loader image
All for Joomla All for Webmasters
uzMasofaviy ta'lim Ro`yxatdan o`tish | Diqqat!!! Sayt test rejimida ishlamoqda!
uzMasofaviy ta'lim Ro`yxatdan o`tish | Diqqat!!! Sayt test rejimida ishlamoqda!
info@nspi.uz
E-mail
+998 79 225-19-30
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-30
Faks
Rektor qabulxonasi

Abituriyentlarga rektor murojaati

 Assalomu alaykum Hurmatli abituriyentlar va ularning ota-onalari !

 Qadrli abituriyent, bo`lajak shogirdlar!

Avvalo, Sizga mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari orasidan bizning Navoiy davlat pedagogika institutini  tanlaganingiz uchun o`z minnatdorchiligimni bildiraman.

Bizning jamoa o`z oldiga zamonaviy bilimlarni egallab, sohaning yetuk mutaxassisi bo`lishni hamda jonajon Vatanimiz ravnaqiga hissa qo`shishni niyat qilgan intiluvchan yoshlarga o`z maqsadlariga yetishishida ularni har tomonlama qo`llab-quvvatlaydi va bor imkoniyatlarini safarbar etadi.

  2020-2021 o`quv yilida Navoiy davlat pedagogika instituti  kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllari bo`yicha 27 ta bakalavriat ta’lim yo`nalishlariga jami  3625 nafar talabani  qabul qiladi.

Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan yoshlarning oliy ta’lim olishlari uchun yaratilayotgan sharoitlar yildan-yilga kengayib, inson kapitaliga davlat tomonidan juda katta investitsiya kiritilmoqda. Bunday g`amxo`rlik natijasida talabalikka qabul qlingan yoshlar soni oxirgi uch yilda uch barobarga ortdi. Joriy yilda abituriyentlarning hujjatlarini ro`yxatdan o`tkazish to`liq masofadan amalga oshirildi. Bizning Navoiy davlat pedagogika instituti  kirish uchun 30483 nafar abituriyent hujjatlarini  ro`yxatdan o`tkazdilar.

Hozirda har abituriyentga imtihonlar haqida rektor nomidan  xatlar orqali xabarnomalari yuborilmoqda. Bugungi kunda butun jahonda kechayotgan pandemiya sababli mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari muddatlari kechiktirildi. Bu avvalo, Siz ­- yoshlarning salomatligingizni o`ylab, o`z bilimingizni namoyon qilish uchun qulay va xavfsiz shart-sharoit yaratish maqsadida qilindi.

Muhtaram Prezidentimizning tashabbusi bilan kirish imtihonlari shaharlar va viloyatlardagi markaziy stadionlarda, ya’ni ochiq maydonlarda karantin talablariga qat’iy rioya etgan holda 2020 yil sentyabr oyining 2-sanasidan boshlab, 2 smenada o`tkazilishi rejalashtirildi. Ya’ni, 1-smena ertalab 08.00 da boshlanadi va 11.00 da yakunlanadi, 2-smena 17.00 da boshlanadi va 20.00 da yakunlanadi. Abituriyentlarni kirishi 1-smenada 06.30 dan, 2-smenada 15.30 dan boshlanadi.

Siz pasportingiz va DTM ruxsatnomangiz bilan ruxsatnomada ko`rsatilgan manzilga belgilangan vaqtda yetib kelishingiz zarur. Eslatib o`tamiz, DTM ruxsatnomalarini joriy yilning 22 avgustidan boshlab DTM sayti (www.dtm.uz <http://www.dtm.uz>) dagi shaxsiy kabinetingiz orqali olishingiz mumkin!

Test sinovida “Abituriyent ruxsatnomasi” ni qog`ozga chiqarilgan shaklda olib kelishlari shart. Ruxsatnomasiz kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi. Bundan tashqari, “Abituriyent ruxsatnomasi” test sinovlarisiz to`liq kasbiy (ijodiy) imtihon bo`ladiggan ta’lim yo`nalishlariga ro`yxatdan o`tgan abituriyentlarga berilmaydi.

Muhtaram Abituriyent!

