loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTINING USTAVI

I. Umumiy qoidalar

 1.1. Navoiy davlat pedagogika instituti (keyingi o‘rinlarda – institut) Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika institutining Navoiy filiali sifatida 1983-yilda tashkil etilgan. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 28-fevraldagi Farmoni bilan Navoiy davlat pedagogika instituti maqomi berilgan.

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 28-fevraldagi “Respublikaning yangi oliy o‘quv yurtlarini tashkil qilish to‘g‘risida”gi PF-356-sonli Farmoni bilan Navoiy davlat pedagogika instituti alohida institut sifatida tashkil qilingan.

  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 26-sentabrdagi “Pedagog xodimlarni qayta tayyorlash, xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  PQ-3289-sonli Qarori bilan Navoiy davlat pedagogika instituti Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidan chiqarilib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining tashkiliy tuzilmasiga kiritilgan.

 1.2. Institut davlat oliy ta’lim hisoblanib, oliy ta’limning asosiy va qo‘shma ta’lim dasturlarini bajarish bo‘yicha ta’lim faoliyati bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga muvofiq o‘quv, ilmiy-metodik va boshqa faoliyatlarni amalga oshiradi hamda ta’lim xizmatlarini ko‘rsatadi.

  1.3. Institut o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining buyruqlari hamda mazkur Ustavga amal qiladi.

  1.4. Institut yuridik shaxs hisoblanadi. Operativ boshqaruvida mol-mulkka egalik qiladi, ushbu mol-mulk bo‘yicha o‘z majburiyatlariga muvofiq javob beradi, o‘z nomidan mol-mulk so‘rab olishi va mulkiy hamda nomulkiy huquqlarni amalga oshirishi, zimmasiga majburiyat olishi, sudda da’vogar va javobgar bo‘lishi mumkin.

1.5. Institut mustaqil balansga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi yoki uning tegishli boshqarmalarida shaxsiy g‘azna hisob varaqlariga, shu jumladan, bank institutda valyuta bo‘yicha hisob raqamlariga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga, shtamplar va boshqa rekvizitlarga ega.

1.6. Institut o‘z faoliyatini davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, kadrlar buyurtmachilari va boshqa tashkilotlar, shu jumladan, xorijiy hamkor tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.

1.7. Institut internet tizimida o‘zining rasmiy www.nspi.uz saytiga ega.

1.8. Institutning joylashgan yuridik manzili Indeks 706800, O‘zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Navoiy shahri, Ibn Sino ko‘chasi, 45-uy.

  • Davlat tilida: kirill alifbosida “Навоий давлат педагогика институти” (НДПИ)
  • Davlat tilida: lotin alifbosida “Navoiy davlat pedagogika instituti” (NDPI)
  • rus tilida: Навоийский государственный педагогический институт (НГПИ);
  • ingliz tilida: Navoiy state pedagogical institute (NSPI).

II Institutning asosiy maqsadi, vazifalari va funksiyalari

2.1. Har tomonlama rivojlangan, Vatanini qadrlovchi, davlat va jamiyat oldidagi o‘z mas’uliyatini his qiluvchi, mamlakat kelajagi uchun vijdonan va halol mehnat qiluvchi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qiluvchi, qonunlarga so‘zsiz itoat etuvchi hamda xalqaro ta’lim maydonida raqobatbardosh, yuqori malakali, zamonaviy iqtisodiyotning tegishli sohalari bo‘yicha oliy ma’lumotli mutaxassislarni va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash Navoiy davlat pedagogika institutining asosiy maqsadi hisoblanadi.

   Asosiy maqsaddan kelib chiqqan holda quyidagilar Navoiy davlat pedagogika institutining asosiy vazifalari hisoblanadi:

– zamonaviy talablar, ilg‘or xalqaro tajriba va mehnat bozori ehtiyojlari asosida yuqori malakali, ijodiy fikrlaydigan, halol kadrlar tayyorlashni ta’minlash;

– iqtisodiyotning tegishli sohalari bo‘yicha talabalarning fundamental, bazaviy, shuningdek, amaliy kasbiy tayyorgarligini ta’minlaydigan o‘quv reja va dasturlar asosida bakalavrlar, magistrlar tayyorlash;

– ish beruvchilar ehtiyojidan kelib chiqib, talabalarda tahliliy fikrlash va kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish, yangi bilimlarni mustaqil ravishda egallash va ulardan foydalanish ko‘nikmasini shakllantirishni ta’minlaydigan o‘qitishning zamonaviy shakl va metodlari, pedagogik, innovatsion, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni keng qo‘llagan;

– fanlarni tanlash imkoniyatini ta’minlagan holda Yevropa kredit tizimini (European Credit Transfer and Accumulation System) joriy etish, shu jumladan, talabalar o‘quv yuklamasi hajmini aniqlashning xalqaro shartli birliklarini (kreditlar) o‘tkazish va jamlash tizimini qo‘llagan holda o‘quv jarayonini tashkil etish;

– institutning professor-o‘qituvchilar tarkibini yuqori darajada kasbiy pedagogik mahoratga, huquqiy va siyosiy madaniyatga ega mutaxassislar bilan mustahkamlash;

– rivojlangan xorijiy davlatlarning yetakchi ta’lim va ilmiy muassasalar bilan hamkorlikni, qo‘shma huquqiy tadqiqotlarni, professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘zaro almashinuvini faollashtirish;

– davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, iqtisodiyotning tegishli sohalari hamda boshqa tashkilotlarda amaliy ish tajribasiga ega bo‘lgan mutaxassislarni ta’lim jarayoniga keng jalb etish, ularning malakasini oshirishda samarali tizimni yaratish, xorijiy mamlakatlarning yetakchi ta’lim, tadqiqot institutining yuqori malakali mutaxassislarini o‘quv, ilmiy-metodik ishlarni tashkil etish jarayonlariga jalb qilish;

– tegishli ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv majmualarini, qo‘llanmalarni yaratish va ularni o‘quv jarayonlariga tatbiq etish;

– xorijiy hamkorlar bilan birgalikda kadrlarni tayyorlash bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlarini (double degree) amalga oshirish, o‘quv-ta’lim jarayoniga xorijiy olimlar va mutaxassislarni faol jalb qilish;

– milliy iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari bo‘yicha ustuvorlikka ega bo‘lgan va ishlab chiqarish ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va natijalarini amaliyotga tatbiq qilish;

– ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini amalga oshirish va bu ishlarga talabalarni jalb etish;

– “HEMIS” platformasini yoki oliy ta’lim tizimini avtomatik boshqarishga qaratilgan boshqa tizimlarni joriy etgan holda ochiq, shaffof, subyektivlik va suiste’molchiliklardan holi bo‘lgan ta’lim muhitini yaratish;

– talabalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash, huquqiy, siyosiy madaniyatini va huquqiy ongini oshirish bo‘yicha samarali tizimni yaratish, ularda vatanparvarlik, yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarni, korrupsiyaga murosasizlik tuyg‘usini shakllantirish hamda rivojlantirish.

 2.2. Institut o‘z vazifalarini amalga oshirish maqsadida quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

– davlat ta’lim standartlari asosida mamlakatda o‘tkazilayotgan demokratik va huquqiy islohotlar, fuqarolik jamiyatini shakllantirish va zamonaviy xalqaro standartlarning yuksak talablariga javob beradigan, iqtisodiyotning tegishli sohalari bo‘yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlashni tashkil etadi;

– huquqiy va siyosiy madaniyatga, amaliy ish tajribasiga, kasbiy va pedagogik mahoratga ega yuqori malakali kadrlarni ta’lim jarayoniga keng jalb etish bo‘yicha choralarni ko‘radi, shuningdek, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshiradi;

– o‘quv jarayonini ta’lim berishning kredit-modul tizimi va innovatsion o‘qitish usullarini qo‘llagan holda umume’tirof etilgan xalqaro ta’lim standartlari va talablariga muvofiq ishlab chiqilgan hamda talabalarda iqtisodiyotning tegishli sohalari bo‘yicha tizimli tahlil qilish qobiliyati va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan ta’lim dasturlari asosida olib boradi;

– talabalarning mustaqil tayyorgarligini chuqurlashtirishni hisobga olgan holda ish beruvchilar ehtiyojidan kelib chiqib, tahliliy fikrlash va kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan, o‘quv reja va dasturlar hamda o‘quv-metodik materiallarni o‘quv jarayonida qo‘llaydi;

– o‘quv jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo‘llagan, talabalar, o‘qituvchilar va yosh tadqiqotchilarni global axborot va ta’lim resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytiradi;

– professor-o‘qituvchilar tarkibi mehnatini normalashtirishni faqat o‘quv tusdagi tadbirlarga asoslangan holda mustaqil amalga oshiradi hamda pedagogik xodimlar tomonidan ilmiy-metodik, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-metodik, ma’naviy- axloqiy va tarbiyaviy ishlarning bajarilishini rag‘batlantiradi;

– institut tomonidan o‘tkaziladigan tadqiqotlar natijalarini o‘quv rejalari va ta’lim dasturlariga joriy etish uchun fanlarni o‘qitish sifati va darajasini oshirishga yo‘naltirilgan ilmiy va o‘quv-uslubiy materiallar ishlab chiqadi;

