loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

XORIJIY HAMKORLIK

  Navoiy davlat pedagogika institutida xalqaro hamkorlik bo’yicha ilmiy-tadqiqot va o’quv-metodik ishlar amalga oshirib borilmoqda. Xorijiy yetakchi oliy ta’lim muassasalarining tajribalari va salohiyatidan samarali foydalanish maqsadida Rossiya Federasiyasi, Yevropa va Osiyo davlatlarining oliy ta’lim muassasalari bilan o’zaro hamkorlik aloqalari olib borilmoqda. Navoiy davlat pedagogika institutiga xalqaro hamkorlik aloqalari asosida joriy yilda quyidagi professor-o`qituvchilar dars mashg`ulotlarini olib bordi .

Aliaksei Radzuik Belarus Respublikasi Polosk davlat universiteti Gumanitar fanlar fakulteti dekani, tarix fanlari nomzod, dotsent 2023-yil 20-yanvarda institutning “Tarix” fakulteti “Tarix” ta’lim yo’nalishi talabalariga 12 soatlik  seminar dars mashg`ulotlarini  olib bordi.

Irina Barklay AQSh, Shimoliy Karolina shtati Apolachi universiteti Filologiya fanlari nomzodi 15-16-may kunlari “Rus va qozoq filologiyasi” fakulteti talabalriga 12 soatlik Rus tilining amaliy funksional grammatikasi fanidan 701150l – Ona tili vа adabiyoti (Rus tili vа adabiyoti) magistratura mutaxassisligiga dars mashg`ulotlari olib bordi.

2023-yilning 10-24-may kunlari M.Avezov nomidagi Janubiy-Qozogʻiston davlat universiteti Falsafa kafedrasi mudiri, f.f.n., dotsent Spanov Meyrxan Jantayevich, katta o’qituvchi Yesimova Anarkul Elmuratovna, katta o’qituvchi PhD Tankish Nazira Polatovna,  f.f.n., dotsent  Jiyenbekova Aynur  Abdraxmanovna institut talabalariga Markaziy Osiyo xalqlari maʼnaviy-falsafiy merosi nomli tanlov fani boʻyicha ilmiy maʼruzalar oʻqish hamda  Ijtimoiy fanlar kafedrasida 72 soatlik ilmiy stajirovka va malaka oshirish kurslarini oʻtashdi.

M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti biologiya fanlari nomzodi dotsent, Yelena Erastovna Severova 2023-yil 22-26-may kunlari “Tabiiy fanlar ” fakultetida Botanika fanidan 14 soatlik dars mashg`ulotlari olib bordi va institut talabalari bilan uchrashuvlar  o`tkazdi.

 M.Avezov nomidagi Janubiy-Qozogʻiston davlat universiteti biologiya fanlari nomzodi Ibragimov Talgat Saduakasovich 2023-yil 15-18-may kunlari “Tabiiy fanlar ” fakulteti “Biologiya qo`shimcha tabiiy fanlar” yo`nalishi kunduzgi ta’lim 2-kurs qozoq guruhi talabalariga 14 soatlik maruza mashg`ulotlarini olib bordi.

Qozon federal universiteti “Umumiy fizika” kafedrasi dotsenti, f-m,f-n,  Garnayeva Guzel  “Fizika va astronomiya” ta’lim yo`nalishi 2-kurs talabalariga 12 soatlik qo`shma dastur asosida ma’ruza va laboratoriya darslarini tashkil etib, talabalar hayoti bilan yaqindan tanishdi.

M.Avezov nomidagi Janubiy-Qozogʻiston davlat universiteti ”Pedagogika va tabiiy fanlar” Oliy maktabi f-m,f-n, dotsent Oranbayev Asilbek Boysiutuli 2023-yil 15-16-may kunlari Texnologik ta’lim yo`nalishi talabalariga 12 soat “Muqobil energiya turlari” fanidan ma’ruza darslarini tashkil etdi.

M.Avezov nomidagi Janubiy-Qozogʻiston davlat universiteti ”Pedagogika va tabiiy fanlar” Oliy maktabi p.f.n. Tursinbayev Abay Zakirovich 2023-yil 11-may kuni “Fizika va astronomiya ta’lim yo`nalishi” talabalariga 12 soat ma’ruza va amaliyot darslarini qiziqarli olib bordi.

Xalqaro hamkorlik ishlarini yangi o`quv yilida ham samarali tashkil etish uchun institutda aniq reja asosida ishlar tashil etilishi yuzasidan xorijiy hamkot tashkilotlar bilan muzokaralar olib borilmoqda.