Imtihon kuni belgilangan manzilga karantin qoidalariga rioya qilib, xavfsizligingizni ta’minlab, yaxshi kayfiyatda va o`z vaqtida yetib kelishingizni so`raymiz.

Aziz ota-onalar va yaqinlaringizdan imtihon kunlari uyda qolib, imtihon jarayonlarini onlayn kuzatib borishlarini so`raymiz. Test sinovlarini Televideniya, orqali, shuningdek test2020.uz sayti orqali onlayn kuzatishingiz mumkin.

Kirish imtihonlarining o`tish muddati, jadvali va natijalari hamda o`zingizni qiziqtirgan barcha savollarga javoblarni nspi.uz saytidan olishingiz yoki (79) 225-19-23, 225-19-37, 225-19-27 raqamli telefonlarga murojaat etishingiz mumkin.

Yana bir eslatma,

2020-2021 o`quv yili uchun test imtihonlari epidemiologik xavsizlikni ta’minlash imkonini beradigan Navoiy shahridagi “Kimyogar” hamda “So`g`diyona” ochiq stadionlarida tashkil etiladi.

– musiqa ta’limi, vokal, cholg`u ijrochiligi, tasviriy san’at va muhandislik grafikasi, dastgohli rangtasvir, libos dizayn ta’lim yo`nalishlari uchun kirish imtihonlari Navoiy davlat pedagogika institutining Bosh binosida;

– qozoq tilli ta’lim yo`nalishlardagi ijodiy imtihonlar hamda magistratura mutaxassiliklari uchun kirish test sinovlari institutning Bosh binosida;

– ko`zi ojiz abituriyentlar uchun kirish imtihonlari instsitutning Bosh binosida;

– jismoniy madaniyat, xotin-qizlar sporti ta’lim yo`nalishlari bo`yicha ijodiy (kasbiy) imtihonlar Navoiy shahridagi “Yoshlar sport majmuasi” stadionida bo`lib o`tadi;

Uzoq hududlardan keladigan abituriyentlar uchun institutning 2 ta yotoqxonasi Siz abituriyentlar uchun shay qilib qo`yilgan.

Institut Bosh binosi manzili: Navoiy shahri, Ibn Sino ko`chasi – 45 uy, sobiq 14 -magazin yonida.

Unutmang, faqat puxta tayyorgarlik va kuchlim bilim bilangina talaba bo`lish baxtiga muyassar bo`lishingiz mumkin. Shunday ekan, bir daqiqa ham bilim olish va o`z ustingizda ishlashdan to`xtatmang. Sizga ushbu sinovlardan muvaffaqiyatli o`tib olishingizda ulkan zafarlar tilaymiz.

Omad yor bo`lsin!

Hurmat bilan,

NavDPI rektori                                                    B.B.Sobirov

 

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev rahbarligida 2020 yil 6 avgust kuni o`tkazilgan videoselektr yig`ilishining 62-sonli Bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida NavDPI rektori B.Sobirov OAV orqali abituriyentlarga murojaat qildi.

Ushbu murojaatda har abituriyentning o`zi qiziqqan sohada mutaxassis bo`lish uchun oliy o`quv yurtiga imtihon topshirishi bugungi murakkab vaziyat – pandemiya sharoitiga to`g`ri kelganligiga qaramasdan, aslo xavotirga tushmagan holda test sinovlarida ishtirok etishlariga chaqirdi.

Abiutriyentlarga tayyorlanayotgan sharoitlar, test sinovlari bo`ladigan kunlar va joylar, ijodiy (kasbiy) imtihonlar bo`ladigan binolar va vaqti, shuningdek DTM ruxsatnomasini olim imkoniyalari haqida to`liq ma’lumot berildi.

Institut rektori, qabul komissiyasi raisi B.Sobirov o`z so`zida abituriyentlarga qarata: Unutmang, faqat puxta tayyorgarlik va kuchli  bilim bilangina talaba bo`lish baxtiga muyassar bo`lishingiz mumkin. Sizga ushbu sinovlardan muvaffaqiyatli o`tib olishingizda ulkan zafarlar tilaymiz, degan fikrlarni bildirdi.