loader image
All for Joomla All for Webmasters
uzruen| Ro`yxatdan o`tish | Diqqat!!! Sayt test rejimida ishlamoqda!
uzruen| Ro`yxatdan o`tish | Diqqat!!! Sayt test rejimida ishlamoqda!
info@nspi.uz
E-mail
+998 79 225-19-30
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-30
Faks
Rektor qabulxonasi

Matematika o’qitish metodikasi kafedrasi

F.I.O.Abjalilov Sanaqul
LavozimiKafedra mudiri
Ilmiy daraja va unvonif.-m.f.n., dotsent
Telefon+99879 225-38-35
E-mailinfo@nspi.uz
Kafedra haqida
Ilmiy - tadqiqot yo`nalishlari
O`qitiladigan fanlar
Kafedra tarkibi
Elektron Axborot Ta'lim Resurslari

Kafedra haqida.

O’zbekiston Respublikasining dunyo hamjamiyati bilan bevosita aloqalari rivojlanayotgan hozirgi davrda buyuk kelajagimizning davomchilari bo’lmish yosh avlodga, jumladan, oliy ta’lim muassasasi talabalariga matematika fanidan bilim, ko’nikma va malakalar hosil qilish, ularning bilish faolligini oshirish, buning uchun matematika fani o’qituvchilari malakasini ilg’or, zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida oshirish vazifasi qo’yildi.

 “Matematika o’qitish metodikasi” kafedrasi tarixi:

“Matematika o`qitish metodikasi” kafedrasi 1992 yil 15 aprelda “Matematik analiz va informatika” kafedrasi bazasida tashkil qilingan bo’lib, unga 1992–1997 yillarda t.f.n.O.O.Suvonov, 1997–2001 yillarda dots. A.Hakimov, 2001–2006 yillarda dots.M.J.Uluqnazarov,  2006–2012 yillarda f.-m.f.n. E.A.Chuliyev, 2012-2019 yillarda  f.-m.f.d., prof. S.A.Imomkulov rahbarlik qilishgan. 2019 yildan boshlab kafedrani f.-m.f.n S.X.Abjalilov boshqarmoqda.Kafedrada jami 30 ta a’zo bo’lib, shundan 1 nafari Phd, 5 nafari fan nomzodi, 7 nafari katta o’qituvchi va 17 nafari o’qituvchilardir. Kafedra a’zolari “Matematika fanlarini o’qitishda yangi pedagogik texnologiyalarini qo’llash” mavzusida ilmiy metodik ish olib bormoqdalar. Ilmiy – metodik ishlar natijasi keyingi uch yilda chop etilgan 60 dan ortiq maqola, tezislar hamda 10 dan ortiq uslubiy qo’llanmalarda o’z aksini topgan.Kafedramizning katta o’qituvchisi Ashurova D.N. “Algebra va sonlar nazariyasi fanidan dasturiy didaktik majmua yaratish va dars samaradorligini oshirish metodikasi”  mavzularidagi dissertatsiya ishlarini  himoya qilib,PhD darajasini oldi. Ayni vaqtda kafedraning o`qituvchilaridan ikki nafari, Ibodullayeva Nafisa va Sobirov Jasurlar Navoiy Davlat Pedagogika instituti qoshidagi tayanch doktoranturada tahsil olmoqda.Kafedrada dots.Abjalilov S.X. rahbarligida “Matematika fanlarini o’qitishda yangi pedagogik texnologiyalarini qo’llash” mavzusida ilmiy seminar tashkil qilingan.Kafedrada o`quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma`naviy-ma`rifiy va tarbiyaviy hamda tadbirkorlik ishlarini talab darajasida amalga oshirish maqsadida kafedrada quyidagi professor-o`qituvchilar o’zlarining mehnatlarini ayamasdan  ishlab kelmoqdalar. dotsentlar: Abjalilov S.X., Hakimov A., Uluqnazarov M.J., Jalilov A.A., Cho`liyev E.A., Ashurova.D.N., katta o`qituvchilar: Norchayev T.Yu., Shotemirov Y.S., Fayziyev M.Sh., Muzaffarova L.M., Jumayev S.S., Do`stov S.T., Abdurahmonov G`.E., o`qituvchilar: Tursunova E.M., Eshpo`latov B.X., Qodirova Sh., Shodiyev Sh.Sh., Majidov Sh.A., Norchayev R.T., Sayfullayeva G.S., Turlibayeva G.M., Djumanazarova N.M., Begmurodov O.A., Jumayeva N.F., Mansurov D.R., Ergashova Sh.H., Boymurodov J.H., Axmadov I.A., G`offorova D.Sh., Ashurova G.Sh.lar faoliyat ko`rsatib kelmoqdalar.Kafedraning yetakchi mutaxassislari talabalarning dunyoqarashini o`stirishga, fikrlash doirasini kengaytirishga, dunyoviy ilmlar bilan qurollanishga  o`zlarining munosib ulushlarini qo`shish bilan cheklanib qolmasdan, kafedraning yosh o`qituvchilariga yaqindan ilmiy, uslubiy va amaliy yordam ko`rsatib kelishmoqda.Iqtidorli talabalarni ilmiy anjumanlarga jalb qilish yaxshi olib borilmoqda.  2018-yil 13-27 oktabr kunlarida “Matematika o‘qitish metodikasi” kafedrasi mudiri prof.S.A.Imomkulov, shu kafedra doktaranti Ibodullaeva Nafisa va “Matematika o‘qitish metodikasi” yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Akramov Nurali Rossiya federatsiyasi Boshkirdiston Davlat universitetiga ularning taklifnomasiga asosan ilmiy safarda bo‘ldilar.Ikki haftalik safar mobaynida prof.S.A.Imomkulov  Boshkirdiston Davlat universitetining Matematika fakultetining ilmiy seminarida ma’ruza o‘qidi, bundan tashqari fakultetning 2-bosqich Magistratura talabalari uchun “Subgarmonik funksiyalar va potensiallar nazariyasi” mavzusida ma’ruza o‘qidi. 3-kurs talabalari uchun “Haqiqiy o‘zgaruvchining funksiyalar nazariyasi” fanida “Ko‘p o‘zgaruvchining funksiyalari uzluksizligi” mavzusida ma’ruza o‘qidi va shu mavzu yuzasidan amaliy mashg‘ulot o‘tdi. Doktarant Ibodullaeva Nafisa va 4-kurs talabasi Akramov Nurali 16-20 oktabrlarda o‘tkazilgan Fundamental matematika bo‘yicha doktorantlar, magistr talabalar orasida o‘tkazilgan ilmiy konferensiyaga yaxshi ishtirok etdilar. Natijada Ibodullaeva Nafisa va Akromov Nuralining ma’ruzalari 1-2-darajali diploma bilan taqdirlanishdi. Qolgan kunlarda Boshqirdiston Davlat Universitetining taniqli olimlari ma’ruzasini tingladilar. Kafedra hozirgi kunda Respublikamizning yetakchi oliy o’quv yurtlaridan  Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika universiteti,  Jizzax davlat pedagogika instituti, Samarqand Davlat Universiteti, Buxoro davlat universitetlari bilan yaqindan ilmiy aloqalar o`rnatgan.  Kafedra a’zolarining safi yosh, iqtidorli, ilmga chanqoq magistrlar bilan  kengayib bormoqda. Kafedra dotsentlari: Jalilov Anvar Abdullayevich, Abjalilov Sanaqul Xo`jamovich, katta o`qituvchi Shotemirov Yo`ldosh Safarovich o`qituvchilar:  Shodiyev Sherzod Shomamatovich, Jumayeva Nilufar Farmonovna,Toshtemirova Kamola Ergashevna, Tursunova E’tibor Mo’minovna, Eshpo’latov Bobur Xudoyberdiyevich, Sayfullayeva Gulnoz Sayfullayevnalar  ikki oylik malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli yakunlab qaytgan bo`lsalar, joriy o`quv yilida o`qituvchilar Turlibayeva Guljanna Muratovna, Begmurodov Otabek va Norchayev Rustam Tojinorovichlar ham bir oylik malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli yakunlab qaytdilar.Kafedra professor-o’qituvchilari hamkorlik dasturi asosida viloyatimizning umumta’lim maktablari, akademik litseylari bilan shartnomalar tuzib, shu asosda seminar-treninglar, “Mahorat maktablari” tashkil qilib kelmoqdalar. Bunday hamkorlik albatta o’z samarasini bermasdan qolmaydi.

