loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Yoshlar bilan ishlash,ma’naviyat va ma’rifat bo’limi

F.I.O.Toshmamatov Bahriddin Mardonovich
LavozimiBo'lim boshlig`i
Telefon+998 79 225-19-37 +99 899 750 25 29
E-mailinfo@nspi.uz
F.I.O.Hamrayeva Nafisa Saidahmadov
LavozimiYoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo`limi uslubchisi
Telefon+998 79 225-19-37
E-mailinfo@nspi.uz

UMUMIY QOIDALAR

  • Bo‘lim institut rektorining buyrug‘i asosida tuziladi;
  • O‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yishda bo‘lim fakultet dekanlari, bo‘lim boshliqlari kafedra hamda guruh tyutorlari bilan birgalikda ish olib boradi;
  • Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi  huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazining nizomi asosida ish olib boradi, joriy va kelajakdagi ish rejalariga asoslanib ish yuritadi.
BO‘LIMNING MAQSADI
BO’LIMNING VAZIFALARI
BO’LIMNING HUQUQLARI
  • Talaba-yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlariga sodiqlik ruhida tarbiyalash, ularning ruhiy-estetik dunyo qarashini kengaytirish, tafakkurini yuksaltirish, yoshlar dunyo qarashiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan har xil “ommaviy madaniyat” xurrujlaridan avaylab-asrash, mustaqil O‘zbekistonning haqiqiy fidoyisi bo‘lib kamol topishini shakllantirishdan iborat;
  • Axloqiy-tarbiya ishlarini tashkil etish, yoshlar dunyoqarashini kengaytirish, o‘qituvchilar, xodimlar va talaba-yoshlarda yuksak ma’naviy fazilatlarni kamol toptirish, ularni boy tarixiy-madaniy merosimiz va an’analarimizga sadoqat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, vatanga muhabbat va sodiqlik ruhida yoshlarni tarbiyalash;
  • Tarbiya jarayonida xalqning boy milliy-madaniy, tarixiy an’analari, urf-odatlari hamda umumbashariy qadriyatlariga asoslangan samarali tashkiliy-pedagogik shakl va vositalardan foydalanish orqali talaba-yoshlarga yot g‘oyalar va mafkuraviy tazyiqlarga nisbatan g‘oyaviy immunitetni shakllantirish.
  • Huquqiy va demokratik tamoyillar asosida talaba-yoshlar dunyoqarashini shakllantirish, O’zbekiston Respublikasi mustaqilligini mustahkamlash g’oyasiga sodiqlik va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash;
  • Sog’lom turmush tarzini targ‘ib qilish, talaba-yoshlarda tibbiy madaniyatni shakllantirish;
  • Professor-o‘qituvchi, talaba-yoshlarda kasbga sadoqat va mas’uliyat, jamoaga va o‘z vazifasiga hurmat hissini shakllantirish.
    • Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlarga bog‘liq chora-tadbirlarni o‘tkazish;
    • Talaba-yoshlar orasida ma’naviy-axloqiy, estetik, siyosiy, huquqiy, olijanoblik fazilatlarini shakllantirish, turli mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashish imunitetini yanada kuchaytirish maqsadida turli soha mutaxassislari, davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda davra suhbatlari, uchrashuvlar, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy tadbirlar tashkil etish.;
    • Milliy urf-odatlar, qadriyatlar asosida olib borilayotgan anjumanlar, uchrashuvlar tashkil qilish;
    • Talabalarning ruhiy va jismoniy qobiliyatini shakllantirish maqsadida olib boriladigan ishlarni shakllantirishga ko‘maklashish.
    • Fakultetlardagi ma’naviy-axloqiy ishlarni nazorat qilish;
    • Ma’naviy-axloqiy ishlarga bog‘liq vazirlik buyrug‘lari hamda ko‘rsatmalarini fakultetlarda bajarilishini nazorat qilish;
    • Dekanlarning Yoshlar bilan ishlash bo’yicha o‘rinbosarlarini tayinlash, hamda vazifalaridan ozod qilishga bog‘liq yig‘ilishlarda doimiy ravishda o‘z tavsiyalari bilan qatnashadi;
    • Ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo’yicha fakultet dekanlari va kafedra mudirlariga ko‘rsatmalar, tavsiyalar beradi;
    • Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari fakultetda olib boradigan ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo’yicha belgilangan tartibda muntazam bo‘lim boshlig‘iga hisobot beradi;
    • Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni shakllantirish, yaxshi namuna ko‘rsatgan bo‘lim, fakultet, kafedralarining professor-o‘qituvchilarini moddiy va ma’naviy rag‘batlantirishga tavsiyalar beradi.