– tizimli asosda pedagog va ilmiy xodimlarning malakasini oshirish va stajirovkadan o‘tkazish, ilmiy tadqiqotlar olib borish, ta’lim jarayoniga xorijiy mutaxassislarni jalb qilish, shuningdek, talabalarning akademik almashinuvini ta’minlash bo‘yicha yetakchi xorijiy ilmiy-ta’lim institutlari, tahliliy, tadqiqot markazlari, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlaydi;

– ijobiy xalqaro tajribani kengroq qo‘llagan, shu jumladan, talabalar o‘quv yuklamasi hajmini aniqlashning shartli birliklari (kreditlar)ni o‘tkazish va jamlash tizimini qo‘llaydi;

– davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan birgalikda ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etadi, ularning samaradorligini oshirish va tadqiqotlarning natijalarini amaliyotga keng joriy etish orqali, fan – ta’lim – ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlaydi;

– o‘qitishning kredit-modul tizimini va talabalar bilimini baholash usullarini takomillashtirib, o‘quv jarayonida zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo‘llaydi hamda o‘quv bazasini takomillashtirib boradi;

– rivojlangan xorijiy davlatlarning yetakchi ta’lim va ilmiy muassasalar bilan hamkorlikni, qo‘shma huquqiy tadqiqotlarni, professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘zaro almashinuvini doimiy amalga oshirib boradi;

– xorijiy hamkorlar bilan birgalikda kadrlarni tayyorlash bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlarini (double degree) mustaqil amalga oshiradi, o‘quv-ta’lim jarayoniga xorijiy olimlar va mutaxassislarni faol jalb qiladi;

– falsafa doktori (Doctor of Philosophy) va fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajalarini olish uchun dissertatsiya ishlarini zamonaviy talablar, iqtisodiyotning ustuvor yo‘nalishlariga muvofiqligini ta’minlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

– o‘z oldida turgan vazifalarni bajarish maqsadida zamonaviy o‘quv va moddiy-texnik bazani yaratadi, o‘quv, ilmiy-tadqiqot bo‘linmalarni, kafedralarni o‘qitishning zamonaviy texnik vositalari, axborot kommunikatsiya tizimlari va dasturiy majmualari bilan ta’minlaydi;

– O‘zbekiston Respublikasining ilmiy va ijodiy salohiyatini rivojlantirishga qodir mutaxassislarni tayyorlashda yuksak iste’dod sohiblariga bilimning tegishli sohalari va fanning aniq yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z qobiliyatlarini namoyon etish hamda rivojlantirish, o‘zlaridagi noyob iste’dodni ro‘yobga chiqarish uchun imkoniyatlar yaratadi;

– talabalarni jamiyatning to‘laqonli a’zosi, vatanparvar, vijdonan va halol mehnat qiluvchi, o‘z kasbining yetuk mutaxassisi bo‘lib yetishishi uchun kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

– talabalarning darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlariga ko‘maklashish, ularda milliy g‘urur, vatanparvarlik va fidoiylik tuyg‘ularini shakllantirish choralarini ko‘radi;

– ma’naviy, madaniy, milliy qadriyatlarni keng targ‘ib qilish, kitobxonlikni rivojlantirish, talabalarni milliy va jahon adabiyoti durdonalariga qiziqishini oshirish hamda dunyoqarashini shakllantirishga yo‘naltirilgan tadbirlarni amalga oshiradi;

– institut xalqaro reytingi va raqobatbardoshligini oshirish maqsadida chet el fuqarolari uchun ta’lim olish imkoniyatini kengaytiradi;

– Axborot-resurs markazini huquqiy, ijtimoiy-siyosiy va iqisodiy mazmundagi bosma va kitob mahsulotlari hamda o‘quv, ilmiy va boshqa adabiyotlar, jumladan, xorijiy adabiyotlar fondi, o‘qitishning texnik vositalari, shuningdek, global axborot-huquqiy va ta’lim resurslarini muntazam yangilab borishni ta’minlaydi.

III. Institutning talabalari, tinglovchilari va izlanuvchilari

3.1. Talabalar:

 – institutga talabalarni qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) natijalariga ko‘ra to‘plangan ballarning reyting tizimi bo‘yicha amalga oshiriladi.

– institutga qabul barcha uchun (grant, to‘lov-kontrakt bo‘yicha) teng huquqlilik, yagona qabul qoidalari va yagona tanlov asosida amalga oshirilib, test sinovlari va kasbiy (ijodiy) imtihonlarda eng yuqori ball to‘plagan abiturientlarning davlat grantlari bo‘yicha birinchi navbatda qabul qilinish huquqi ta’minlanadi. Qolgan abiturientlar test ballari ketma-ketligi asosida belgilangan to‘lov-kontrakt kvotalari doirasida qabul qilinish huquqiga egadirlar. Qonunchilikka muvofiq test sinovlarisiz muayyan imtiyoz asosida o‘qishga qabul qilish o‘rnatilgan tartibda amalga oshiriladi.

– xorijiy fuqarolarni o‘qishga qabul qilish amaldagi qonunchilikka binoan amalga oshiriladi.

– O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentabrdagi 606-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi ta’limni olish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar institutda ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot olish uchun to‘lov-kontrakt (shartnoma) asosida o‘qishga qabul qilinishi mumkin.

– ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot olish uchun abiturientlar qabulini institut qabul komissiyasi amalga oshiradi.

– qo‘shma ta’lim dasturlari asosida kirish sinovlarini muvaffaqiyatli topshirgan hamda to‘lov-kontrakt kvota doirasida to‘lov-kontrakt shartlarini bajargan abiturientlar o‘qishga qabul qilinish huquqiga egadirlar.

– institut rektorining buyrug‘i bilan o‘qishga qabul qilingan shaxs institutning talabasi hisoblanadi. Talabaga talabalik guvohnomasi hamda reyting daftarchasi bepul beriladi.

3.2.Talabalar quyidagi huquqlarga ega:

– fan, texnika, zamonaviy texnologiyalar taraqqiyoti va yutuqlariga mos bilim olish;

– institut axborot resurs markazida mavjud bo‘lgan kitoblar, davriy nashrlar, elektron ta’lim vositalaridan belgilangan tartibda bepul foydalanish;

– bepul maslahatlar va tavsiyalar olish;

– auditoriyalar, ta’lim jarayoniga oid vositalardan o‘rnatilgan tartibda bepul foydalanish;

– ta’lim jarayoni samaradorligi va ta’lim sifatini oshirish yuzasidan o‘z taklif- mulohazalarini, tanqidiy fikrlarini belgilangan tartibda ta’lim muassasasi, fakultet va kafedra rahbariyatiga bildirishga va ularni ko‘rib chiqilishini talab qilish;

– institut va fakultet miqyosida o‘tkaziladigan ommaviy tadbirlarda ishtirok etish;

– ilmiy tadqiqot ishlarining barcha turlarida, ilmiy konferensiyalar, simpoziumlarda ishtirok etish, ularning natijalarini nashr etish va bu haqda axborotlar berish;

– institutda qonuniy ravishda faoliyat yuritayotgan jamoat birlashmalariga a’zo bo‘lish va ular ishida qatnashish;

– o‘qishdan tashqari vaqtlarda ma’naviy-ma’rifiy, obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va boshqa qonunchilikka zid bo‘lmagan jamoat ishlarida ishtirok etish;

– o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida institutning o‘zida, shuningdek, boshqa joylarda mehnat qonunchiligiga muvofiq ishlash;

– yetakchi xorijiy ta’lim muassasalarida akademik almashinuvda ishtirok etish.

– talaba sifatli va yuqori saviyada bilim olishi, tanlagan ixtisosligi bo‘yicha yuqori malakali mutaxassis bo‘lib yetishish uchun zarur bo‘lgan qonunchilik hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa huquqlardan foydalanishi;

– talaba o‘z huquqlarini suiiste’mol qilmasligi, bu huquqlardan o‘zga shaxslar manfaatiga zid maqsadlarda foydalanmasligi shart.

