniqlanib, ilmiy rahbarlari tayinlandi. BMIlarga rahbarlik qilishda institutimizning etakchi ilmiy daraja va unvonga ega bulgan professor-o’qituvchilar jalb qilingan. Talabalar pedagogik  amaliyot davomida  BMI va MD larning asosiy manbalarini to’plashda bevosita mutaxassislarning tajribalari, taklif va muloxazalaridan keng foydalanib, o’qitish metodikasi doirasida yangi axborot pedagogik-texnologiyalarni  joriy etgan holda asosiy BMIlarni bajarib kelmokdalar. Barcha ta’lim yo’nalishlari bo’yicha bitiruv malakaviy ish bajarish yuzasidan nizomlar, metodik qo’llanmalar va tavsiyalar ishlab chiqildi. Mazkur metodik materiallar bakalavriat bitiruvchi kurs talabalari e’tiboriga havola etilib, tadqiqot ishlarini bajarish uchun yo’llanma berilmoqda.

 Ta’lim yo’nalishlari bitiruvchi kurs talabalarining 42,3 % bitiruv malakaviy ish bajaradi va 57,7 % talabalar Davlat Attestatsiyasi sinovidan o’tadilar.

 

Yo’nalish shifri Bakalavriat ta’lim

 

yo’nalishlari   nomi

Jami talaba soni BMI yozadigan talaba soni DA topshiradigan talaba soni
1 5110100 Matematika o’qitish metodikasi 134 36 98
2 5110200 Fizika va astronomiya o’qitish metodikasi 82 42 40
3 5110300 Kime o’qitish metodikasi 75 0 75
4 5110400 Biologiya o’qitish metodikasi 78 37 41
5 5110500 Geografiya o’qitish metodikasi 69 23 46
6 5110600 Tarix o’qitish metodikasi 95 72 23
7 5110700 Informatika o’qitish metodikasi 51 32 19
8    5110800

 

 

Tasviriy san’at va muxandislik grafikasi 49 26 23
9    5110900 Pedagogika va psixologiya 61 35 26
10 5111100 Musika ta’limi 50 19 31
11 5111200 O’zbek tili va adabiyoti 107 107 0
12 5111300 Rus tili va adabiyoti 96 33 63
13 5111300 Rus tili va adabiyoti (o’zga tilli guruhlarda)
14 5111300 Qozoq tili va adabiyoti 10 10 0
15 5111400 Ingliz tili va adabiyoti 145 0 145
16 5111600 Milliy g’oya; ma’naviyat asoslari va xuquq ta’limi 80 31 49
17    5111700 Boshlangich ta’lim                             va   sport-tarbiyaviy ish 166 75 91
18    5111800 Maktabgacha ta’lim 58 29 29
19    5112000 Jismoniy madaniyat 126 41 85
Jami: 1532 648 (42,3%) 884 (57,7%)
© 2017 Navoiy davlat pedagogika instituti saytidan olingan ma'lumotlarni chop etilganda veb-saytga havola qilish majburiy
Сайт скован и затачивается при помощи Octopus