OCHIQ  LEKSIYALARNING TASHKIL ETILISHI

TO’G’RISIDA M A ‘ L U M O T

Ochiq leksiya va ochiq darslarning tashkil etilishidan asosiy maqsad tegishli fan-texnika va texnologiyalar sohalari bo’yicha jahonda erishilgan yutuq va yangiliklardan xabardor bo’lishlariga erishish va ular asosida zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsion texnologiyalardan samarali foydalangan holda leksiyalarni tayyorlash, o’tkazish va shu tariqa ta’lim sifatini oshirishga alohida e’tibor berish va  kafedraning yosh pedagoglari, magistrant va aspirantlarining kasbiy mahoratini muntazam oshirishdan iborat.

Bunda etakchi tajribali professor-o’qituvchilar tomonidan o’quv rejadagi barcha fanlardan ayniqsa, umumkasbiy va iqtisoslik fanlaridan “Ochiq leksiya”lar o’tkazilishiga alohida e’tibor berilgan.

Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2004-yil 26-mart “Ochiq leksiyalarni tashkil etish va o’tkazish tartibi to’g’risida”gi 79-sonli buyrug’i va uning bilan tasdiqlangan Nizomi asosida institutning   2015-yilning 13-noyabridagi 423-AFO sonli “Ochiq leksiyalar jadvalini tasdiqlash to’g’risida”gi ichki buyrug’i qabul qilinib, ochiq leksiyalarning o’tkazilishi tashkil etilib kelinmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining                       2006-yil 7-martdagi “Ochik leksiyalar samaradorligini oshirish to’g’risida”gi  49-sonli buyrug’i asosida institutning  2006-yil 24-martdagi “Ochiq leksiyalar samaradorligi oshirish to’g’risida”gi   55-UMI sonli buyrug’i chiqarilgan va buyruq ijrosini ta’minlash bo’yicha vazifalar belgilangan

– Kafedralardagi tegishli barcha fanlardan ayniqsa, umumkasbiy va iqtisoslik fanlaridan ochiq leksiyalar o’tkazilishiga alohida e’tibor berilishi;

– Ochiq leksiyalar o’tkaziladigan kun, joy va vaqti, mavzusi hamda lektorning familiyasi, ismi bir hafta oldin e’lon qilib borilishi, ochiq leksiyaning matni (yoki uning qisqa mazmuni-tezislari), avvaldan o’rnatilgan tartibda barcha talaba va taklif etilganlar (ekspertlar)ga tarqatilishi;

– Ochiq leksiyalar jadval asosida ichki va tashqi ekspert guruhlari hamda leksiya tashkil etayotgan kafedraning yosh pedagoglari, magistrant va aspirantlarining ishtirokida o’tkazilishi;

– Ochiq leksiyaning mazmun-mohiyati va ilmiy-uslubiy saviyasi bo’yicha muhokama leksiyadan so’ng, kafedralarda davom ettirilib, ochiq leksiyaning muhokamasi kafedralar majlislar bayonnomalarida qayd qilinib borilishi;

– Professor-o’qituvchilarning yuqori baholangan ochiq leksiyalar matnlari va ularning elektron versiyalari kafedra va institut ARMiga talabalar foydalanishlari uchun topshirilishi;

– Kafedralar va fakultetlarda “Ochiq leksiyalar”ni professor-o’qituvchilar tomonidan jadvalga muvofiq o’tishlari va ularning ilmiy-uslubiy saviyasi o’quv va ichki nazorat va monitoring bo’limlari tomonidan o’rganilgan va institut Ilmiy kengash va rektoroldi ishlab chiqarish yig’ilishlarida tahlil qilinib, monitoringi olib borilishi belgilangan.

