loader image
All for Joomla All for Webmasters
uzMasofaviy ta'lim Ro`yxatdan o`tish | Diqqat!!! Sayt test rejimida ishlamoqda!
uzMasofaviy ta'lim Ro`yxatdan o`tish | Diqqat!!! Sayt test rejimida ishlamoqda!
info@nspi.uz
E-mail
+998 79 225-19-30
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-30
Faks
Rektor qabulxonasi

Professor-o`qituvchilar uchun yangilik

  Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan Soursera platformasida jahonning yetakchi oliy ta’lim muassasalari va tashkilotlarining 430 ta yo`nalishlar bo`yicha 3 800 turdagi o`quv kurslarida oliy va o`rta maxsus ta’lim tizimidagi 150 000 nafar professor-o`qituvchilar va talabalr uchun bepul ta’lim olish imkoniyati yaratildi.

Aksariyat kurslar va mutaxassisliklarda ta’lim olish odatda obuna asosida oyiga 39-79 AQSH dollarini tashkil etadi. Onlayn kurslar ingliz yoki rus tillarida olib boriladi.

Hozirgi kunda 46 ta OTMni so`roviga asosan Coursera platformasida OTM profillari ochildi. (Ro`yxatda yo`q OTMlar ushbu havoladagi

https://docs.google.com/spreadsheets/d/11Aq0oyer5_J2Xm9o5PcSrZ1mOSxdbH_TkLWYqgf8Zc0/edit#gid=0

ma’lumotlarni to`ldirishingiz mumkin. Vazirlik tomonidan ma’lumotlar jamlab rasmiy jo`natiladi)

Ilovadagi havola orqali professor-o`qituvchilar va talabalar ushbu platformadan 31 sentyabrga qadar ro`yxatdan o`tishi mumkin hamda 31 dekabrga qadar kurslardan bepul foydalanish imkoniyati mavjud.

Mazkur kurslarda ta’lim olish uchun tinglovchilardan ingliz tili yoki rus tilini bilish darajasi kamida B1 bo`lishi talab etiladi.

Ushbu havolalar orqali OTMlarning professor-o`qituvchilari va talabalari ro`yxatdan o`tib kurslardan bepul foydalanishlari mumkin. 👇👇👇

https://docs.google.com/spreadsheets/d/1lAuB4q_ZzQhWJBR0Voo9EhGu6sFCzepOvJOaYM-EecM/edit#gid=0