3.3.Talabalarining majburiyatlari quyidagilar:

– o‘quv reja va dasturlar talablarini belgilangan muddatlarda bajarish hamda bilimlarni egallash;

– mazkur Ustavga, shuningdek, institut ichki tartib-qoidalari, Odob-axloq kodeksi, talabalar turar joyi qoidalari va korrupsiyaga qarshi kurashish dasturiga rioya etish;

– institut binolari va uning boshqa mol-mulkini asrab-avaylash, to‘lov- kontrakt bo‘yicha majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarish;

– Vatanga va xalqiga halol xizmat qilishga tayyor, yuqori bilimli mutaxassis bo‘lib yetishish uchun puxta bilim olish, o‘z kasbiy salohiyatini rivojlantirish;

– ta’lim olish jarayonida jamiyatning axloqiy tamoyillariga, ma’naviy qadriyatlariga, qonun talablariga, o‘zaro munosabatlarning yuksak talablariga javob beruvchi qoidalarga qat’iy amal qilish;

– tanlagan ixtisosligi bo‘yicha chuqur nazariy bilim olish va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish;

– o‘quv jarayoni talablariga bo‘ysunishi, o‘quv mashg‘ulotlarini uzrli sababsiz qoldirmaslik, darslarga kech qolib kelmaslik, dars mashg‘ulotlari yakunlanmasdan avval ketib qolmaslik;

– ta’lim jarayoni bilan bog‘liq vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish, o‘qituvchilarning fanni o‘zlashtirish bilan bog‘liq topshiriqlarini o‘z vaqtida va talab darajasida bajarish, mashg‘ulotlarga zarur o‘quv qurollari bilan kelish;

– tegishli kafedra va fakultet bilan mustahkam aloqada bo‘lish, fakultet rahbariyatining qonuniy topshiriqlarini o‘z vaqtida bajarish;

– bilimlarni egallashda tashabbus va g‘ayrat ko‘rsatish, loqaydlikka yo‘l qo‘ymaslik;

– barcha bilan xushmuomalada bo‘lish;

– institut mol-mulkiga ehtiyotkor va tejamkor munosabatda bo‘lish, ularga qasddan yoki ehtiyotsizlikdan ziyon yetkazmaslik, ziyon yetkazilgan taqdirda moddiy zarar o‘rnini o‘rnatilgan tartibda qoplash, moddiy ashyolarni auditoriyadan yoki binodan tashqariga ruxsatsiz olib chiqmaslik;

– bino ichida, yo‘laklarda, auditoriyalarda sanitariya qoidalariga rioya qilishi, ifloslantirmasligi, alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi va iste’mol qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik;

– kiyinish madaniyatiga rioya qilish, xususan tashqi ko‘rinishi va yomon hulq- atvori bilan boshqalardan ajralib turmasligi, axloq-odob normalariga so‘zsiz bo‘ysunishi;

– o‘quv mashg‘ulotiga kelmagan holatda (shu jumladan, kasalligi tufayli) uch kundan kechikmasdan bevosita o‘zi yoxud biriktirilgan tyutori orqali dekanatni tegishli ravishda, xususan yozma tarzda xabardor qilish, qatnashmaslik sabablarini ko‘rsatish;

– xorijiy tashkilotlar grantlarida qatnashgani taqdirda bu haqda fakultet dekanini xabardor qilish, grant bilan bog‘liq holda chet elga jo‘nab ketishdan avval o‘rnatilgan tartibda ruxsat olish;

– o‘z ilmiy, ma’naviy-axloqiy, g‘oyaviy-siyosiy saviyasini muntazam oshirib borishi, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sohalardagi islohotlar va yangilanishlardan xabardor bo‘lish;

– o‘quv intizomiga, institut kengashi qarorlari, rektor buyruqlari hamda ta’lim tizimiga doir normativ-huquqiy hujjatlarda qo‘yilgan maqsad va vazifalarga, shuningdek, o‘zining majburiyatlariga rioya etish;

– talabalarga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.

3.4.Institut hududida talabalarga quyidagilar taqiqlanadi:

  1. a) alkogol va tamaki mahsulotlarini tarqatish va iste’mol qilish;
  2. b) milliy, irqiy, diniy adovatni targ’ib qiluvchi har qanday shakldagi materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish va targ‘ib qilish;
  3. d) institut binolari va hududidagi moddiy-texnik, boshqa mol-mulkka zarar yetkazish;
  4. e) o‘qish vaqtida institut ma’muriyati ruxsatisiz chet el davlatlariga borish.

– o‘qish davrida o‘quv va ilmiy-tadqiqot faoliyatida yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan talabalar institutning byudjetdan tashqari mablag‘lari, shuningdek, xalqaro va xorijiy tashkilotlar grantlari hisobiga hamda institutning xorijiy hamkorlari bilan shartnomalari asosida yetakchi xorijiy ta’lim muassasalariga talabalarning akademik almashinuvi doirasida o‘qishga yuborilishi mumkin.

– talabalarning akademik almashinuvini ta’minlash bo’yicha yetakchi xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni mustahkamlash maqsadida institutda xorijiy mamlakatlarning talabalari ham o‘z o‘qishini davom ettirishi mumkin.

– Davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishning ishlab chiqarishdan ajralgan shaklida ta’lim olayotgan talabalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartib va miqdorda stipendiya bilan ta’minlanadilar (xorijiy talabalar bundan mustasno).

– talabalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari va institutning maxsus stipendiyalarini olish huquqiga egadirlar.

– harbiy xizmatni o‘tash, salomatligini tiklash, homiladorlik va tug‘ish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish, oilasining betob a’zosini (otasi, onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar, turmush o‘rtog‘i, farzandi) parvarish qilish uchun talabaga akademik ta’til berilishi mumkin. Ushbu ta’tilni berish tartib- qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 344-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalari talabalariga akademik ta’til berish to‘g‘risidagi Nizomida belgilangan.

– O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq kunduzgi o‘quv shaklida ta’lim olayotgan talabalarga institutda o‘qiyotgan vaqti davomida harbiy xizmatga chaqirish muddatini kechiktirish imkoni beriladi.

  – institutning talabalar turar joyi sig‘imidan kelib chiqqan holda muhtoj talabalar “Talabalar turar joylari”dan sanitariya me’yorlari va qoidalariga javob beradigan joy bilan ta’minlanadi.

– talabalar turar joyi uchun to‘lov talabalar turar joylarida komunal-maishiy xizmatlar uchun to‘lovlarni inobatga olib, institut Kengashi tomonidan belgilanadi.

– turar joyga muhtoj talabalar mavjud bo‘lgan holda, oliy ta’lim muassasasining talabalar turar joylari maydonidan boshqa maqsadlarga foydalanish (ijaraga berish, boshqa kelishuvlar)ga ruxsat etilmaydi.

– institutdan chetlashtirilgan talaba O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashirish tartibi va qoidalari asosida qayta o‘qishga tiklanish huquqiga ega.

– institutning talabalari belgilangan tartib va qoidalar asosida boshqa oliy ta’lim muassasalariga o‘qishlarini ko‘chirish (o‘qishga qayta tiklanish) huquqiga ega.

– O‘zbekiston Respublikasi hududida ta’lim faoliyatini olib borish uchun litsenziyaga ega bo‘lmagan nodavlat oliy ta’lim muassasalari va boshqa mamlakatlar oliy ta’lim muassasalarining filiallari (markazlar, bo‘limlar, o‘quv-maslahat punktlari va boshqalar)dan talabalarni institutga o‘qishini ko‘chirish (o‘qishga tiklash) taqiqlanadi.

– talabalar o‘qishini bir oliy ta’lim muassasasidan boshqasiga ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi va qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi (bundan chet el fuqarolarining o‘qishini xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan institutga ko‘chirish mustasno).

  – O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarida nazarda tutilgan hollardan tashqari, talabalarni o‘qish vaqti hisobidan ta’lim jarayoni bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga jalb etish man etiladi.

– talaba o‘ziga yuklatilgan majburiyatlarni buzgan taqdirda unga nisbatan hayfsan va talabalar safidan chetlatish intizomiy jazo choralari qo‘llaniladi.

3.5.Talaba muassasadan quyidagi hollarda chetlashtirilishi mumkin:

  1. o‘z xohishiga binoan;
  2. o‘qishning boshqa ta’lim muassasasiga ko‘chirilishi munosabati bilan;
  3. d) o‘quv intizomini va oliy ta’lim institutning ichki tartib-qoidalari hamda odob-axloq qoidalarini buzganligi uchun;
  4. e) bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirganligi sababli;
  5. f) o‘qish uchun belgilangan to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli (to‘lov-kontrakt bo‘yicha tahsil olayotganlar uchun);
  6. g) talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;
  7. h) sud qaroriga ko‘ra kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzganligi aniqlanganda (ushbu holatda talabalar safidan chetlashtirilganlar talabalar safiga qayta tiklanmaydi);
  8. i) vafot etganligi sababli.

Belgilangan muddatlarda fanlarni o‘zlashtira olmagan (akademik qarzdor bo‘lgan) talaba institut rektori buyrug‘i bilan kursdan qoldiriladi.

– akademik qarzdorligi tufayli kursdan qoldirilgan talaba to‘lov-kontrakt asosida o‘qishini quyi kursdagi o‘quv semestri boshidan boshlashi mumkin.

– institutda kredit-modul tizimida o‘qiyotgan talabalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 824-son qarori bilan tasdiqlangan oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 8-bobi qoidalari qo‘llaniladi.

– institut ma’muriyati tashabbusi bilan ushbu Ustavning 3.5-bandi “f” kichik bandiga ko‘ra talabalarni o‘qishdan chetlashtirish talabalar kasaba uyushmasining yozma roziligini inobatga olgan holda (kasaba uyushmasi a’zosi bo‘lgan talabalar uchun) amalga oshiriladi. Shuningdek, ushbu Ustavning 3.5-bandi “d” kichik bandiga ko‘ra chetlashtirilayotgan holda, ta’lim muassasasasining Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti bilan ham kelishilishi mumkin.

