loader image
All for Joomla All for Webmasters
uzruenВнимание!!! Сайт работает в тестовом режиме!
uzruenВнимание!!! Сайт работает в тестовом режиме!
info@nspi.uz
E-mail
+998 79 225-19-30
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-30
Faks
Rektor qabulxonasi

MAKTABGACHA VA BOSHLANG`ICH TA`LIM FAKULTETI

F.I.O.XUDOYOROV SHUXRAT JUMAQULOVICH
LavozimiFakultet dekani
Ilmiy darajasi va unvonif.-m.f.n.
Telefon+998 79 225-36-32
E-mailsh.khudoyorov@umail.uz
F.I.O.Botirova Adiba Erkinovna
LavozimiO`quv ishlari bo`yicha dekan muovini
Ilmiy darajasi va unvoniPhD
Telefon+998 79 225-36-32
E-mailClosed
F.I.O.Umarov Qobiljon Burxonovich
LavozimiMa`naviyat ishlari bo`yicha dekan muovini
Ilmiy darajasi va unvoniClosed
Telefon+998 79 225-36-32
E-mailshov.shuv.qub@mail.ru

Fakultet haqida

Fakultet kafedralari:

Boshlangich ta’lim kafedrasi
Maktabgacha ta’lim kafedrasi
Umumiy pedagogika va psixologiya

Fakultetning bakalavriatura yo’nalishlari:

5111700- Boshlang`ich ta`lim va sport tarbiyaviy ish
5111800-Maktabgacha ta`lim

Fakultetning magistratura mutaxassisliklari:

5111700- Boshlang`ich ta`lim va sport tarbiyaviy ish
5111800-Maktabgacha ta`lim

Professor - o`qituvchilar soni65
FAN DOKTORI, PROFESSORLAR1
FAN NOMZODI, DOTSENTLAR9
KATTA O’QITUVCHI VA ASSISTENT O`QITUVCHILAR45
FAKULTET BO‘YICHA ILMIY SALOHIYAT20%

TA'LIM OLAYOTGANLAR

0
Magistrantlar soni
0
Bakalavrlar soni
0
Davlat granti asosida
0
Shartnoma asosida
Fakultet haqida
Ilmiy ishlar
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar
Iqtidorli talabalar

Maktabgacha va boshlang`ich ta’lim fakulteti Navoiy davlat pedagogika instituti rektorining 2008-yil 29-avgustdagi 161B UMI sonli buyrug`iga asosan “Boshlang`ich ta’lim uslubiyoti” nomi bilan tashkil topgan. Fakultet tarkibida “Boshlang`ich ta’lim”, “Maktabgacha ta’lim” va “Umumiy pedagogika va psixologiya” kafedralari mavjud.

Maktabgacha va boshlang`ich ta’lim  fakultetida 1 nafar fan doktori (DSc), 4 nafar dotsent, 6 nafar fan nomzodi, 3 nafar falsafa doktori (PhD), 17 nafar katta o`qituvchi va 34 nafar o`qituvchi, jami 65 nafar professor-o`qituvchilar uzluksiz ta’lim tizimini mazmunan modernizatsiyalash va ta’lim – tarbiya samaradorligini yangi sifat darajasiga ko‘tarish bo‘yicha hududiy xalq ta’limi hamda o‘rta maxsus, kasb – hunar ta’limi boshqarmalari bilan hamkorlik dasturlari asosida faoliyat ko‘rsatmoqda.

5111700 – «Boshlang`ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish» ta’lim (o`zbek, rus, qozoq, qoraqalpoq) yo`nalishida 718 nafar, 5111800 – «Maktabgacha ta’lim» (o`zbek, rus) yo`nalishida 505 nafar, fakultet bo`yicha jami 1223 nafar talaba tahsil olmoqda.

Manzil: Navoiy shahri, Janubiy ko`chasi, 27а uy

Maktabgacha ta’lim kafedrasi ilmiy tadqiqot ishlari.

