loader image
All for Joomla All for Webmasters
uzMasofaviy ta'lim Ro`yxatdan o`tish | Diqqat!!! Sayt test rejimida ishlamoqda!
uzMasofaviy ta'lim Ro`yxatdan o`tish | Diqqat!!! Sayt test rejimida ishlamoqda!
info@nspi.uz
E-mail
+998 79 225-19-30
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-30
Faks
Rektor qabulxonasi

“VATAN OZODLIGI YO`LIDA SHAHID KETGANLAR XOTIRASI MANGU BARHAYOT”

  31-avgust “Qatag`on qurbonlarini yod etish kuni” munosabati bilan tashkil qilinayotgan  “Vatan ozodligi yo`lida shahid ketganlar xotirasi mangu bahhaot” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir

 

TAKLIFNOMASI VA DASTURI

Buyuk ajdodlarimizning muqaddas xotirasi va

jasorati oldida bosh egamiz

Shavkat Mirziyoyev

Hurmatli ____ ____ ____ __________________ !

         Sizni 2020 yil 29 avgust kuni soat _10.00__ da Navoiy davlat pedagogika instituti tuzilmasidagi “Qatag`on qurbonlari xotirasi” muzeyida 31-avgust “Qatag`on qurbonlarini yod etish kuni” munosabati bilan tashkil qilinayotgan “Vatan ozodligi yo`lida shahid ketganlar xotirasi mangu bahhaot” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirga taklif etamiz.

Manzil: NavDPI Tarix fakulteti binosi (mo`ljal 14-magazin)

TADBIR DASTURI

1.Kirish va tabrik so`zi

B.B.Sobirov – Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, t.f.d., professor

2.Tabrik so`zi

R.M.Qarshiyev – Tarix fakulteti dekani, t.f.n., dotsent

3.Tabrik so`zi

N.Murodova – magistratura bo`limi boshlig`i, i.f.d., professor

4.Muzeyning yaratilish tarixi va uning ilmiy-ma’rifiy ahamiyati

X.R.Qurbonov – muzey direktori, t.f.n.

5.Mulohazalar

Mehmonlar va tashrifchilar

6.Muzey ekspozitsiyasiga sayohat

MUZEY EKSPOZITSIYASI – QISQA SATRLARDA

 Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 2017 yil 31 avgust kuni “Qatag`on qurbonlari xotirasi” muzeyiga tashriflari chog`ida: “Bu muzey – muzeylarning muzeyi… Bu kabi muzeylar har bir viloyat markazida, hududlardagi oliy ta’lim muassasalarida qoshida bo`lishi lozim”, degan topshiriqlari ijrosi o`laroq, El-yurtimiz ozodligi, erkinligi va mustaqilligi uchun olib borilgan ko`p yillik mashaqqatli kurashlarni haqqoniy va to`laqonli aks ettirish, mustabid tuzum davridagi ommaviy qatag`onlar tufayli qurbon bo`lgan, insoniylik sha’ni, qadr-qimmati toptalgan vatandoshlarimizning xotirasini abadiylashtirish, yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, istiqlol g`oyalariga sadoqat tuyg`ularini kuchaytirish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 noyabrdagi “O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag`on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi va hududlardagi oliy ta’lim muassasalari tuzilmasida Qatag`on qurbonlari xotirasi muzeylarini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 936-sonli qarori asosida Navoiy viloyatida Navoiy davlat pedagogika instituti tuzilmasida Qatag`on qurbonlari xotirasi muzeyi tashkil qilindi.

 XIX asrning ikkinchi yarmida Turkiston hududida o`lkaning qulay geografik joylashuvi, tabiiy iqlimi, ulkan iqtisodiy salohiyati, moddiy va ma’naviy boyliklariga egalik qilishni ko`zlagan chor Rossiyasi o`z mustamlakachilik rejalarini harbiy yo`l bilan amalga oshirdi. Imperiya hukumati o`z rejalarini zudlik bilan amalga oshirib,o`lkani xomashyo manbai va tayyor mahsulotlar bozoriga aylantirdi. Xalqimizning moddiy va ma’naviy boyliklari talon-taroj qilindi, milliy qadriyatlari, diniy e’tiqod va madaniyati tahqirlandi. Turkiston o`lkasi XIX asr oxiri – XX asr boshlarida mustamlakachilik siyosati oqibatida siyosiy, madaniy , iqtisodiy tanazzulga yo`l tutdi. O`lkaning ilg`or ziyolilari chor Rossiyasi istibdodidan qutilish, milliy uyg`onish, nafaqat iqtisodiy, balki madaniy taraqqiyot sari yo`l ochish, xalqqa ziyo tarqatish maqsadida ma’rifatparlik harakatiga asos soldilar. Ammo bu harakatlar mustamlakachi hukumat tomonidan qattiq ta’ziyqqa uchradi.