– intizomiy jazoga tortilayotgan talaba o‘ziga qo‘llanilgan jazo chorasining qonuniyligi va adolatliligi yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat bilan institut rektoriga, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligiga yoki boshqa vakolatli tashkilotlarga murojaat etishi mumkin.

– talabaga nisbatan qo‘llanilgan intizomiy jazo yuzasidan ma’lumot uning shaxsiy yig‘ma jildida saqlanadi.

– talaba institutdan chetlashtirilganda, unga shaxsiy hujjatlari, belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma topshiriladi va ularning nusxasi shaxsiy yig‘majildda saqlanadi.

– intizomiy jazo choralar talabalarning kasallik yoki ta’tilda bo‘lgan vaqti hisobga olinmagan holda xatti-harakat aniqlangandan so‘ng bir oydan va xatti- harakat sodir etilganidan so‘ng olti oydan kechiktirilmay qo‘llaniladi. Talabalar kasallik paytida, akademik ta’til yoki homiladorlik va tug‘ish holati bilan bog‘liq bo‘lgan ta’til paytlarda talabalarga intizomiy jazo choralarini ko‘rish taqiqlanadi.

– talaba kasal bo‘lganligi o‘zi yoki uning ota-onasi tomonidan yozma ariza bilan bevosita dekanatga, odatda, uch kundan kechiktirilmasdan ma’lum qilinadi va tibbiy ma’lumotnomaning aslini taqdim etadi.

  1. b) Tinglovchilar:

– institut huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy yoki tarmoq markazida o‘qiyotgan shaxslar tinglovchilar hisoblanadi.

– kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash tartibi, tinglovchilarni o‘qitish shartlari va huquqlari qonun hujjatlariga muvofiq tegishli normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilanadi.

3.6. Tayanch doktorant, doktorant va mustaqil izlanuvchilar:

 – institutda O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan, ishlab chiqarishdan ajralgan holda mutaxassislikni chuqur o‘rganish va doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash hamda himoya qilish maqsadida ilmiy izlanishlar olib borish bo‘yicha falsafa doktori (Doctor of Philosophy) va fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajalari izlanuvchilari uchun tashkil etilgan oliy ta’limdan keyingi ta’limda o‘qiyotgan fuqaro tayanch doktorant va doktorant hisoblanadi.

– ishlab chiqarishdan ajralmagan holda doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish maqsadida mutaxassislikni chuqur o‘rganish va ular tomonidan ilmiy izlanishlar bo‘yicha falsafa doktori (Doctor of Philosophy) va fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajalari izlanuvchilari uchun tashkil etilgan oliy ta’limdan keyingi ta’limda o‘qiyotgan fuqaro mustaqil izlanuvchi hisoblanadi.

– tayanch doktorant, doktorant va mustaqil izlanuvchilarni o‘qitish shakllari va muddatlari, ularni qabul qilish hamda faoliyatini tashkil etish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

IV. O‘quv-tarbiyaviy va ilmiy-uslubiy ishlar

4.1. Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutning quyidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ta’limning asosiy va qo‘shimcha ta’lim turlari asosida pedagogik kadrlarni tayyorlashni amalga oshirib, magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha oliy ta’limni amalga oshiradi.

  4.2. Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha:

  1. bakalavriat:
  2. 60110600 – Matematika va informatika
  3. 60110700 – Fizika va astranomiya, qo‘shimcha matematika
  4. 60112300 – Texnologik ta’lim
  5. 60110800 – Kimyo qo‘shimcha biologiya
  6. 60110900 – Biologiya qo‘shimcha Tabiiy fanlar
  7. 60111000 – Geografiya iqtisodiy bilim asoslari
  8. 60111100 – Tarix, qo‘shimcha davlat huquqi
  9. 60112100 – Milliy go‘ya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi
  10. 60112500 – Maktab menejmenti
  11. 60111200 – Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi
  12. 60210500 – Professional ta’lim: rangtasvir (faoliyat turlari bo‘yicha)
  13. 60210400 – Professional ta’lim: dezayn (faoliyat turlari bo‘yicha)
  14. 60111300 – Musiqa ta’limi
  15. 60211400 – Professional ta’lim: vokal san’ati (faoliyat turlari bo‘yicha)
  16. 60211500 – Professional ta’lim: cholg‘u ijrochiligi (faoliyat turlari bo‘yicha)
  17. 60110100 – Pedagogika va psixologiya
  18. 60111400 – O‘zbek tili va adabiyoti
  19. 60111800 – Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili
  20. 60110500 – Boshlang‘ich ta’lim
  21. 60110200 – Maktabgacha ta’lim
  22. 60111500 – Ona tili va adabiyoti: qoraqalpoq tili va adabiyoti
  23. 60111500 – Ona tili va adabiyoti: qozoq tili va adabiyoti
  24. 60111500 – Ona tili va adabiyoti: rus tili va adabiyoti
  25. 60111700 – Uzga tilli guruhlarda rus tili
  26. 60112200 – Jismoniy ma’daniyat
  27. 60910200 – Davolash ishi
  28. 60910300 – Pediatriya ishi
  29. 61010300 – Sport faoliyati (kurash)
  30. magistratura: o‘quv shakli uchun quyidagi ta’lim yo‘nalishlari mavjud:
  31. 70110601 – Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (Matematika)
  32. 70110701 – Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (Fizika va astranomiya)
  33. 70110801 – Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (Kimyo)
  34. 70110901 – Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (Biologiya)
  35. 70111101 – Ijtimoiy va gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi (Tarix)
  36. 70111201 – Tasviriy san’at va amaliy san’ati
  37. 70110101 – Pedagogika nazariyasi va tarixi (faoliyat turlari bo‘yicha)
  38. 70110602 – Ta’limda axborot texnologiyalari
  39. 70110103 – Ta’lim muassasalarini boshqaruv
  40. 70111301 – Musiqa ta’limi va san’at
  41. 70111401 – O‘zbek tili va adabiyoti
  42. 70111501 – Ona tili va adabiyoti: (rus tili va adabiyoti)
  43. 70111801 – Xorijiy til va adabiyoti: (ingliz tili va adabiyoti)
  44. 70110501 – Ta’lim tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim)
  45. 70110201 – Ta’lim tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim)
  46. 70540101 – Matematika yo‘nalishlari bo‘yicha
  47. 70530402 – Geografiya o‘rganish ob’yekti bo‘yicha
  48. 70112201 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi

d)Ishlab chiqarishdan ajralmagan holda (bakalavriat) o‘quv shakli uchun (kechki, sirtqi)  quyidagi yo‘nalishlari mavjud.

            Kechki:

  1. 60110100 – Pedagogika va psixologiya
  2. 60110200 – Maktabgacha ta’lim
  3. 60110400 – Defektologiya (faoliyat turlari bo‘yicha)
  4. 60110600 – Matematika va informatika
  5. 60110700 – Fizika va astranomiya, qo‘shimcha matematika
  6. 60110800 – Kimyo qo‘shimcha biologiya
  7. 60111700 – Uzga tilli guruhlarda rus tili
  8. 60111800 – Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili

            Sirtqi:

  1. 60110100 – Pedagogika va psixologiya
  2. 60110200 – Maktabgacha ta’lim
  3. 60110500 – Boshlang‘ich ta’lim
  4. 60110600 – Matematika va informatika
  5. 60110900 – Biologiya qo‘shimcha Tabiiy fanlar
  6. 60111000 – Geografiya iqtisodiy bilim asoslari
  7. 60111100 – Tarix, qo‘shimcha davlat huquqi
  8. 60111200 – Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi
  9. 60111300 – Musiqa ta’limi
  10. 60111400 – O‘zbek tili va adabiyoti
  11. 60112100 – Milliy go‘ya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi
  12. 60112300 – Texnologik ta’lim
  13. 60112200 – Jismoniy ma’daniyat
  14. 60920100 – Ijtimoiy ish (fuqarolarni o‘z-o‘zini boshqarish organlari)

– institutda kadrlar iste’molchilarning talablari asosida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyrug‘i bilan yangi yo‘nalish va mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlanishini tashkil etishi mumkin.

– institut ta’limning asosiy ta’lim dasturlarini ikki bosqichda amalga oshiradi: bakalavriat va magistratura.

– institutda, umumiy o‘rta (o‘n bir yillik ta’lim), o‘rta maxsus (to‘qqiz yillik tayanch o‘rta va ikki yillik o‘rta maxsus ta’lim), boshlang‘ich professional ta’lim (to‘qqiz yillik tayanch o‘rta va ikki yillik boshlang‘ich professional ta’lim) olgan shaxslar, shuningdek, “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘RQ-637-son Qonun kuchga kirguniga qadar o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi (to‘qqiz yillik umumiy o‘rta va uch yillik o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi) olgan shaxslar oliy ma’lumot oladi.

– bakalavriat oliy ta’lim yo‘nalishlaridan biri bo‘yicha chuqurlashtirilgan bilim, malaka va ko‘nikmalar beradigan, o‘qish davomiyligi kamida uch yil bo‘lgan tayanch oliy ta’limdir.