2006 yilning martidan boshlab institut saytida “Ochiq leksiyalar” bo’limi tashkil etish, unga ochiq leksiyalar o’tkazish jadvali va uning ijrosi yuzasidan ma’lumotlar hamda ochiq leksiyalar to’liq matnining elektron versiyalarini joylashtirib borish vazifalari belgilangan va vazirlik portalida jamlangan ochiq lektsiyalar elektron versiyalaridan ARMdagi kompyuter sinflaridagi axborot bazalariga joylashtirish va ulardan talabalar hamda professor-o’qituvchilarning muntazam foydalanishlariga sharoitlar yaratish vazifalari va o’quv yili yakunida namunali o’tkazilgan ochiq leksiyalar mualliflarini moddiy va ma’naviy rag’batlantirish belgilangan.

Ochiq leksiya va ochiq darslarning kafedralarda tashkil etilish holati tahlil qilinganda barcha kafedralarda ochiq leksiya va ochiq darslar rejalari tasdiqlanganligi, joriy yilning sentyabr, noyabr oylarida tashkil etilgan ochiq dars va leksiyalarning ishlanmalari, kafedra muhokamasi bayonnomalari kafedralarda saqlanadi.

   Navoiy davlat pedagogika instituti Geografiya o`qitish metodikasi   kafedrasi dotsenti, g.f.n.  B.H. Kalonovning Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi fanidan “Markaziy Osiyo davlatlarining yoqilg`i- energetika sanoati majmuasi” mavzusida o`tgan ochiq ma’ruzasiga

                            Ma’lumotnoma

Geografiya o`qitish metodikasi   kafedrasi dotsenti, g.f.n.  B.H. Kalonovtomonidan 2017 yil 27 noyabrda Geografiya o`qitish metodikasi ta’lim yo`nalishida III -kurs A,B guruhlarida Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi fanidan “Markaziy Osiyo davlatlarining yoqilg`i- energetika sanoati majmuasi” mavzusida ochiq ma’ruza o`tdi.Ochiq ma’ruza o`z  vaqtida boshlandi. III-kurs talabalaring umumiy soni 63 nafar, shudan 1 nafar talaba sababli ishtirok etmadi.Darsning mavzusi va rejasi doskaga yozildi. Proyektor, slaydlar, Markaziy Osiyo davlatlarining  iqtisodiy va tabiiy kartalari, tarqatma materiallar bilan jihozlandi. Darsning maqsadi va vazifalari bayon etildi.O`tgan mavzu bo`yicha savol-javoblardan so`ng, yangi mavzu bayon etildi.Dars jarayonida  Aqliy hujum, Klaster  inovatsion ta’lim texnologiyalaridan samarali foydalanildi.Talabalar faoliyati boshqarib borildi. Mavzu bayoni mazmunan boy, ko`rgazmali qurollardan foydalanilgan holda tushuntirildi.

“Информатика ўқитиш методикаси” кафедраси доценти, ф.-м.ф.н. А.А.Ибрагимовнинг 2017 йил 21 ноябрь куни Физика-математика факультети “Информатика ўқитиш методикаси” бакалавриат таълим йўналиши 1-курс “В” гуруҳи талабаларига ўтказилган очиқ лекция машғулоти бўйича

Ҳ И С О Б О Т 

 

Кафедранинг 2017-2018 ўқув йили учун тузилган “Очиқ лекциялар” режасига мувофиқ информатика ўқитиш методикаси таълим йўналиши 1-курс (рус) “В” гуруҳига “Алгоритмлар” фанидан очиқ лекция машғулотини ўтказиш режалаштирилган эди. Шу режа асосида 2017 йил 21 ноябрда Физика-математика факультети “Информатика ўқитиш методикаси” (русча) бакалавриат таълим йўналиши 1-курс “В” гуруҳи талабаларига “Функция и процедура. Файловые типы. Модулы в PascalABC. Стандартные модули” очиқ лекция машғулоти ташкил этилди ва ўтказилди. Маърузада гуруҳдаги жами 13 та талабадан 13 таси қатгашди.

Очиқ лексия машғулоти учун ишлаб чиқилган маъруза матнига Навоий вилоят ХТХҚТМОИ доценти А.М.Полатов ҳамда Навоий ДПИ “Математика ўқитиш методикаси” кафедраси доценти А.А.Жалилов томонидан ижобий тақризлар берилган.

