loader image
All for Joomla All for Webmasters
uzMasofaviy ta'lim Ro`yxatdan o`tish | Diqqat!!! Sayt test rejimida ishlamoqda!
uzMasofaviy ta'lim Ro`yxatdan o`tish | Diqqat!!! Sayt test rejimida ishlamoqda!
info@nspi.uz
E-mail
+998 79 225-19-30
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-30
Faks
Rektor qabulxonasi

“Hisoblash modellari va texnologiyalari” mavzusida xalqaro onlayn konferensiya

  O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi tizimidagi respublikamizning 4 ta oliy ta’lim muassasalari: O`zbekiston Milliy universiteti, O`zR FA Romanovskiy nomidagi Matematika instituti, Navoiy davlat pedagogika instituti, TATU Samarqand filiali hamda Malayziya davlatining MARA Texnologiyalar universiteti hamkorligida tashkil etilgan “Hisoblash modellari va texnologiyalari” mavzusidagi xalqaro onlayn konferensiya o`tkazildi.Davlatlararo o`zaro hamkorlikni ilm ahli tomonidan yanada mustahkamlanishi ham alohida tahsinga loyiqdir. Bugungi xalqaro onlayn konferensiya ishida 400 dan ortiq ilmiy maqolalar bilan 20 ga yaqin xorijiy davlatlardan yetakchi olimlar ham ishtirok etishmoqda. Jumladan, Malayziya, Indoneziya, Xitoy, Saudiya Arabistoni, Iroq, Jazoir, Rossiya, Qozog`iston kabi mamlakatlardan matematika sohasidagi dunyoning yetuk olimlari hisoblash modellari va texnologiyalari  bo`yicha ilmiy munozaralar olib borishmoqdalar.Ilm-fan fidoyilari ilmiy-tadqiqot ishlarida o`rtaga tashlangan muammolarni ilmiy nazariy va amaliy hal qilinishi taraqqiyotning yanada rivojlanib borishga imkoniyat yaratadi. Bu esa o`z o`rnida ta’lim mazmunini yangilaydi va uning mohiyatini takomillashtiradi.

  Ushbu konferensiya hamkorlaridan biri bo`lgan Navoiy davlat pedagogika institutida ham ilmiy – tadqiqot  sohasida hamkorlik aloqalarni yaxshilash uchun amaliy tajriba buldi.Ilmiy tadqiqotlar  va tadqiqotchilarning xalqaro aloqalar va hamkorlikdagi ishtiroki zamonaviy ilm – fan yutuqlarini egallash va tajriba almashishda ham qo`l kelmoqda.Amalga oshirayotgan ushbu hamkorlikdagi konferensiya oliy ta’lim muassasalari, shu bilan bir qatorda ikki xalq o`rtasida, qolaversa O`zbekiston va Malayziya davlati ta’lim muassasalari o`rtasida ilmiy – tadqiqot bo`yicha xalqaro aloqalarni yo`lga qo`yishga zamin yaratadi. Odatdagi anjumanlardagidek ilm sohasida erishilgan yutuqlardan birgalikda natijalarni muhokama qilindib fikr almashinildi. Mana shunday bahs munozaralarda ilmiy haqiqat yuzaga keladi va fan rivojlanadi. Fan sohasidagi yutuqlar  u yoki bu mamlakatning yutug`i emas balki insoniyatning yutug`idir. Bu yutuqlar insoniyatning ezgu niyatlari uchun xizmat qiladi.