– bakalavr dasturini tugatgan bitiruvchilarga davlat attestatsiyasi yakunlari bo‘yicha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha «bakalavr» darajasi beriladi hamda davlat namunasidagi diplom topshiriladi.

– magistratura tegishli bakalavriat negizidagi aniq mutaxassislik bo‘yicha o‘qish davomiyligi kamida bir yil bo‘lgan oliy ta’limdir.

– magistratura mutaxassisliklarining va ularga muvofiq bo‘lgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining ro‘yxati ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organi tomonidan belgilanadi.

– magistr dasturini tugatgan bitiruvchilarga davlat attestatsiyasi yakunlari bo‘yicha tayyorlangan muayyan mutaxassislik bo‘yicha «magistr» darajasi beriladi va davlat namunasidagi diplom topshiriladi.

– bakalavr va magistrlik davlat namunasidagi diplom uning egalariga kasbiy faoliyat bilan shug‘ullanish yoki tanlangan ta’lim yo‘nalishiga va mutaxassisligiga muvofiq ta’lim muassasalarining navbatdagi bosqichlarida o‘qishni davom ettirish yoki egallagan mutaxassisligi bo‘yicha ishlash huquqini beradi.

– oliy ta’limning turli bosqichida asosiy ta’lim dasturlari bo‘yicha dastlabki ta’lim olish, ikkinchi oliy ta’lim olish sifatida qaralmaydi.

 4.3. Institutda ta’lim jarayonini tashkil etish, institut tomonidan ishlab chiqilgan va kasbiy standartlar asosida tasdiqlangan o‘quv rejalar, o‘quv dasturlari, malaka talablari, institut rektori (o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor) tomonidan tasdiqlanadigan yillik kalendar o‘quv jadvali hamda mashg‘ulotlar jadvali bilan tartibga solinadi.

Ta’lim jarayonini maqsadli yo‘naltirish yo‘li bilan tashkil etish, ya’ni ta’lim shakllari, uslub va vositalarni tanlash yo‘li bilan instituti talabalariga oliy ta’limning asosiy kasbiy ta’lim dasturlarini o‘zlashtirish uchun zaruriy sharoitlarini yaratib berilishi lozim.

4.4. Institutda o‘quv mashg‘ulotlarining quyidagi asosiy turlari belgilangan: ma’ruza, konsultatsiya, seminar, amaliy mashg‘ulot, laboratoriya ishi, yakka mashg‘ulot (amaliy ijrochilik bilan bog‘liq bo‘lgan san’at yo‘nalishlarida), nazorat ishi, kollokvium, mustaqil ish, amaliyot, kurs loyihasi (kurs ishi), bakalavrlik bitiruv malakaviy ishi hamda magistrlik dissertatsiyasi.

Auditoriya mashg‘ulotlarining barcha turlari uchun 80 daqiqalik (tanaffussiz qo‘shma ma’ruza) akademik soat belgilangan. O‘quv mashg‘ulotlari orasidagi tanaffus kamida 10 daqiqa bo’ladi.

Ta’lim va tarbiya olib boriladigan tillar: o‘zbek, rus va ingliz tillari hisoblanadi.

4.5. Institutda kadrlar tayyorlash ishlab chiqarishdan ajralgan va ajralmagan holda olib boriladi.

Institutning asosiy kasbiy ta’lim dasturi doirasida ta’lim olishning barcha shakllari uchun o‘rnatilgan tartibda ishlab chiqilgan va belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan davlat ta’lim standarti qo‘llaniladi.

4.6. Institutda o‘quv yili ikki semestrga bo‘linadi va uning har birida talabalarning o‘zlashtirishi kurslar kesimida 5 baholik (2020/2021 o‘quv yiliga qadar qabul qilingan talabalar uchun) va kredit-modul tizimi (2020/2021 o‘quv yilidan boshlab qabul qilingan talabalar uchun)da olib boriladi.

Fanlarni o‘zlashtirgan talabalarni kursdan kursga o‘tkazish fakultet dekanining tavsiyasiga binoan rektor buyrug‘i bilan amalga oshiriladi. Talabalarni kursdan kursga shartli o‘tkazish mumkin emas.

Institutning ta’lim dasturlarini o‘zlashtirish, Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi Nizom (ro‘yxat raqami 3069, 2018-yil 26-sentabr) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil  31-dekabrdagi 824-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risidagi Nizomiga muvofiq tartibga solinadi.

Institutda bitiruvchilarning yakuniy attestatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi to‘g‘risidagi Nizom (ro‘yxat raqami 1963, 2009-yil 5-iyun) qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.

 4.7. Institutda ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalari, ta’limni individuallashtirish va mustaqil ta’lim olish vositalarini, modul tizimi hamda masofaviy ta’lim berishni qo‘llash hisobiga mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishga yo‘naltirilgan ilmiy-uslubiy ishlar amalga oshiriladi.

4.8. Institutda oliy ta’limdan keyingi ta’lim doirasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan tasdiqlangan “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar mutaxassisliklari ro‘yxati”ga muvofiq ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, shuningdek, fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyalar tayyorlash va himoya qilish uchun oliy ta’lim muassasasiga doktorant va mustaqil izlanuvchilarni biriktirish ishlari amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-avgustdagi “Oliy ta’lim muasassalari rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi PF-5789-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-sentabrdagi “Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 797-son qaroriga muvofiq kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha kasbiy ta’lim dasturlari amalga oshiriladi.

 Institut huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida Attestatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tgan qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tinglovchilariga qat’iy hisobda turadigan davlat namunasidagi hujjat hisoblanadigan malaka attestati beriladi.

Institutda Kengash tomonidan tasdiqlangan mavzular, rejalar bo‘yicha bajariladigan ishlarning sifati hamda mehnat xavfsizligi ta’minlangan holda talabalar, magistrantlar, katta ilmiy xodim izlanuvchi va mustaqil izlanuvchilar keng jalb etilib, ilmiy-tadqiqot va ijodiy ishlar olib boriladi.

V. Institutining professor - o‘qituvchilari tarkibi, o‘quv-yordamchi va ma’muriy-xo‘jalik xodimlari (personali)

5.1. Institutda professor-o‘qituvchilar tarkibi, ilmiy xodimlar, muhandislik – texnika, ma’muriy – xo‘jalik, ishlab chiqarish, o‘quv – yordamchi va boshqa xizmatchilar lavozimlari mavjud.

Professor-o‘qituvchilar tarkibiga kafedra mudiri, professor, dotsent, katta o‘qituvchi, o‘qituvchi (assistent) va o‘qituvchi-stajor lavozimlari kiradi.

5.2. Professor-o‘qituvchilar tarkibidagi lavozimlarga ishga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-son qaroriga muvofiq tegishli kafedraning kengaytirilgan ochiq majlisida pedagog kadrlar va jamoatchilik kengashining a’zolari ishtirokida sinov darsi o‘tkazish natijalari bo‘yicha ushbu majlisning tavsiyasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-fevraldagi  20-son qarori bilan tasdiqlangan oliy talim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq tanlov asosida mehnat shartnomasi bo‘yicha amalga oshiriladi.

Institutning professor-o‘qituvchilar bilan mehnat shartnomasini tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish amaldagi mehnat qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.

5.3. Professor-o‘qituvchilar va ilmiy xodimlar quyidagi huquqlarga ega:

– belgilangan tartibda institut va fakultet Kengashlariga saylash va saylanish;

– institutning faoliyatiga taalluqli masalalarni muhokama qilishda ishtirok etish;

– institutning axborot-resurs markazi, o‘quv va ilmiy bo‘linmalarning xizmatlaridan, shuningdek, ijtimoiy-maishiy, tibbiy va boshqa bo‘limlar xizmatidan jamoa shartnomasiga muvofiq foydalanish;

 o‘qitishning uslub va vositalarini tanlash, o‘quv va ilmiy jarayonning yuqori sifatini ta’minlovchi ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirish;

– institut rahbariyatining buyruq va farmoyishlari yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda murojaat qilish;

– qonunchilikda belgilangan tartibda tanlovlarda qatnashish, lavozimlarni egallash;

– xorijiy hamkasblarning sohaga doir ilmiy va o‘quv-uslubiy adabiyotlari bilan tanishish va ular bilan fikr almashish;

– nazariy bilimlarini amaliy tajribasini, ilmiy tadqiqot olib borish uslubini, pedagogik mahoratini takomillashtirib borish;

– talabalarning ilmiy tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;

– ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, fundamental, amaliy va innovatsiya loyihalari, xorijiy ilmiy loyihalar hamda xo’jalik shartnomalarida ishtirok etish;

– darslik va o‘quv qo‘llanmalar tayyorlash, monografiya va ilmiy maqolalar yozish, ixtiro uchun patent, EHM uchun dasturiy mahsulotlarga guvohnomalar olish;

– tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, ilmiy- tadqiqot ishlarining muhokamasida ishtirok etish va ularning natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish, ilmiy ishlar natijalarini nashr etishga tavsiya berish;

– ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlashda qatnashish;

– xorijiy yetakchi olimlar, ilmiy markazlar va ta’lim muassasalari bilan xalqaro aloqalarni rivojlantirishda ishtirok etish;

– O‘zbekiston Respublikasining ta’lim sohasiga oid qonunchiligida belgilangan boshqa huquqlardan foydalanish.