Очиқ лекцияда ташқи тақризчи доц. А.М.Полатов, ички тақризчи доц.А.А.Жалилов, физика-математика факультети декани доц.И.Р.Камолов, декан муовини Й.С.Шотемиров, “Математика ўқитиш методикаси” кафедраси мудири ф.-м.ф.д. С.А.Имомқулов, кафедра профессор-ўқитувчиларидан доц. Р.А.Рузиев, п.ф.н. Утапов Т.У., катта ўқитувчилардан Л.Қўлдошев, М.А.Махмудова ва бошқалар иштирок этишди. Лекция машғулоти технологик харитага амал қилган ҳолда олиб борилди.

Маърузачи машғулотнинг ташкилий қисмида аудиториянинг тайёрлигини бошланишида аудиториянинг тайёргарлигини назорат қилди. Шундан кейин олдинги дарсда ўтилган мавзуни эслатиб, янги мавзуни олдинги мавзу билан боғлади.

Янги мавзуни баён қилишда ўқитишнинг техник воситалари (видеопроектор ва шахсий компьютер)дан унумли фойдаланилди. Ҳар бир назарий тушунчалар мисоллар асосида мустаҳкамланиб борилди. Лекция давомида Pascal ABC дастурлаш муҳитида ҳисоблаш дастурларининг бажарилиши бевосита кўрсатиб ўтилди.

Маърузачи доц. А.Ибрагимов талабалар билан “Ҳамкорлик” технологиясини қўллаб доимий мулоқотни йўлга қўйди.  Маърузада ривожлантирувчи таълим, “ҳамкорлик”, “Ақлий ҳужум” ва шахсга йўналтирилган таълим технологияларидан фойдаланилди.

Мавзу бўйича тайёрланган презентацияда маъруза мавзуси кенг ёритиб берилди.  Маъруза рус тилида олиб борилди, шунингдек тарқатма материаллар асосида берилган топшириқлар талабалар фаоллигини оширишга хизмат қилди.

Маърузанинг таълимий ва тарбиявий, ривожлантирувчи мақсадлари Давлат таълим стандартларига мос шакллантирилган. Дарсда вақтдан унумли ва режа асосида фойдаланилди. Ўқув жараёни талабларида белгиланган барча меъёрий ҳужжатлар мавжуд ва ўқув-услубий мажмуа талаб даражасида тайёрланган. Мавзу календарь режага мос келади.

Очиқ лекция, уни кузатган профессор-ўқитувчилар томонидан ижобий баҳоланди.

Nаvоiy dаvlаt pеdаgоgikа instituti Pedagogika fаkultеti Pedagogika va psixologiya kafedrasi o`qituvchisi Raupova Munira Murodovnaning Ijtimoiy pedagogika fanidan “Ijtimoiy pedagogikaning kategoriyalari va mexanizmlari” mavzusidagi “Ochiq ma’ruza” darsi

HISOBOTI

Navoiy davlat pedagogika instituti Pedagogika fаkultеti Pedagogika va psixologiya kafedrasi o`qituvchisi Raupova Munira Murodovnaning 2017-yil 4-dekabr kuni “Pedagogika va psixologiya” ta’lim yo ’nalishi 2-kurs A,B guruh talabalari uchun Ijtimoiy pedagogika fanidan “Ijtimoiy pedagogikaning kategoriyalari va mexanizmlari” mavzusidagi ochiq ma’ruza darsini tashkil qildi.

Ma’ruzada institut o`quv ishlar bo`yicha prorektori b.f.n. A.J.Qo`shoqov, o`quv bo`lim boshlig`i N.Xolmirzayev, o`quv bo`limi metodisti Sh.Haydarova, fakultet dekani O.D.Raximov, p.f.n.F.O.Xodjiyeva, p.f.n.M.R.Xalilova, katta o’qituvchi F.T.Hamidova, D.Umurzoqov, o`qituvchilar D.T.Usmonova, F.R.Radjabova, tashqi ekspert NDKI ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi dotsenti, O.R.Shamiyeva va boshqalar ishtirok etishdi.

