loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

ENG KO`P BERILADIGAN SAVOLLAR

Oliy ta’lim muassasasi talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash qanday tartibda amalga oshiriladi?

Talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash Hukumatning 2017 yil 20 iyundagi 393-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi;
Xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan talabalar o‘qishini ko‘chirish, ko‘chirib tiklash O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi vakolati doirasida;
Xorijiy davlatlarning akkreditatsiyaga ega bo‘lmagan oliy ta’lim muassasalarida yoki ularning filiallarida o‘qiganlarning o‘qishini O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish to‘g‘risidagi arizasiga rad javobi beriladi;
Nizomga muvofiq fuqarolar o‘qishini ko‘chirish uchun Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tashkil etiladigan Hududiy ishchi guruhiga 2020 yil15 iyuldan 5 avgustga qadar bo‘lgan muddatda murojaat qilishi mumkinligi belgilangan;

O‘qishini ko‘chirish istagini bildirgan fuqarolardan qanday hujjatlar talab etaladi?

1. Ko‘chirish (qayta tiklash)ni istagan ta’lim yo‘nalishi (mutaxassisligi), o‘quv tili va shakli ko‘rsatilgan holdagi ariza (arizada o‘qigan oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishi (mutaxassisligi), ta’lim shakli, maqsadli qabul bo‘yicha o‘qishga kirmaganligi, ko‘chirish (qayta tiklash) sabablari, ko‘chirish (qayta tiklash) qoidalari bilan tanishganligi ko‘rsatiladi);
2. Talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma nusxalari;
3. Pasport nusxasi.
✅ Bir oliy ta’lim muassasasi doirasida oliy ta’limning mos va turdosh yo‘nalishlari hamda mos mutaxassisliklari bo‘yicha talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash shu oliy ta’lim muassasasi rektorining buyrug‘i asosida amalga oshiriladi;
✅ Xorijiy oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalar o‘qishini O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirilishiga ruxsat etilmaydi;

Magistraturaga va o‘qishni ko‘chirish uchun qanday tartibda hujjat topshiriladi?

Prezident qaroriga ko‘ra, davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga kirish, shuningdek, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash uchun hujjatlarni topshirish jarayoni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy veb-sayti (www.edu.uz) orqali amalga oshiriladi.
Magistraturaga hujjatlar 2020 yil 1 iyuldan 30 iyulgacha qabul qilinadi.
2020/2021 o‘quv yilidan boshlab, matematika ta’lim sohasi bo‘yicha magistrlar to‘liq davlat granti asosida tahsil oladi.

Xotin-qizlarga qo‘shimcha to‘rt foizli davlat granti asosida kvota qanday tartibda ajratiladi?

Prezident qarori bilan 2020/2021 o‘quv yili qabulidan boshlab, Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash vazirligi tomonidan beriladigan tavsiyanomaga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha umumiy belgilangan davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlariga nisbatan qo‘shimcha to‘rt foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari ajratiladi.

Oliy ta’lim muassasalariga abiturient sifatida ro‘yxatdan o‘tish qachon va qanday tartibda amalga oshiriladi?

2020/2021 o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalariga abiturient sifatida onlayn ro‘yxatdan o‘tish 2020 yilning 20 iyunidan 20 iyuliga qadar (shu kuni ham):
YAgona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali (www.my.gov.uz (https://my.gov.uz/uz/students-admission));
Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali (www.dtm.uz (https://abitur.dtm.uz/login));
belgilangan hududlardagi Davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshiriladi.

Bu yil abiturientlar nechtaga ta’lim yo‘nalishini tanlashi mumkin?

Kirish imtihonlari to‘liq test sinovlari asosida amalga oshiriladigan ta’lim yo‘nalishlariga kirishda fanlar majmuasi hamda fanlar ketma-ketligi bir xil bo‘lgan 5 tagacha ta’lim yo‘nalishida tanlovda ishtirok etishi mumkin.
Kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon mavjud bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlariga kirishda faqatgina bitta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etishi mumkin.

Oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari nechta fandan qanday tartibda bo‘ladi?

2020/2021 o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari to‘liq test sinovlari asosida amalga oshiriladigan ta’lim yo‘nalishlariga kirishda 2 ta fandan test topshiradi.
Alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlari tarkibi ta’lim yo‘nalishlarining xususiyatlarini inobatga olgan holda minimal qisqartiriladi. Bunda abiturientlarning imtihon topshirish uchun bir marta kelishi inobatga olinadi.
Test sinovlari bilan bir qatorda kasbiy (ijodiy) imtihon topshiriladigan ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlari bitta fandan test va bitta fandan kasbiy (ijodiy) imtihon asosida o‘tkaziladi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 2020/2021 o‘quv yili qabuli uchun OTMlarda kasbiy (ijodiy) imtihonlarni tashkil etish bo‘yicha yo‘riqnoma ishlab chiqildi.

Kasbiy (ijodiy) imtihonlari qanday tartibda tashkil etiladi?

Abiturient imtihonga shaxsiy pasporti va abiturient ruxsatnomasi bilan kelishi lozim;
abiturientlar imtihonga tibbiy niqob va qo‘lqopda kiritiladi;
imtihonga kirish oldidan har bir abiturientning tana harorati o‘lchanadi. Tana harorati 37 darajadan yuqori bo‘lgan abiturientlar imtihonlarga qo‘yilmaydi;
ijodiy imtihonda bitta abiturient uchun yarim soatdan bir soatgacha vaqt ajratiladi;
imtihonlar to‘liq videokuzatuv ostida o‘tkazilib, imtihon jarayonlarining videoyozuvlari saqlanadi;
Imtihon natijalari tegishli OTMning rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinadi.

Qabul komissiyasiga savol yuboring