 1918-yilning 19-fevralida Qo`qon shahrida faoliyat ko`rsatayotgan Turkiston Muxtoriyati bolsheviklar hukumati va qizil qo`shinning qonli hujumlari natijasida tugatildi.Qo`qon va uning aholisi qirg`in qilindi. Faqat Qo`qonning o`zida uch kun davomida tinch aholiga 10 ming kishi o`ldirildi, ularning uylari qizil askarlar tomonidan talon-toroj etildi, aholining katta miqdordagi mol-mulki poyezdga ortib olib ketildi. Bolsheviklar bunday tajovuzkorona hatti harakatlari bilan ommaviy qatag`on siyosatini boshlab yubordi. XX asrning 30-yillarida sovet-partiya rahbarlari o`lkada majburiy kollektivlashtirish, u bilan parallel ravishda quloqlashtirish, buning dazosi sifatida surgun siyosatlarini amalga oshirdilar. Buning oqibatida xalqimiz nafaqat siyosiy, balki beqiyos iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy zarar ko`rib, tug`lili o`sgan joyi, oilasi, mol-mulkidan ayrildilar.

 1937-1938 yillar sovet davlatining tarixida mudhish jabr-zulim va og`ir musibatlar davri, “Katta qirg`in” davri sifatida muxrlanib qolgan. Stalin siyosati ayni shu yillarda o`zining g`ayriinsoniy va g`ayridemokratik mohiyatini yanada yaqqol namoyon etdi. Butunrossiya Favqulodda Komissiyasining (VCHK) 1917-1939 yillardagi faoliyati davrida O`zbekistonda 450 ming kishi ustidan “jinoiy ish” qo`zg`atildi. Mash’um 1937-1953 yillarda sodir etilgan bedodlikni tasavvur etish uchun O`zbekiston bo`yicha 100 mingdan ziyod kishi qatag`onga uchrab, 13 ming nafari otib tashlanganini eslash kifoya. Xalqimiz sovetlar davrida sobiq Markaz tomonidan o`ylab chiqarilgan “paxta ishi”, “o`zbeklar ishi”, “rashidovchilik” degan tuhmat va malomatlarga duch kelganini va bularning barchasi oddiy, begunoh odamlar yelkasiga og`ir yuk bo`lib tushganini bugun ham iztirob bilan eslaymiz. 

 1991 yil 31 avgustda O`zbekiston o`z davlat mustaqilligini qo`lga kiritishi bilan mamalakatimizda tarixiy haqiqat va adolatni tiklash, ijtimoiy-siyosiy hayotda sovet mafkurasi va uning g`oyaviy qoliplaridan xalos bo`lish, boy tariximizni haqqoniy va xolisona yoritish imkoniyati tug`ildi. Mustaqillik tufayli sovet davrida nomlari qoralangan buyuk davlat arboblari, sarkardalar, ulug` alolomalar ma’naviy merosimizning boshqa ulkan namoyondolarining xotirasi tiklandi, Vatan va xvlq ozodligi yo`lida shahid ketgan vatandoshlarimizning tarixda tutgan o`rniga munosib baho berildi, yurtimizdagi dunyoga tengi yo`q tarixiy yodgorliklar va obidalar, tabarruk ziyoratgohlar qayta tiklanib, ta’mirlandi, har tomonlama obod qilindi, “Shahidlar xotrasi” xayriya jamg`armasi ta’sis etildi, “Shahidlar xotirasi yodgorligi” majmuasi bunyod qilindi va u xalqimizning muqaddas ziyoratgohiga aylandi, “Qatag`on qurbonlari xotirasi” muzeylari har bir viloyatda bunyod qilindi va u xalqimizning muqaddas ziyoratgohiga aylandi, “Qatag`on qurbonlari xotirasi”kunini nishonlash joriy etildi.Bularning barchasi xalqimizga o`z tarixini, ma’naviy merosini qaytarishda, yurtdoshlarimizning milliy o`zligini anglab yetishda muhim tarixiy ahamiyatga ega bo`ldi.