Darsning tashkiliy qismi tarbiyaviy rivoyat va kun hikmati bilan boshlandi, shuningdek, “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” davlat dasturi hamda “Harakatlar strategiyasi” doirasida amalga oshirilgan ishlar haqidagi hafta yangiliklari haqida  ma`lumot berildi. Ochiq ma’ruza darsida ma’ruzachi mavzuni mavzuga oid slayd taqdimoti, ilimiy va badiiy adabiyotlardan olingan hayotiy misollar  asosida tushuntirishga harakat qildi..

Ochiq ma’ruza davomida kompyuter, videoproyektor kabi texnika vositalaridan foydalandi. Tayyorlangan ko‘rgazmali qurollar va tarqatma materiallar mavzuning ilmiy ahamiyatini yanada oshirishga xizmat qildi. Ma’ruzaсhi M.M.Raupova darsni tashkil etishda ilg’or pedagogik texnologiya usullari “Krossvord”, “Aqliy hujum”, “Tushunchalar tahlili” va “Sirli quti” metodlaridan  unumli foydalandi.

M.M.Raupovaning Ijtimoiy pedagogikaning rivojlanishuga hissa qo`shgan olimlarning ijtimoiy pedagogic g`oyalari hamda badiiy asarlardan olingan muammoli vaziyatlari, darsda qo`llanilgan usullar ushbu mavzuning ilmiyligini yanada oshirdi. Mavzu yuzasidan ko`rsatilgan slaydlarda ushbu mavzuning barcha jabhalari aks etdi.  

Umumiy holda xulosa qilib aytadigan bo’lsak, ushbu ochiq ma’ruza oliy ta’lim vazirligining  №79-sonli buyrug‘i talablariga mos ravishda tashkil qilindi va yaxshi baholandi, hamda o’z oldiga qo’ygan maqsadiga erishdi.

Navoiy davlat pedagogika instituti Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti Maktabgacha ta’lim kafedrasi o’qituvchisi Sanayeva Surayyo Bobonazarovnaning “Umumiy pedagogika” fanidan “Iqtisodiy, huquqiy, mehnat tarbiyasi” mavzusidagi ochiq seminar mashg’ulotiga

MA’LUMOTNOMA

2017 yil 11-dekabr kuni Maktabgacha ta’lim kafedrasi o’qituvchisi Sanayeva Surayyo Bobonazarovna “Umumiy pedagogika” fanidan “Iqtisodiy, huquqiy, mehnat tarbiyasi” mavzusidagi ochiq seminar tashkil etdi.

Seminar mashg’uloti talabalarni “Iqtisodiy tarbiya”, “Mehnat tarbiyasi”, “Huquqiy tarbiya” nomlari bilan “O’zbek so’mi” ni tanlash shaklida guruhlarga ajratish bilan boshlandi. Shundan so’ng, o’qituvchi o’tilgan mavzularni mustahkamlash maqsadida talabalar bilan “Blits-so’rov” metodini tashkil etdi. Har bir to’g’ri javobga 1 balldan berib borilib, guruhlarning bahosi belgilanib borildi.

Yangi mavzu “Charxpalak” metodi asosida uch guruhga topshiriqlar bajarish bilan yoritildi. Ushbu metodda guruhlar boshqa guruh javoblarini 5 ballik bahoda baholanib, umumiy baholari chiqarildi.

O’qituvchi mavzuni talabalar bilan “Xotira” mashqi  hamda muammoli vaziyat asosida mustahkamladi. Bu mashq va muammoli vaziyatlar ham 5 ball bilan baholandi.

Seminar mashg’uloti xulosasiga o’qituvchi “Boy va afandi” video roligi asosida yakun yasab, guruhlarning umumiy ballarini aniqladi hamda har bir talabaga o’rtacha ballni berdi.

 

 

© 2017 Navoiy davlat pedagogika instituti saytidan olingan ma'lumotlarni chop etilganda veb-saytga havola qilish majburiy
Сайт скован и затачивается при помощи Octopus