loader image
All for Joomla All for Webmasters
uzruen| Ro`yxatdan o`tish | Diqqat!!! Sayt test rejimida ishlamoqda!
uzruen| Ro`yxatdan o`tish | Diqqat!!! Sayt test rejimida ishlamoqda!
info@nspi.uz
E-mail
+998 79 225-19-30
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-30
Faks
Rektor qabulxonasi

Fizika va astronomiya o’qitish metodikasi kafedrasi

F.I.O.Axmedov Axad Axrorovich
LavozimiKafedra mudiri
Ilmiy daraja va unvonif.-m.f.n., dotsent
Telefon+99879 225-38-35
E-mailinfo@nspi.uz
Kafedra haqida
Ilmiy - tadqiqot yo`nalishlari
O`qitiladigan fanlar
Kafedra tarkibi
Elektron Axborot Ta'lim Resurslari

Kafedra bugun:

     O’zbekiston Respublikasining dunyo hamjamiyati bilan bevosita aloqalari rivojlanayotgan hozirgi davrda buyuk kelajagimizning davomchilari bo’lmish yosh avlodga, jumladan, oliy ta’lim muassasasi talabalariga matematika fanidan  bilim, ko’nikma va malakalar hosil qilish, ularning bilish faolligini oshirish , buning uchun matematika fani o’qituvchilari malakasini ilg’or, zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida oshirish vazifasi qo’yildi.

 “Fizika va astronomiya o’qitish metodikasi” kafedrasi tarixi

“Fizika va astronomiya o’qitish metodikasi” kafedrasi 1986 yilda “Fizkia,UTF va Mehnat” kafedrasi bazasida tashkil qilingan bo’lib, unga 1986 – 1998 yillarda f.m.f.n.A.K.Qutbedinov, 1998 – 2004 yillarda t.f.n.O.R.Ochilov, 2004 – 2011 yillarda f.m.f.n,dots.A.A.Axmedov,  2011 – 2018 yillarda f.-m.f.n. A.M.Karimov rahbarlik qilishgan. 2018 yildan boshlab kafedrani f.-f.m.f.n, dots. Axmedov A.A. boshqarmoqda.

Kafedrada jami 28 ta a’zo bo’lib, shundan 8 nafari f.-m.f.n,dotsent, 1 nafari  PhD, 6 nafari katta o’qituvchi va 13 nafari o’qituvchilardir. Kafedra a’zolari “Pedagogika oliy o`quv yurtlarida “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ” asosida  “Fizika  o`qitishning takomillashtirishning ilmiy metodik asoslari ”  mavzusida ilmiy metodik ish olib bormoqdalar. Ilmiy – metodik ishlar natijasi keyingi uch yilda chop etilgan 100 dan ortiq maqola, tezislar hamda 6 dan ortiq uslubiy qo’llanmalarda o’z aksini topgan.

Kafedramizning  o’qituvchisi Bekpo`latov U.R. “Simmetriya va assimetriya(Zamonaviy falsafiy tahlil)”  mavzularidagi dissertatsiya ishlarini  himoya qilib,PhD darajasini oldi.Ayni vaqtda kafedraning o`qituvchilaridan ikki nafari, Kamolova Dilnavoz va Sayfullayeva Gulhayolar Toshkent Davlat Texnika Universiteti qoshidagi Fan va Taraqqiyot DUK da 01.04.06.(Kompozitsion materiallar) va 02.01.00 “Polimerlar fizikasi”mutaxasisligi bo`yicha tahsil olmoqda. Hozirgi kunda kafedraning katta o`qituvchisi Toshpo`latova.Sh.O “O`quvchilarning mantiqiy fikrlash qobilyatini rivojlantirish(Fizika fani misolida) ”mavzuyidagi dissertatsiyasi himoyasi aravasida turibdi(OAK web saytining 2019-yil 2-apreldagi himoya haqidagi e`loni)

Kafedrada dots.Axmedov A.A. rahbarligida “Bo`lajak fizika o`qituvchilarining eksprimental kompitentligini shakllantirish” mavzusida ilmiy seminar tashkil qilingan.

Kafedrada o`quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma`naviy-ma`rifiy va tarbiyaviy hamda tadbirkorlik ishlarini talab darajasida amalga oshirish maqsadida kafedrada quyidagi professor-o`qituvchilar o’zlarining mehnatlarini ayamasdan  ishlab kelmoqdalar.dotsentlar: A.A.Axmedov, I.R.Kamolov, B.F.Izbosarov, A.K.Qutbedinov, E.N.Xudoyberdiyev, A.M.Karimov, O.H.Atoullayev, K.M.Yuldashev, PhD U.R.Bekpo`latov, katta o`qituvchilar: E.Qudratov,B.Bisenova, Sh.Toshpo`latova, Sh.Ochilov, B.Xushvaqtov, o`qituvchilar: H.Artiqov, I.Toshev, Kanatbayev.S, A.Sattorov, O.Karimova, D.Xolov, G.Sayfullayeva, S.Hamroyeva. Yu.Mavlonova, A.Sh.Xalilov, Turdiyev, T.Soliyevlar faoliyat ko`rsatib kelmoqdalar. Kafedraning yetakchi mutaxassislari talabalarning dunyoqarashini o`stirishga, fikrlash doirasini kengaytirishga, dunyoviy ilmlar bilan qurollanishga  o`zlarining munosib ulushlarini qo`shish bilan cheklanib qolmasdan, kafedraning yosh o`qituvchilariga yaqindan ilmiy, uslubiy va amaliy yordam ko`rsatib kelishmoqda.