Jumladan kafedra mudiri, f.f.n., dotsent Davlatova R.H.ning 10.00.01-O‘zbek tili ixtisosligi (DSc) bo‘yicha “O‘zbek tilining deytik birliklari” mavzusidagi doktorlik dissertatsiya mavzusi tasdiqlangan (ilmiy maslahatchi f.f.d., prof. Lutfullaeva Durdona), bugungi kunda yakunlanish arafasida, 3 oylik ilmiy tadqiqot ta’tili ham olgan va 2020 yilda himoyaga chiqadi. Kafedra katta o‘qituvchisi Sanaeva S.  13.00.01  – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi (PhD) bo‘yicha “Kompetensiyaviy yondashuv asosida bo‘lajak pedagoglarni tarbiyaviy faoliyatga tayyorlash tizimini takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiya mavzusi tasdiqlangan (ilmiy rahbari p.f.d., prof. Xodjaev Begzod Xudoyberdievich),  2020 yil mart-aprel oylarida himoyaga chiqadi. Kafedra katta o‘qituvchisi Ermatova G. 17.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (PhD) bo‘yicha “Xalq ijodiyoti namunalari asosida bola sotsial intellektini shakllantirishning ijtimoiy-psixologik asoslari” mavzusidagi dissertatsiya mavzusi tasdiqlangan (ilmiy rahbari p.f.d., prof. Baratov SHarif Ramazonovich). SHu bilan bir qatorda kafedra o‘qituvchilaridan Rajabov F. 10.00.02. – O‘zbek adabiyoti ixtisosligi (PhD)  bo‘yicha “O‘zbek adabiyotida regional ijodkorlik (XIX-XXI asrlar): Nurota hududida” (ilmiy rahbari f.f.d. Erkinov Aftondil Sadirxonovich), Jabborova D. 13.00.01  – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi (PhD)  bo‘yicha “Bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy tayyorlashda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish jarayonini takomillashtirish” (ilmiy rahbari p.f.d., prof. Olimov SHirinboy SHaropovich), Musaeva N. 10.00.01.-O‘zbek tili ixtisosligi (PhD)  bo‘yicha “Bolalar kvazidiologik nutqining pragmatik xususiyatlari” (ilmiy rahbari f.f.n., dots. Davlatova Ra’no Haydarovna), Musaeva SH. 10.00.02.-O‘zbek adabiyoti ixtisosligi (PhD)  bo‘yicha “XX asrning oxirgi choragi va XXI asrning birinchi chorgidagi o‘zbek bolalar nasri taraqqiyoti va Nosir Fozilov ijodi” (ilmiy rahbari f.f.n. Barakaev Rahmatulla) mavzusidagi dissertatsiya mavzusi tasdiqlangan va ilmiy izlanish olib bormoqdalar.

Boshlang‘ich ta’lim kafedrasi ilmiy tadqiqot ishlari.