5.4. Professor-o‘qituvchilar va ilmiy xodimlarning majburiyatlari quyidagilardan iborat:

– ta’lim to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari, mehnat va texnologiya intizomli, institut Ustavi, ichki mehnat-tartib qoidalari, Odob-axloq kodeksiga va korrupsiyaga qarshi kurashish dasturiga qat’iy rioya qilish;

– o‘zining xizmat vazifalarini vijdonan bajarish va o‘qituvchilik sha’niga dog‘ tushirmaslik;

– ish jarayonida muloqat qiladigan institut xodimlari, talabalari va boshqa shaxslar bilan xushmuomilada bo’lish;

– ish beruvchining qonuniy buyruq va farmoyishlarini bajarish, har yili tasdiqlanadigan shaxsiy reja asosida o‘quv-uslubiy, ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish, xususan:

– o‘quv yuklamalari hajmini, o‘quv-uslubiy, ilmiy, o‘quv-tashkiliy ishlarni tasdiqlangan shaxsiy reja asosida bajarish va ma’naviy-ma’rifiy ishlarda ishtirok etish;

– ilmiy-tadqiqot natijalari bo’yicha darslik, o‘quv qo‘llanma tayyorlash, o‘quv adabiyot, ilmiy maqolalar, monografiyalar yozish, ixtiro uchun patent, EHM uchun dasturiy mahsulotlarga guvohnomalar olish;

– ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlashda qatnashish, talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;

– tarbiyaviy ishlarni olib borish, talabalar bilan ma’naviy-ma’rifiy ishlarda bevosita ishtirok etish, shu jumladan, darsdan tashqari vaqtlarda o‘tkaziladigan tadbirlarda qatnashish;

– institut Kengashi tomonidan tasdiqlangan kafedrada bajariladigan ilmiy mavzular doirasidagi tadqiqotlarda ishtirok etish;

– o‘z malakasini uch yilda bir marta oshirish;

– mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalariga rioya qilish;

– institutning mol-mulkini avaylash, undan oqilona foydalanish;

– ish beruvchiga bevosita o‘zining aybi bilan yetkazilgan haqiqiy moddiy zararni qoplash;

– jamoatchilik ishlarida qatnashish;

– pedagogik va ilmiy jarayonning samaradorligini ta’minlash;

– zamonaviy globallashuv va demokratiya sharoitida ta’lim oluvchilarning tanlagan yo‘nalishi (mutaxassisligi) bo’yicha yuksak kasbiy tayyorgarligini, mehnatga bo‘lgan qobiliyatini shakllantirish;

– chet tili va axborot texnologiyalaridan savodxonligini oshirib borish asosida kamida bir yoki ikkita xorijiy tilni bilishi;

– ta’lim oluvchilarda mustaqil fikrlash, tashabbuskorlik, ijodiy qobiliyatni shakllantirish;

– “Ustoz-shogird” tizimida ishtirok etib, o‘ziga biriktirilgan shogirdlar bilan ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish;

– o‘zining odobi, madaniyati, ma’naviy saviyasi bilan o‘rnak bo‘lish;

– kiyinish madaniyatiga rioya etish;

– respublikada amalga oshirilayotgan islohotlar va jahonda ro‘y berayotgan yangiliklardan xabardor bo‘lish;

– institut, fakultet, kafedra tomonidan tashkil etiladigan madaniy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etish;

– o‘zi o‘qitadigan fan dasturini muntazam fan va texnika yutuqlari asosida boyitib borish;

– darslarni yuqori saviyada o‘tish;

– fan yo‘nalishiga tegishli yangi manbalarni topish va ular bilan talabalarni tanishtirib borish;

– har o‘quv yili boshlangunga qadar o‘zi o‘qitadigan fan(lar)ning ishchi o‘quv dasturi, kalendar rejasi va reyting nazoratlari jadvalini ishlab chiqish va kafedra majlisida tasdiqlatish;

– reyting tadbirlarini o‘z vaqtida o‘tkazish;

– talabalar bilimini xolisona baholash;

– yangi pedagogik texnologiyalarni darsj arayonida qollash;

– ilmiy salohiyat va pedagogik mahoratini oshirish;

– talabalar ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;

– o‘zining mutaxassisligi bo‘yicha ishlab chiqarish korxonasi va muassasalarda mavjud muammolar haqida ma’lumot va tasavvurlarga ega bo‘lishi hamda ishlab chiqarish jarayonida mavjud muammolarning yechimiga oid tadqiqot mavzusiga ega bo‘lish;

– olib borayorgan tadqiqot mavzusi asosida o‘z yoki hammualliflikdagi ishlanma va texnologiyalarga ega bo‘lishi;

– mutaxassisligi bo‘yicha tayanch oliy ta’lim muassasalari va ishlab chiqarish korxonalarida tegishli muddatlarda malaka oshirib borishi yoki stajirovkadan o‘tishi;

– oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarda faol qatnashish.

5.5. Institut professor-o‘qituvchilar tarkibini uch yilda kamida bir marotaba malakasini oshirish kafolatini ta’minlaydi.

5.6. Institutning ma’muriy-xo‘jalik, muhandislik-texnika, o‘quv- yordamchi va boshqa xodimlarining huquq va majburiyatlari institutning Ichki tartib qoidalari, Odob-axloq kodeksi, korrupsiyaga qarshi kurashish dasturi va lavozim yo‘riqnomalari bilan belgilanadi.

VI. Institutning tarkibi

6.1. Institut tarkibiga quyidagilar kiradi.

a) Fakultetlar:

  1. O‘zbek tili va adabiyoti
  2. Tabiiy fanlar
  3. Tarix
  4. Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim
  5. Jismoniy madaniyat
  6. San’atshunoslik
  7. Matematika informatika
  8. Fizika va texnologik ta’lim
  9. Ingliz tili va adabiyoti
  10. Chet tillar
  11. Tibbiyot

b) Kafedralar:

  1. O‘zbek tili va adabiyoti
  2. O‘zbek tilshunosligi
  3. Boshlang‘ich ta’lim
  4. Maktabgcha ta’lim
  5. Umumiy pedagogika va psixologiya
  6. Matematika
  7. Informatika
  8. Ingliz tili va adabiyoti
  9. Ingliz tili amaliy kursi
  10. Kimyo
  11. Biologiya
  12. Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari
  13. Jismoniy madaniyat
  14. Sport turlarini o‘qitish metodikasi
  15. Fizika va astranomiya
  16. Texnologik ta’lim
  17. Umumiy tibbiy fanlar
  18. Tarix
  19. Milliy go‘ya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi
  20. Ijtimoiy fanlar
  21. Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi
  22. Musiqiy ta’lim
  23. Pedagogika psixologiya
  24. Rus tili va adabiyoti
  25. Qozoq tili va adabiyoti
  26. Fakultetlararo chet tillar

d) boshqarma, markaz va bo‘limlar:

  1. Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi
  2. Psixolog
  3. Talabalarni turar joy bilan ta’mnlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi bo‘lim
  4. Talabalar turar joyi
  5. O‘quv uslubiy boshqarma
  6. Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi
  7. Axborot resurs markazi
  8. Sirtqi (maxsus sirtqi) bo‘lim
  9. Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi
  10. Magistratura bo‘limi
  11. 11.Xalqaro hamkorlik bo‘limi
  12. Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini ashkil etish bo‘limi
  13. Tahririy-nashriyot bo‘limi
  14. ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi
  15. Reja-moliya bo‘limi
  16. Buxgalteriya
  17. Bosh muhandis
  18. Texnik foydalanish va xo‘jalik bo‘limi
  19. Fuqaro va mehnat muhofazasi bo‘limi
  20. O‘qitishning texnik vositalari bo‘limi
  21. Matbuot kotibi
  22. Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi
  23. Xodimlar bo‘limi
  24. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi
  25. Korrupsiyga qarshi kurashish “Kopmlaens-nazorat”tizimini boshqarish bo‘limi
  26. Bosh auditor
  27. Devonxona va arxiv
  28. Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi
  29. 1 va 2 bo‘lim
  30. yuriskonsult
  31. Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi
  32. NavDPIning Tomdi tumanidagi “Til o‘rgatish markazi”
  33.  Institut huzurida yuridik shaxs hisoblangan 1 ta akademik litsey hamda 1 ta texnikum faoliyat yuritadi.

Navoiy davlat pedagogika institut huzuridagi akademik litsey yuridk shaxs maqomiga ega davlat ta’lim muassasasi bo‘lib, o‘z mustaqil balansiga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining g‘aznachiligidagi shaxsiy g‘azna hisob varaqalariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tushurilgan va o‘z nomi Davlat tilida yoziladigan muhrga ega.

