loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

INGLIZ TILI VA ADABIYOTI FAKULTETI

F.I.O.Tuxtayeva Quysin Davlatovna
LavozimiFakultet dekani
Ilmiy darajasi va unvoniprofessor
Telefon+998 97-343-65-66
E-mailinfo@nspi.uz
F.I.O.Ablayev Otabek Ostonovich
LavozimiO`quv ishlari bo`yicha dekan muovini
Ilmiy darajasi va unvoniClosed
Telefon+998 97 368-27-70
E-mailinfo@nspi.uz
F.I.O.Muxidov Feruz Raxmatillayevich
LavozimiMa`naviyat ishlari bo`yicha dekan muovini
Ilmiy darajasi va unvoniClosed
Telefon+998 97 377 02 62
E-mailinfo@nspi.uz

Fakultet haqida

Fakultet kafedralari:

1. Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi
2. Ingliz tili amaliy kursi kafedrasi

Fakultetning bakalavriatura yo’nalishlari:

60111800 – Ingliz tili va adabiyoti (o’zb)
60111800 – Ingliz tili va adabiyoti (rus)

Fakultetning magistratura mutaxassisliklari:

70111801 – Xorijiy til va adabiyoti (Ingliz tili va adabiyoti)

Professor - o`qituvchilar soni57
FAN DOKTORI, PROFESSORLAR1
FAN NOMZODI, DOTSENTLAR7
KATTA O’QITUVCHI VA ASSISTENT O`QITUVCHILAR50
FAKULTET BO‘YICHA ILMIY SALOHIYAT9%

TA'LIM OLAYOTGANLAR

0
Magistrantlar soni
0
Bakalavrlar soni
0
Davlat granti asosida
0
Shartnoma asosida
Fakultet haqida
Ilmiy ishlar
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar
Iqtidorli talabalar

 Navoiy viloyatida pedagogik kadrlarga boʻlgan ehtiyojni inobatga olib,1983-yil Navoiy shahrida Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika institutining Navoiy filiali tashkil etilgan. Chet tillar fakulteti 1997-yilda “Oʻzbek tili va tarix fakulteti” negizida tashkil etilgan boʻlib, institutdagi eng faol va oʻz oʻrniga ega boʻlgan dastlabki fakultetlardan biri hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 28-fevraldagi Farmoni bilan Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika institutining Navoiy filialiga Navoiy davlat pedagogika instituti maqomi berildi. Chet tillar fakulteti Navoiy davlat pedagogika instituti ilmiy kengashining 1997-yil 28-iyuldagi 12-sonli qarori asosida tashkil etilgan boʻlib, dastlab fakultetni f.f.d., professor T.J.Yusupov, 1998-1999-yillarda dotsent, f.f.n. R.J.Axmedova, 2000-2004-yillarda f.f.n. F.N.Najmiddinov, 2005-2009-yillarda f.f.n. Oʻ.A.Oripov, 2010-2014-yillarda f.f.n., dotsent Q.D.Toʻxtaeva, 2015-2020-yillarda Z.D. Erdanovlar boshqargan boʻlib, hamda institut ilmiy kengashining 2021-yil 31-avgustdagi 1-sonli kengashi qarori bilan Chet tillar fakulteti ikkiga boʻlinishi bilan alohida fakultet “Ingliz tili va adabiyoti” boʻlib ajralib chiqdi. 2021-2022- oʻquv yilidan boshlab fakultetni dotsent, f.f.n. I.M.Shodiyev boshaqardi, 2024-yil fevral oyidan prof. Q.D.Toʻxtaeva boshqarib kelmoqda.
Fakultetda hozirgi kunda 3 ta kafedra mavjud boʻlib, “Ingliz tili va adabiyoti”, “Ingliz tili va amaliy kursi”, “Fakultetlararo chet tillar”kafedralari boʻlib ushbu kafedralarda jami 67 nafar professor-oʻqituvchilar ish faoliyatlarin olib borishsa shundan 54 nafari asosiy shtatda ish faoliyatlarin olib borishadi. Fakultetning ilmiy salohiyati 9% tashkil etadi, jumladan fakultetda 1557 nafar talabalar kunduzgi, kechki, magistraturada tahsil oladilar, shundan 1411 nafari qizlar tahsil oladi 146 nafari oʻgʻil bolar tahsil olib kelmoqda. Fakultetda oʻqish jarayoni 3 smenada tashkil etilagan boʻlib, Oʻquv binolarining umumiy quvvati (talaba oʻrni) 990 nafarni tashkil etadi. Fakultetda hozirgi kunda “Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili” taʼlim yoʻnalishi boʻyicha bakalavr hamda magistr pedagog kadrlar tayyorlanmokda. Ingliz tili va adabiyoti fakulteti bugungi kunda respublikamizning etakchi fakultetlaridan biriga, viloyatning ilm-fan, maʼnaviyat va maʼrifat markaziga aylandi. Fakultetda oʻtgan qisqa davrda mamlakat xalq xoʻjaligining koʻplab sohalari, xususan, taʼlim, maʼnaviyat va madaniyat tizimi uchun oliy maʼlumotli malakali pedagog mutaxassislar tayyorlanmoqda. Mustaqillik yillarida fakultetdan yetishib chiqqan pedagoglarning soni 5 mingdan ortiqni tashkil qiladi. Ayni paytda Navoiy davlat pedagogika instituti Ingliz tili va dabiyoti fakulteti tayyorlagan mutaxassislar uzluksiz taʼlim tizimining barcha boʻgʻinlari, oliy, oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlimi sohalarida fidokorona mehnat qilmoqdalar.