Jumladan, kafedra katta o‘qituvchisi Alimov A. YA. 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (PhD) bo‘yicha  Innovatsion texnologiyalardan foydalanish orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matematik malakalarini rivojlantirish (ilmiy rahbari prof.Tojiev M.) mavzusidagi dissertatsiya mavzusi tasdiqlangan, himoya qilish 2021 yilga rejalashtirilgan, Saidova N.R. 13.00.01. – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi (PhD) bo‘yicha Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matematikadan o‘quv materiallarini o‘zlashtirish darajasini o‘rganish tizimi (ilmiy rahbari prof. Ibraimov X.I.) mavzusidagi dissertatsiya mavzusi tasdiqlangan, himoya qilish 2022 yilga rejalashtirilgan, Qobulova N.B 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti ixtisosligi (PhD) bo‘yicha Erkin A’zam nasrida davr va inson konsepsiyasi. (ilmiy rahbari prof. SH.A.Hasanov) mavzusidagi dissertatsiya mavzusi tasdiqlangan, himoya qilish 2021 yilga rejalashtirilgan, Jumaeva M.A. 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (PhD) bo‘yicha  Innovatsion ta’lim sharoitida ona tili darslarining samaradorligini oshirish (Boshlang‘ich sinf misolida) (ilmiy rahbari prof. Adizov B.R.) mavzusidagi dissertatsiya mavzusi tasdiqlangan, himoya qilish 2020 yilga rejalashtirilgan, Isroilova R.S. 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (PhD) bo‘yicha  Boshlang‘ich sinf ona tili darslarini loyihalash jarayonida o‘quvchilarni faollashtirish texnologiyasi (ilmiy rahbari prof. Maxmudov M.X.) mavzusidagi dissertatsiya mavzusi tasdiqlangan, himoya qilish 2020 yilga rejalashtirilgan, Pardaeva M.X. 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi (PhD)  bo‘yicha O‘zbek tili morfologiyasida oraliq hodisalar (ilmiy rahbari f.f.d. Ernazarova M.S.) mavzusidagi dissertatsiya mavzusi tasdiqlangan,  himoya qilish 2021 yilga rejalashtirilgan, Ergasheva F. 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (PhD) bo‘yicha Oliy matematika fanidan ta’limni boshqarishning elektron tizimlari uchun o‘quv kontentlarini ishlab chiqish metodologiyasi (ilmiy rahbari dots. A.A.Ibragimov) mavzusidagi dissertatsiya mavzusi tasdiqlangan, himoya qilish 2024 yilga rejalashtirilgan, Ravshanova R. X. 10.00.01.- O‘zbek tili ixtisosligi (PhD) bo‘yicha Institutsional va spontan nutqda murojaat shakllari (ilmiy rahbari f.f.d. Ernazarova M.S.) mavzusidagi dissertatsiya mavzusi tasdiqlangan,  himoya qilish 2022 yilga rejalashtirilgan, Alimova SH.SH. 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi (PhD)  bo‘yicha Obuchenie teorii i prakticheskim umeniyam buduщix uchiteley mediynыx texnologiy (ilmiy rahbari p.f.d. SH.Abdullaeva) mavzusidagi dissertatsiya mavzusi tasdiqlangan, himoya qilish 2022 yilga rejalashtirilgan.

Umumiy pedagogika va psixologiya kafedrasi ilmiy tadqiqot ishlari.

Jumladan, kafedra o‘qituvchisilari 11 nafari 3.00.01 Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi (PhD) bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar, ular D.To‘qboeva O‘smirlar ma’naviy qiyofasini sotsiokorreksiyalashning pedagogik strategiyasi (ilmiy rahbari prof. SH.A.Abdullaeva), Z.Fozilova Primenenie antropologicheskogo podxoda v sovremennoy otechestvennoy pedagogicheskoy teorii i innovatsionnoy obrazovatelьnoy praktike (ilmiy rahbari prof. B.R.Adizov), H.Axatova SHaxsga yonaltirilgan texnologiyalardan foydalanib boshlang‘ich ta’limda o‘qitish samaradorligini takomillashtirish mexanizmlari (ilmiy rahbari dots. D.A.Axatova), G.Abilova Pedagogik vebinarlarni tashkil qilish texnologiyalarining didaktik asoslari (ilmiy rahbari prof. SH.A.Abdullaeva), J.Rasulov O‘quvchi yoshlarni mantiqiy fikrlashga o‘rgatishning pedagogik texnologiyalarining takomillashtirish (ilmiy rahbari dots. A.T.Tilegenov), S.Maydonova Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini oilada kitobxonlikka o‘rgatish texnologiyasi (ilmiy rahbari prof. X.I.Ibraimov), H.Aliqulova Boshlang‘ich o‘quvchilarida ijtimoiy adolat haqidagi ibtidoiy tushunchalarni shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlari (ilmiy rahbari prof. X.I.Ibraimov), D.Usmonova Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida milliy qadriyatlarni shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirish (ilmiy rahbari prof. B.R. Adizov), M.Kazakbaeva Abay Qunanbaevning ma’rifiy qarashlari va ulardan O‘zbekiston ta’lim tizimida foydalanish mexanizmlarini yaratish (ilmiy rahbari dots. D.A.Axatova), S.Sayitov XXVI-XXVII asrlarda markaziy osiyoda ta’lim-tarbiya va mehnat madaniyatining rivoji. (ilmiy rahbari prof. M.X.Maxmudov), G.Xushvaqova Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mehnat tarbiyasida milliy an’analardan foydalanish texnologiyasi (ilmiy rahbari prof. M.Xaydarov) mavzularida ilmiy tadqiqot ishlarini, shu bilan bir qatorda 19.00.06.- Yosh va pedagogik psixologiya ixtisosligi (PhD) bo‘yicha kafedraning 6 nafar o‘qituvchisi ilmiy tadqiqot ishlarini tasdiqlatganlar R.Ashrapov YOshlarning ijtimoiy –ma`naviy qiyofasini shakllantirishda kitobxonlik madaniyati (ilmiy rahbari dots.R.Rajabov), A.T.Ro‘ziqulova Hozirgi zamon o‘zbek oilalarida nokoh-oila munosabatlari mustahkamligining ta’minlanishida milliy qadriyatlarning ahamiyati (ilmiy rahbari dots.N.A.Sog‘inov), B.SHukurov Talabalarda internet tob’eligini keltirib chiqaruvchi psixologik omillar va uni bartaraf etish yo‘llari (ilmiy rahbari dots. A.I.Rasulov), O.Ikromov Talabalar xotirasining xorijiy tillarni o‘rganish sharoitida individual tipologik xususiyatlari (ilmiy rahbari dots. G‘.Normuradov), D.Safarova YU.Xamadoniy ijtimoiy ahloqiy qarashlari (ilmiy rahbari p.f.d. N.Safarova), R.Begmatov O‘smirlarda tajovuzkorlik hissining namoyon bo‘lishining psixologik xususiyatlari (ilmiy rahbari dots Ro‘ziqulov F) mavzularida ilmiy tadqiqot ishlari olib bormoqdalar.

