loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Matematika-informatika fakulteti

F.I.O.Norbekov Azamat Ostanqulovich
LavozimiFakultet dekani
Ilmiy darajasi va unvonif.-n.d (PhD)
Telefon+998 93 202 32 23
E-maila.norbekov@mail.ru
F.I.O.Jo‘raboyev Almir Jamshidovich
LavozimiO`quv ishlari bo`yicha dekan muovini
Ilmiy darajasi va unvoniClosed
Telefon+998 93 087-66-60
E-mail
F.I.O.Yusupov G'iyos G'ulomovich
LavozimiYoshlar bilan ishlash bo`yicha dekan muovini
Ilmiy darajasi va unvoniClosed
Telefon+99894-254-17-77
E-mailyusupovgiyos69@gmail.com

Fakultet haqida

Fakultetning bakalavriatura yo’nalishlari:

60110600 – Matematika va informatika;
60112400 – Professional ta’lim: Axborot tizimlari va texnologiyalari (o’zb)

Fakultetning magistratura mutaxassisliklari:

70110602 – Ta’limda axborot texnologiyalari
70110601 – Aniq va tabiiy fanlar o’qitish metodikasi (Matematika)
70540101- Matematika (yo’nalishlar bo’yicha)

Professor - o`qituvchilar soni49
FAN DOKTORI, PROFESSORLAR1
FAN NOMZODI, DOTSENTLAR14
KATTA O’QITUVCHI VA ASSISTENT O`QITUVCHILAR34
FAKULTET BO‘YICHA ILMIY SALOHIYAT36,1%

TA'LIM OLAYOTGANLAR

0
Magistrantlar soni
0
Bakalavrlar soni
0
Davlat granti asosida
0
Shartnoma asosida
Fakultet haqida
Ilmiy ishlar
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar
Iqtidorli talabalar

Fakultet binosining umumiy sig‘imi 720 o‘rinli, o‘quv mashg‘ulotlari 2 smenada tashkil etilgan. O‘quv-auditoriyalar soni 18 ta.

Fakultetda o‘quv jarayonini hozirgi zamon talablari doirasida tashkil etishda o‘quv auditoriyalari va o‘qitishning texnik vositalari etarlicha. Shuningdek, professor-o‘qituvchilar tomonidan fanlar kesimida O‘UM.lar yaratilgan. Qo‘shimcha ravishda ko‘rgazmali vositalar, didaktik materiallar, videoroliklar yaratilgan. Jumladan, 100 ga yaqin kompyuter, 24 ta planshet va 20 noutbuk (yana 1ta) (5 ta kompyuter sinfi), 10 ta videoproektor, 2 ta elektron doska, 2 ta kodoskop va 2 ta epidoskop mavjud.

2018 yil dekabr va 2019 yilning yanvar oyida davlat dasturi asosida fizika laboratoriya xonalari 192000 evrolik laboratoriya jihozlari Germaniyadan olib kelingan. Jihozlar 2 ta yangi laboratoriya xonalariga o‘rnatilgan. Laboratoriyalar soni 39 ta.

Namunaviy o‘quv reja va namunaviy fan dasturlari asosida ta’lim yo‘nalishlari uchun adabiyotlar mavjud. Jumladan, 2019 yilda Fizika-astronomiya o‘qitish metodikasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari B.Izbosarov, I.Kamolov, B.Bisenova, D.Kamolova va S.Kanatbaevlar tomonidan 3ta darslik, B.Xushvakqtov tomonidan bitta o‘quv qo‘llanma, Informatika o‘qitish metodikasi kafedrasi dotsenti R.Ro‘ziev tomonidan 1ta o‘quv qo‘llanma mutaxassislik fanlari uchun yaratilgan, Vazirlik ruxsatnomasi olingan.

Fakultetning 2020 yilda bitiruvchi kurs talabalari   316  nafar bulib, shundan 125 nafar talabalar bitiruv malakaviy ishi bajarishlari rejalashtirilgan. Hozirgi kunda talabalar BMI uchun amaliy ishlarini bajarmoqda. Pedagogik amaliyotda bitiruv malakaviy ishlarini tugatib, tajriba sinov ishlarini amalga oshirishda davom etmoqdalar.

A.A.Ibragimov va U.M. Mirsanovlarning doktorlik dissertatsiyasi (DSc) mavzulari OAK byulletenida e’lon qilingan va ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar.
2019 yilda U.M.Mirsanov falsafa doktori dissertatsiyasini himoya qilgan.
2021 yilda G‘.R.Yodgorov va U.M. Mirsanovlar dotsent ilmiy unvonini oldi.
D.N.Xamrayeva, B.A.Yorkulov, A.O.Norbekov, D.R.Djo‘rayev, S.Absobirov, T.Jo‘rakulovlar tayanch doktoranturaga qabul qilinganlar.
Qolgan professor-o‘qituvchilar ham ilmiy izlanishlarini olib bormoqdalar. Maqola va tezislar chop etmoqdalar.

Kafedrada oxirgi 3 yilda jami 70 ta maqola OAK e’tirof etgan mahalliy va xorijiy jurnallarda chop etilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Intellektual mulk agentligidan 60 ta EHM uchun dasturiy mahsulot guvohnomalari rasmiy ro’yxatdan o’tkazilgan hamda 2 ta darslik va 4 ta o‘quv qo‘llanma chop etilgan.

Shu bilan bir qatorda kafedra qoshida “Elektron ta’lim” (ej.nspi.uz) ilmiy-uslubiy onlayn jurnal faoliyat olib bormoqda.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni o‘rganish bo‘yicha kafedra ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasi mavjud bo‘lib, institut yoshlar bilan ishlash ishlari bo‘yicha prorektor tomonidan tasdiqlangan shu asosida o‘qituvchi-murabbiylar haftaning har juma kunlari “Axborot va murabbiylik soati”ni namunali tashkil etilgan va guruh jurnallariga murabbiylar tomonidan qayd qilingan. Bundan tashqari, ko‘plab tadbirlar tashkil qilingan. Jumladan, Mustaqillik kuniga, O‘qituvchi va murabbiylar kuniga, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga, Ota-onalar yig‘ilishi, Ichki ishlar xodimlari bilan hamkorlikda “Axborot xurujlari-yoshlar kelajagiga taxdid”, axborot texnologiylari xodimlari bilan hamkorlikda “Bir million dasturchi” mavzusida davra suhbatlari, “Quvnoqlar va zukkolar”, sport tadbirlari va boshqa bir qator tadbirlar tashkil etilgan va kafedra talaba va professor-o‘qituvchilari ham unda faol ishtirok etishgan.

Talabaning F.I.SH Olimpiada yoki tanlov nomi Nechanchi yilda Ilmiy rahbar
1 Ravshanova Gulhayo “Yil talabasi-2020” respublika tanlovining “Yilning eng tashabbuskor-targ’ibotchi talabasi” nominatsiyasining laureate. 2020-2021 o‘quv yili dots.U.M.Mirsanov
2 Aktamov Shaxzod Fan olimpiadasi g‘olibi 2020-2021 o‘quv yili

dots.A.A.Ibragimov

TALABALAR SONI

0
Akademik guruhlar
0
Ozbek guruhlarda
0
Rus guruhlarda
0
Qozoq guruhlarda

Fakultet yangiliklari