Kafedra hozirgi kunda Respublikamizning yetakchi oliy o’quv yurtlaridan  Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika universiteti,   Samarqand Davlat Universiteti, Buxoro davlat universitetlari bilan yaqindan ilmiy aloqalar o`rnatgan.  Kafedra a’zolarining safi yosh, iqtidorli, ilmga chanqoq magistrlar bilan  kengayib bormoqda. Kafedra katta o`qituvchilari: Abdullayev Jalil Malikovich, o`qituvchi:Toshev Ixtiyor Izzatovichlar  ikki oylik malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli yakunlab qaytdilar. Hozirgi vaqtda o`qituvchi Kanatbayev Sagidat mart-aprel oyida malaka oshirmoqda.Kafedra professor-o’qituvchilari hamkorlik dasturi asosida viloyatimizning umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb hunar kollejlari bilan shartnomalar tuzib shu asosda seminar-treninglar, “Mahorat maktablari” tashkil qilib kelmoqdalar. Bunday hamkorlik albatta o’z samarasini bermay qolmaydi.

 

  • Imomkulov S.A. Matematik analizning prinsiplari va metodlari. 2014
  • Imomkulov S.A. Begmatova D. S. Qatorlar nazariyasi. 2014
  • Norchayev T.Yu., Turgunbayev R.M.  Matematikaliq analiz. 2013.
  • Музаффарова Л. Н. Метод анализа ситуаций (кейс – технология).2013
  • Chuliyev E. A. Shodiyev Sh. Jumayeva N. Mateмаtik fizika qisqacha kursi. 2014
  • Улукназаров М.Ж. Полиномиальныу решения с вырождающимися ультрапараболическим операторомю 2013
  • Имомкулов С. А., Ибрагимов З.Ш. Плюрипольярность графиков функций из класса Геврей заданных на остове. УзМЖ.2013. №1, ст.53-63
  • Imomkulov A. Ibragimov Z. Sh. Pluripolarity of Grafs of Quasianalytic Functions of Several Variables in the Sens of Gonchar. Journal of analysis. 2010. Vol. 18. pp. 233-238.
  • Abjalilov S.X., Ibodullayeva N. Vektorial algebra elementlari, A.Navoiy nashriyoti. Navoiy 2011, 32 bet
  • Abjalilov S.X. Tekislikda akslantirishlar va almashtirishlar (uslubiy qo`llanma), NavDPI kichik bosmaxonasi 2017, 32 bet
  • Abjalilov S.X. Matematika I qism (uslubiy ko`rsatma), NavDPI kichik bosmaxonasi 2017, 76 bet
  • Abjalilov S.X., Karamatov B.T. Векторлық алгебра елементтеры ( әдістемелік қолданба), NavDPI kichik bosmaxonasi 2017, 36 bet

Bakalavriat

  • Fizika va astronomiya o’qitish nazariyasi va metodikasi
  • Umumiy fizika
  • Nazariy fizika
  • Astronomiya kursi
  • Fizikadan masalalar echish metodikasi
  • Fizikani o’qitishda innovatzion texnologiyalar
  • Fizika o’qitish jaroyonini loyihalash

Magistratura

  • Pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi
  • Mutaxasislik fanlarini o’qitish metodikasi
  • Pedagogik tadqiqotlarda statistika metodlari
  • Matematik fizika metodlari
  • Zamonaviy fizika va astronomiyaning fundamental asoslari
  • Klassik va kvant fizikasining qo’shimcha boblari

1. Axmedov Axat Axrorovich

2. Kamolov Ixtiyor Ramazonovich

3. Izbosarov Bahriddin Faxriddinovich

4. Qutbedinov Ahmat Kenjayevich

5. Xudoyberdiyev eliboy Norboyevich

6. Karimov Abdumumin Mardiqobilovich

7. Atoullayev Odil Hasanovich

8. Yuldashev Kamol Mirzayevich

10. Bekpo`latov Ulug`bek Rahmatilla o`g`li

11. Qudratov Elmurod Abduxalimovich

12. Toshpo`latova Shaxlo Ochilovna

13. Ochilov Shokir Baxtiyorovich

14. Bisenova Baxt Tabakulovna

15. Abdullayev Jalil Malikovich

16. Xushvaqtov Bekmurod Normurodovich

17. Xolov Dilshod Murodulloyevich

18. Sattorov Ahliddin Rizoqulovich

19. Karimova Oynisa Abdimuminovna

20. Xalilov Shoxrux Erkin o`g`li

21. Artiqov Hamza Kaxorovich

22. Toshev Ixtiyor Izzatovich

23. Kanatbayev sagidat Saduovich

24. Turdiyev Ahror Barakayevich

25 Mavlonova Yulduz Ilhomovna

26. Sayfullayeva Gulhayo Ixtiyor qizi

27. Hamroyeva Sevara Nasriddinovna

28. Soliyev Tursunboy Izzatillo o`g`li

fan doktori, professorlar12%
fan nomzodi, dotsentlar34%
Katta o`qituvchilar34%
O`qituvchi asistentlar46%