Fakultetetda ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasi mavjud bo‘lib, institut yoshlar bilan ishlash ishlari bo‘yicha prorektor tomonidan tasdiqlangan shu asosida o‘qituvchi-murabbiylar haftaning har juma kunlari  “Axborot” soatini  namunali tashkil etilgan va guruh jurnallariga murabbiylar tomonidan qayd qilingan.  Bundan tashqari, ko‘plab tadbirlar tashkil qilingan. Jumladan, Mustaqillik kuniga, O‘qituvchi va murabbiylar kuniga, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga, Ota-onalar yig‘ilishi, Ichki ishlar xodimlari bilan hamkorlikda “Diniy ekstremizm va terrorizm-yoshlar kelajagiga taxdid”, tibbiyot xodimlari bilan hamkorlikda “Giyohvand vositalarining yoshlar tarbiyasiga salbiy ta’siri”, “Grippdan ehtiyot bo‘ling”  mavzusida, “Quvnoqlar va zukkolar”, sport tadbirlari va boshqa bir qator tadbirlar tashkil etilgan va fakultetet talaba va professor-o‘qituvchilari faol ishtirok etishgan.

Hozirda fakultetetda 1223 nafar talaba taxsil oladi, shulardan   69 nafari  talabalar yotoqxonasida yashaydi, 621 nafari ijarada yashaydi, 533 nafari o‘z uyida istiqomat qiladi. Institut ma’muriyati tomonidan belgilangan reja asosida talabalar yotoqxonasida va o‘quv binosida kecha-kunduz navbatchiliklar  tashkil qilingan.

Ijarada yashayotgan talabalar ahvolidan doimiy ravishda  xabardor bo‘lib turiladi, ijara manzillari, alyubomlar tayyorlanib, institut “Ma’naviyat va ma’rifat” bo‘limiga taqdim qilingan.