2021-2023-yillarda fakultet olim va tadqiqotchilari 5 ta nomzodlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qildilar. Faqat shu davrning oʻzida fakultet professor-oʻqituvchilari 6 ta darslik 6 ta monografiya, 10 ta oʻquv qoʻllanmalari va koʻplab boshqa oʻquv adabiyotlari yaratdilar.

Fakultetdagi maʼnaviy-maʼrifiy ishlar 2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini ijrosini taʼminlash va Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusdan kelib chiqib amalga oshirilib kelinmoqda. Talabalar boʻsh vaqtlarini samarali oʻtkazish maqsadida “Eng faol kitobxon”, “Quvnoqlar va zukkolar”, “Zakovat”, “Talabalar teatr studiyasi” tanlovlari muntazam oʻtkazib kelinmoqda. Talabalar orasida sport, musiqa va sanʼat taʼlimini rivojlantirish va ommalashtirish maqsadida qator tadbirlar oʻtkazilmoqda. Talabalarda umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish maqsadida fakultet pedagog-xodimlari va talabalari ishtirokida viloyatdagi “Qariyalar uyi”, “Mehribonlik uylari”ga moddiy va maʼnaviy yordam berish tizimi yoʻlga qoʻyilgan. Mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoev tomonidan 2021-yil 19-yanvar kuni boʻlib oʻtgan videoselektorida ilgari surilgan “Bir ziyoli-bir mahallaga maʼnaviy homiy” tamoyili asosida Navoiy shahridagi “Gʻalaba”mahallasiga fakultet professor-oʻqituvchilari biriktirilgan boʻlib ular bilan doimiy hamkorlikda maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazib kelinmoqda.

Fakultetda iqtidorli talabalar bilan samarali ishlash yo’lga qo’yilgan va talabalar turli sohada yuqori natijalarga erishib kelmoqdalar. Muntazam ravishda fakultet talabalari respublika nufuzli tanlovlarida g’oliblikni qo’lga kiritib kelmoqda. 2022-23 o’quv yilida 4-bosqich talabasi Shemchuk Alyona Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori bo’ldi. 2-bosqich talabasi Jalolova Lobar Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sohibasi bo’ldi. 4-bosqich talabasi Hamidova Marjona “Taekvando” sport turi bo’yicha jahon chempioni bo’ldi va 2022 yil NDPIda sport bo’yicha “Yil talabasi” g’olibligini qo’lga kiritgan.

TALABALAR SONI

0
Akademik guruhlar
0
Ozbek guruhlarda
0
Rus guruhlarda
0
kechki guruhlarda

Fakultet yangiliklari