Mazkur litseyda quyidagi yo‘nalishlar mavjud:

  1. 3910001 – Aniq fanlar-1 (Texnika)
  2. 3910002 – Aniq fanlar-2 (Iqtisod)
  3. 3920001 – Tabiiy fanlar-1 (Biologiya)
  4. 3930002 – Ijtimoiy gumanitar fanlar-2
  5. 3930001 – Xorijiy tillar-2 (Ingliz tili)

Akademik litsey samarali faoliyat ko‘rsatishi, litseydagi o‘qitish sifatini ta’minlash hamda uning moddiy-texnik bazasi va yuqori malakali o‘qituvchilar tarkibi bilan ta’minlanganligi, ta’lim-tarbiya jarayoni ustidan nazorat qilinishi bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga ko‘rsatgishlarini to‘liq ta’minlash uchun Akademik litseyi direktori hamda ijrochi direktorlariga yuklatilgan.

VII. Institutni boshqarish

7.1. Institutga ushbu Ustavda nazarda tutilgan faoliyatni amalga oshirish maqsadida operativ boshqarish huquqi bilan davlat (ta’sischi) tomonidan binolar, inshootlar, mulkiy majmualar, institutning pasportiga muvofiq asbob-uskunalar, shuningdek iste’mol, ijtimoiy, madaniy va boshqa maqsadlar uchun zarur bo‘lgan mulklar biriktirilgan.
Institut O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan amalga oshiriladigan davlat tasarrufidan chiqariladigan va xususiylashtiriladigan ob’yektlar qatoriga kiritilgan.
Institutga ajratilgan yer uchastkalari muddatsiz tekin foydalanish uchun biriktirilgan.
7.2. Institut jismoniy va yuridik shaxslardan sovg‘a, hadya, xomiylik yoki vasiyat bo‘yicha berilgan pul mablag‘lari, mol-mulk va boshka mulkiy ob’yektlarga, institut faoliyatining samarasi hisoblangan intellektual va ijodiy mahsulotlarga, shuningdek o‘z faoliyati orqali oladigan daromadlar va bu daromadlar hisobidan sotib olinadigan mulkiy ob’yektlarga egalik qiladi.
7.3. Institut mol-mulkni ijaraga oluvchi va mol-mulkni ijaraga beruvchi sifatida faoliyat ko‘rsatish huquqiga ega. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, Ijara to‘g‘risidagi qonun va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan “Davlat mulkini ijaraga berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq o‘ziga biriktirilgan ijaraga berilishi qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan binolar, inshootlar va ularning qismlari, asbob-uskunalar, transport vositalari shaklidagi davlat mulki va boshqa mol-mulklari Kengashning roziligi bilan tasarruf etish huquqisiz, belgilangan narxlar bo‘yicha ijaraga berishni amalga oshiradi.
Ijara haqi sifatida olingan mablag‘lar ta’lim jarayonini ta’minlash va uni rivojlantirish uchun foydalaniladi.
7.4. Institutning ta’lim faoliyatini moliyaviy ta’minlash davlat grantlari asosida mutaxassislar tayyorlash uchun ajratilgan byudjet mablag‘lari, davlat tomonidan belgilangan normativlardan kelib chiqqan holda qayta tayyorlash va xodimlarning malakasini oshirish hisobiga ajratilgan mablag‘lar, shuningdek byudjetdan tashqari mablag‘lar, jumladan, talabalar va tinglovchilarni o‘qitish uchun belgilangan tartibda olingan to‘lov-shartnoma asosidagi mablag‘lar va tadbirkorlik tushumlari hisobidan amalga oshiriladi.
7.5. Institut asosiy faoliyatiga zarar yetmaydigan tartibda ta’lim hamda boshqa sohalarda pullik ta’lim va servis xizmatlarini amalga oshirishi mumkin. Institut shug‘ullanadigan tadbirkorlik faoliyati uning Ustavida belgilangan vazifalarga mos kelishi kerak.
Institut o‘z mulki bilan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar, jamiyatlar va shirkatlarning ustav jamg‘armasida qatnashish, pullik ta’lim xizmatlari, maslahatlar va boshqa xizmatlar uchun narxlarni belgilash, soliq va konunchilikda nazarda tutilgan boshqa majburiy to‘lovlardan so‘ng qolgan daromadni mustaqil tasarruf etish huquqiga ega.
Institut pullik ta’lim xizmatlari ko‘rsatishni byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar hisobidagi ta’lim faoliyati doirasida va uning o‘rniga amalga oshirishi mumkin emas.
Institut O‘zbekiston Respublikasi konunchiligiga hamda mazkur Ustavga zid bo‘lmagan shartnomalarni tuzish, majburiyatlar va boshqa shartlarni belgilash bo‘yicha masalalarni mustaqil hal qiladi.
7.6. Institutda lavozim maoshlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 24 iyuldagi “Respublika oliy talim muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish va uni moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-926-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 1 avgustdagi “Respublika oliy ta’lim muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish va uni moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 164-sonli qarori va mehnatga haq to‘lashning yagona tarif setkasiga muvofiq belgilanadi. Institut xodimiga lavozim maoshi (stavka) o‘z funksional vazifalarini hamda mehnat shartnomasida nazarda tutilgan ishlarni bajarganligi uchun to‘lanadi. Qo‘shimcha maosh, ustama va boshqa moddiy rag‘batlantirish tadbirlarining hajmini institut mustaqil, moddiy rag‘batlantirish fondi doirasida konunchilikda belgilangan tartibda va hajmda amalga oshiradi.
Belgilangan mehnat haqi maxsus ishchi guruh xulosasiga ko‘ra faqat uni oshirish maqsadida qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
7.7. Institutda tashkil etilgan jamoat tashkilotlariga faoliyat ko‘rsatishlari uchun zarur bo‘lgan xonalar ajratiladi.
Institut qoshida tibbiy yordam uchun, shuningdek, o‘rnatilgan tartibda tashkil etilgan umumiy ovqatlanish tuzilmasiga (oshxona, bufet) isitish, yoritish va suv ta’minoti bilan taminlangan xonalar ajratiladi.
Institutning tegishli binolarini ta’mirlash, rekonstruksiya qilish yoki yangilarini qurish, ularning moliyaviy ta’minoti qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

VIII. Jamoat tashkilotlari

8.1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PQ-3775-son qaroriga muvofiq institutda samarali jamoatchilik nazoratini joriy etish maqsadida talabalar, ota-onalar, Yoshlar ittifoqining institutdagi faollari, kadrlar buyurtmachilari, professor-o‘qituvchilar hamda fuqarolik jamiyati instituti vakillaridan iborat tarkibda Jamoatchilik kengashi tashkil etiladi.

8.2 Jamoatchilik kengashlarining asosiy vazifalari:

– ta’lim sifati, professor-o‘qituvchilarning bilimi va pedagogik mahorati, talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar ustidan tizimli ravishda monitoring o‘rnatish;

– institutga professor-o‘qituvchilar tarkibiga ishga qabul qilinayotgan nomzodlar bo‘yicha tavsiyalar berish;

– talabalarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, ularning pedagog kadrlar haqidagi fikrini to‘liq o‘rganish maqsadida ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish;

– institutdagi ta’lim jarayonini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash va institutning tegishli kengashi muhokamasiga kiritish.

 8.3.Institutda kasaba uyushmasi va boshqa jamoatchilik tashkilotlari faoliyat ko‘rsatadi.

8.4. Professor-o‘qituvchilar va xodimlarning mehnat huquqi va manfaatlarini himoya qilish maqsadida kasaba uyushmasi markaziy kengashi hamda ularning institutda saylangan vakili amaldagi qonunchilik asosida o‘z ish faoliyatini olib boradi.

IX.Moliya-xo‘jalik faoliyati va moddiy-texnik bazasi

9.1. Institutga ushbu Ustavda nazarda tutilgan faoliyatni amalga oshirish maqsadida operativ boshqarish huquqi bilan davlat (ta’sischi) tomonidan binolar, inshootlar, mulkiy majmualar, institutning pasportiga muvofiq asbob-uskunalar, shuningdek, iste’mol, ijtimoiy, madaniy va boshqa maqsadlar uchun zarur bo‘lgan mulklar biriktirilgan.

Institut O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan davlat tasarrufidan chiqariladigan va xususiylashtiriladigan obyektlar qatoriga kiritilgan. institutga ajratilgan yer uchastkalari unga operativ boshqarish (ijara, tekin foydalanish) huquqi asosida biriktirilgan.

9.2 Quyidagilar institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi: O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari;

– O‘zbekiston Respublikasi va chet el fuqarolarining to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushadigan (xorijiy valyuta) mablag‘lari;

– byudjetdan tashqari rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari;

– davlat ilmiy-texnikaviy dasturlari doirasida o‘tkaziladigan grant tanlovlari natijalari bo‘yicha fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar uchun ajratiladigan mablag‘lar;

– xo‘jalik faoliyati va shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan tushumlar;

– xalqaro moliya tashkilotlarining grantlari;

– jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari va maqsadli badallari;

– institut faoliyatida amalga oshirilgan ilmiy, o‘quv va boshqa innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish, shuningdek, institut mol-mulkini ijaraga berishdan tushgan mablag‘lar;

– qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.