Maktabgacha va boshlangich ta’lim fakulteti talabalarining 2019-2020 yillarda erishgan yutuqlari to‘g‘risida ma’lumot

Talabaning F.I.SH Olimpiada yoki tanlov nomi Nechanchi yilda Ilmiy rahbar
1. YUldosheva Maftunabonu Sayfiddin ONA TILI VA ADABIYOT fanidan Respublika fan olimpiadada ikkinchi o‘rinni egallagan 2018 yil f.f.d.(DcS). Ernazarova M.S.
2. Husenova Muhtaram Husniddin qizi ONA TILI VA ADABIYOT fanidan Respublika fan olimpiadasida birinchi o‘rinni egallagan 2018 yil f.f.d.(DcS). Ernazarova M.S.
3. Husenova Muhtaram Husniddin qizi Navoiy nomli Davlat stipendianti 2019 yil f.f.d.(DcS). Ernazarova M.S.
4. Ne’matova Hilola Ikrom qizi Maktabgacha pedagogika fanidan  Respublika fan olimpiadasida birinchi o‘rinni egallagan 2019 yil f.f.n., dots. Davlatova R.H.
5. Omonboeva Merey Erali qizi Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori 2020 yil p.f.n.dots. Elemesova Z.A.

Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti barcha kafedralaridagi yillik ish rejalari tegishli hujjatlar asosida tuzilgan va tasdiqlangan.  Maktabgacha ta’lim kafedrasida “Ustoz-shogird” tizimi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, tajribali  professor o‘qituvchilarga talabalarni “Ustoz-shogird” tizimiga biriktirish tashkil etilgan,  ish jarayonida ayrim  kafedradagi  o‘qituvchilarning “Ustoz-shogird” tizimi bo‘yicha bajarilgan ishlar o‘rganilganda quyidagi kamchiliklar aniqlandi talabalarning yig‘ma jildlaridagi ijodiy ishlari yilma–yil ketma-ketlikda joylashtirilmagan. Maktabgacha ta’lim kafedrasidada 3 ta to‘garak faoliyat yuritadi: 1.“YOsh tomoshabinlar teatri”, 2. “YOsh tarbiyachi”. 3. “Mohir qo‘llar”.  Ushbu  to‘garaklarga   Maktabgacha ta’lim yo‘nalishinigng 150 nafar talabalari qamrab olingan bo‘lib to‘garakam rahbarlari tomonidan bir oyda ikki marotaba belgilangan reja asosida to‘garak dars mashg‘ulotlari o‘tib kelinmoqda.

“Maktabgacha ta’lim” kafedrasi tomonidan iqtidorli talabalar bilan ishlash holati o‘rganilganda quyidagilar aniqlandi: ushbu ta’lim yo‘nalishidagi talabalar bilan ishlash tizimi jarayonida professor –o‘qituvchilar tomonidan talaba yoshlar bilan ishlash tizimida ularni ichki imkoniyatlaridan kelib chiqib hunarga o‘rgatish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, yani har bir  o‘quv dars  mashg‘uloti davomida talaba yoshlarga ayniqsa oddiy va ko‘p mablag‘ talab etilmaydigan narsalardan talabalar tomoidan turli xil milliy va hunarmandchilik va qo‘l mehnati mahsulotlarini yasab, kerak bo‘lsa ularni sifatli yasalganlarini turli xil ko‘rgazmalardagi yarmarkalarda ham sotib olinayotganligi ko‘plab uchraydi.

O‘zbekiston Respublikasi bakalavrlar uchun ta’sis etilgan Navoiy Davlat stipendiyasi Navoiy davlat pedagogika instituti Boshlang‘ich ta’lim va sport ishi yo‘nalishi talabasi Xusenova Muxtaram Xusniddin qizi 2019-yil g‘olibi bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasi talabalarning fan olimpiadasi Navoiy davlat pedagogika instituti Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi yo‘nalishi talabasi Husenova Muhtaram Husniddin qizi ONA TILI VA ADABIYOT fanidan birinchi o‘rinni egallagani uchun I darajali diplom bilan mukofatlangan.

O‘zbekiston Respublikasi talabalarning fan olimpiadasi Navoiy davlat pedagogika instituti Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi yo‘nalishi talabasi Yuldosheva Maftunabonu Sayfiddin qizi ONA TILI VA ADABIYOT fanidan birinchi o‘rinni egallagani uchun  II darajali diplom bilan mukofatlangan.

 

TALABALAR SONI

0
Akademik guruhlar
0
Ozbek guruhlarda
0
Rus guruhlarda
0
Qozoq guruhlarda

Fakultet yangiliklari