  • Imomkulov S.A. Matematik analizning prinsiplari va metodlari. 2014
  • Imomkulov S.A. Begmatova D. S. Qatorlar nazariyasi. 2014
  • Norchayev T.Yu., Turgunbayev R.M.  Matematikaliq analiz. 2013.
  • Музаффарова Л. Н. Метод анализа ситуаций (кейс – технология).2013
  • Chuliyev E. A. Shodiyev Sh. Jumayeva N. Mateмаtik fizika qisqacha kursi. 2014
  • Улукназаров М.Ж. Полиномиальныу решения с вырождающимися ультрапараболическим операторомю 2013
  • Имомкулов С. А., Ибрагимов З.Ш. Плюрипольярность графиков функций из класса Геврей заданных на остове. УзМЖ.2013. №1, ст.53-63
  • Imomkulov A. Ibragimov Z. Sh. Pluripolarity of Grafs of Quasianalytic Functions of Several Variables in the Sens of Gonchar. Journal of analysis. 2010. Vol. 18. pp. 233-238.
  • Abjalilov S.X., Ibodullayeva N. Vektorial algebra elementlari, A.Navoiy nashriyoti. Navoiy 2011, 32 bet
  • Abjalilov S.X. Tekislikda akslantirishlar va almashtirishlar (uslubiy qo`llanma), NavDPI kichik bosmaxonasi 2017, 32 bet
  • Abjalilov S.X. Matematika I qism (uslubiy ko`rsatma), NavDPI kichik bosmaxonasi 2017, 76 bet
  • Abjalilov S.X., Karamatov B.T. Векторлық алгебра елементтеры ( әдістемелік қолданба), NavDPI kichik bosmaxonasi 2017, 36 bet

Bakalavriat 

  • Matematik analiz
  • Algebra va sonlar nazariyasi
  • Geometriya
  • Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika
  • Ilmiy hisoblashlar
  • Matematika o`qitish metodikasi
  • Matematikadan misol va masalalar yechish metodikasi
  • Matematika o`qitish texnologiyalari va loyihalash
  • Matematika fanini kasbga yo’naltirib o’qitish
  • Tanlov fan (Mutaxassislikka kirish: matematika asoslari)
  • Tanlov fan (Fraktallar nazariyasi)
  • Tanlov fan (Geometriya asoslari)
  • Matematik mantiq va diskret matematika (IO`M)
  • Matematika (IO`M)
  • Matematika (FAO`M)
  • Matematika (Mehnat ta’limi)
  • Matematika (fakultetlararo)

Magistratura

  • Analizning tanlangan boblari
  • Geometriyaning tanlangan boblari
  • Abstrakt algebra
  • Oliy ta’limda matematika o`qitish metodikasi
  • Pedagogik tadqiqotlarda statistika metodlari
  • Tanlov fan: Kompleks o’zgaruvchining funksiyalari nazariyasi
  • Tanlov fan: Geometriya asoslari
  • Tanlov fan: Matematikadan nostandart misol va masalalarni yechish metodikasi
  • Biometriya (Biologiya)

1. Abjalilov Sanaqul Xo‘jamovich

2. Hakimov Abdusalom

3. Uluknazarov Maxmud Jalilovich

4. Jalilov Anvar Abdullaevich

5. Chuliev Erkin Amonovich

6. Ashurova Dilfuza Nabievna

7. Norchaev Tojinor Yo‘ldoshevich

8. Shotemirov Yo‘ldosh Safarovich

9. Fayziev Murat Sharapovich

10. Muzaffarova Laylo Nuriddinovna

11. Abduraxmonov G‘ulom Erkinovich

12. Jumaev Sanjar Saydullaevich

13. Do‘stov Said Tuyboevich

14. Tursunova E’tibor Muminovna

15. Qodirova Shoira To‘raevna

16. Jumayeva Nilufar Farmonovna

17. Eshpo‘latov Bobir Xudoyberdievich

18. Shodiev Sherzod Shomamatovich

19. Majidov SHerzod Amirdinovich

20. Begmurodov Otabek Ahmadovich

21. Djumanazarova Nafisa Muhiddinovna

22. Sayfullaeva Gulnoz Sayfullaevna

23. Mansurov Dilshod Ravilovich

24. Norchaev Rustam Tojinorovich

25. Turlibaeva Guljanna Muratovna

26. Boymurodov Jo‘rabek Xusanovich

27. Ergashova Sharofat Hamroevna

28. Ahmadov Ilhom Ali o‘g‘li

29. G’afforova Dilfuza

30. Ashurova Gulshan Shuhratovna

fan doktori, professorlar12%
fan nomzodi, dotsentlar34%
Katta o`qituvchilar34%
O`qituvchi asistentlar46%