9.3. Institutning ta’lim faoliyatini moliyaviy ta’minlash davlat grantlari asosida mutaxassislar tayyorlash uchun ajratilgan byudjet mablag‘lari, davlat tomonidan belgilangan normativlardan kelib chiqqan holda qayta tayyorlash va xodimlarning malakasini oshirish hisobiga ajratilgan mablag‘lar, shuningdek, byudjetdan tashqari mablag‘lar, jumladan, talabalar va tinglovchilarni o‘qitish uchun belgilangan tartibda olingan to‘lov-shartnoma asosidagi mablag‘lar va tadbirkorlik tushumlari hisobidan amalga oshiriladi.

9.4. Institut asosiy faoliyatiga zarar yetmaydigan tartibda ta’lim hamda boshqa sohalarda pullik ta’lim va servis xizmatlarini amalga oshirishi mumkin. Institut shug‘ullanadigan tadbirkorlik faoliyati uning Ustavida belgilangan vazifalarga mos kelishi kerak.

Institut o‘z mulki bilan xo‘jalik yurituvchi subyektlar, jamiyatlar va shirkatlarning ustav jamg‘armasida qatnashish, pullik ta’lim xizmatlari, konsultatsiyalar va boshqa xizmatlar uchun narxlarni belgilash, soliq va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa majburiy to‘lovlardan so‘ng qolgan daromadni mustaqil tasarruf etish huquqiga ega.

Institut pullik ta’lim xizmatlari ko‘rsatishni byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar hisobidagi ta’lim faoliyati doirasida va uning o‘rniga amalga oshirishi mumkin emas.

Institut O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga hamda mazkur Ustavga zid bo‘lmagan shartnomalarni tuzish, majburiyatlar va boshqa shartlami belgilash bo‘yicha masalalarni mustaqil hal qiladi.

9.5. Institutda lavozim maoshlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 24-iyuldagi “Respublika oliy talim muassasalari xodimlari mehnatiga haq to’lash tizimini takomillashtirish va uni moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-926-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 1-avgustdagi “Respublika oliy ta’lim muassasalari xodimlari mehnatiga haq to’lash tizimini takomillashtirish va uni moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 164-son qarori va Mehnatga haq to‘lashning yagona tarif setkasiga muvofiq belgilanadi. Institut xodimiga lavozim maoshi (stavka) o‘z funksional vazifalarini hamda mehnat shartnomasida nazarda tutilgan ishlarni bajarganligi uchun to‘lanadi.

Qo‘shimcha maosh, ustama va boshqa moddiy rag‘batlantirish tadbirlarining hajmini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 27-avgustdagi “Respublika oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari va boshqa toifadagi xodimlarni byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 517-son qaroriga muvofiq institut mustaqil, moddiy rag‘batlantirish fondi doirasida amalga oshiradi.

Institutning moddiy rag‘batlantirish fondidan foydalanish “Byudjet muassassalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish maxsus fondi to‘g‘risida”gi (ro‘yxat raqami 177, 1995-yil 20-sentabr) Nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

9.6. Institutda tashkil etilgan jamoat tashkilotlariga faoliyat ko‘rsatishlari uchun zarur bo‘lgan xonalar ajratiladi.

Institut qoshidagi tibbiyot xonasiga, shuningdek, o‘rnatilgan tartibda tashkil etilgan umumiy ovqatlanish tuzilmasiga (oshxona, bufet) isitish, yoritish va suv ta’minoti bilan taminlangan xonalar ajratiladi.

Institutning tegishli binolarini ta’mirlash, rekonstruksiya qilish yoki yangilarini qurish, ularning moliyaviy ta’minoti qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

X. Xalqaro hamkorlik

10.1. Institut O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-son qarori va 2019-yil
8-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847-son Farmoni hamda mazkur Ustavga muvofiq, xorijiy mamlakatlarning ta’lim va ilmiy markazlari, xalqaro jamg‘armalar va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini o‘rnatish huquqiga ega.

10.2. Institutda chet el fuqarolarini o‘qitish, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shuningdek, oliy ta’lim muassasasi ilmiy-pedagogik xodimlarining xorijiy mamlakatlarda pedagogik va ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish O‘zbekiston Respublikasining vakolatli davlat organlari va xorijiy davlatlarning ta’limini boshqarish bo’yicha tegishli organlari o‘rtasida tuzilgan shartnomalar, shuningdek, institutning xorijiy davlatlarning ta’lim va ilmiy markazlari, xalqaro jamg‘armalar va boshqa tashkilotlar bilan qonunchilikka muvofiq belgilangan tartibda tuzilgan shartnomalari (bitim, memorandumlari), chet el fuqarolari va xorijiy yuridik shaxslar bilan bevosita tuzilgan shartnomalari asosida amalga oshiriladi.

10.3. Xalqaro faoliyatni amalga oshirishda institut quyidagi huquqlarga ega:

– Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda ta’lim sohasidagi xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlariga a’zo bo‘lish;

– xorijiy davlatlarning ta’lim va ilmiy markazlari, tashkilotlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik qilish yuzasidan shartnomalar (bitim, memorandumlar) tuzish;

– xorijiy oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlaridan yuqori malakali professor-o‘qituvchilar va olimlarni dars mashg‘ulotlariga, hamkorlikda o‘quv adabiyotlari va ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirishga jalb etish;

– xorijiy hamkorlik ishtirokida institut tarkibiy bo‘limlari (qo‘shma fakultetlar, qo‘shma ta’lim dasturlari, markazlar va boshqa bo‘linmalar)ni qonunchilikda ko‘zda tutilgan tartibda tashkil etish;

– institut professor-o‘qituvchilari, xodimlari, doktorantlarini xorijiy mamlakatlarga malaka oshirish va stajirovkaga yuborish, falsafa doktori (PhD) va magistratura dasturlari bo‘yicha ta’lim olishlarini ta’minlash;

– institut talabalarini xorijiy mamlakatlarga stajirovka, amaliyot o‘tash, konferensiya va tanlovlarga yuborishni ta’minlash;

– institut va xorijiy oliy o‘quv yurtlari talabalari, tayanch doktorantlari va doktorantlar, professor-o‘qituvchilar va ilmiy xodimlari bilan ikki tomonlama o‘zaro almashinuv dasturlarini tashkil etish;

– xorijiy fuqarolarni belgilangan tartibda institutga o‘qishga qabul qilish va ularning o‘qishlari uchun shart-sharoitlar yaratish.

– institut qonunchilikda belgilangan tartibda xorijiy mamlakatlarning institut va tashkilotlari bilan boshqa yo‘nalishlarda ham o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini o‘rnatish huquqiga ega.

10.4. Institut professor-o‘qituvchilari va xodimlari hamda talabalarining chet el xizmat safarlari amaldagi qonunchilik hujjatlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining tegishli idoraviy normativ- huquqiy hujjatlari asosida amalga oshiriladi.

10.5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847-son Farmonining 5-bandiga muvofiq, ta’lim sifatini yaxshilash borasidagi ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish va amaliyotga tadbiq etish jarayonlarini jadallashtirish maqsadida institut rektor va prorektorlarining xorijiy mamlakatlarga xizmat safariga chiqishini Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligini xabardor qilgan holda amalga oshiriladi. Bunda institut rahbar xodimlari tomonidan xorijiy mamlakatga xizmat safari oldidan asosiy ma’lumotlar, jumladan mamlakat nomi, tashrif maqsadi va rejasi, safar natijalari yuzasidan esa institut kengashiga amalga oshirilgan ishlar va xarajatlar to‘g‘risida taqdim etilgan hisobot institut veb-saytiga joylashtiriladi.

10.6. Xorijiy safarlarga yuborilgan rahbar xodimlar, professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar va talabalar (bakalavr va magistr) bajarish lozim bo‘lgan reja ishlarini bajarmagan va o‘z xatti-harakatlari bilan institut sha’niga putur yetkazgan hollarda ularga nisbatan qonunchilik asosida tegishli choralar ko‘riladi.

Institut tashqi iqtisodiy faoliyatidan tushgan valyuta, moddiy tushumlar qonunchilikka binoan mazkur Ustavda belgilangan institut faoliyatini moddiy ta’minlash uchun ishlatiladi.

XI. Yakuniy qoidalar

11.1. Institut O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida belgilangan tartibda quyidagilarga javob beradi:

– ta’lim jarayonida o‘quv reja va jadvallarga muvofiq ta’lim dasturlari hajmini tadqiqot bajarmaganligi;

– ta’lim jarayoni vaqtida institutda ta’lim oluvchilar va xodimlarning hayoti va sog‘lig‘i;

– ta’lim oluvchilar va xodimlarning huquq va erkinliklarining buzilganligi;

– amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vazifalarni bajarmaganligi.

11.2. Institut O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq qayta tashkil qilinishi yoki tugatilishi mumkin.

11.3. Ushbu Ustav 2022-yil 31 maydagi institut Kengashi yigilishining 10-sonli yig`ilishida ma’qullandi.

11.4. Ustav O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlanib, o‘rnatilgan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘kazilgandan so‘ng kuchga kiradi.

11.5. Institut Ustaviga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining buyrug‘i bilan amalga oshiriladi.