loader image
All for Joomla All for Webmasters
uzMasofaviy ta'lim Ro`yxatdan o`tish | Diqqat!!! Sayt test rejimida ishlamoqda!
uzMasofaviy ta'lim Ro`yxatdan o`tish | Diqqat!!! Sayt test rejimida ishlamoqda!
info@nspi.uz
E-mail
+998 79 225-19-30
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-30
Faks
Rektor qabulxonasi

Magistratura imtihoniga IQ darajasini aniqlash uchun testlar ham qo‘shiladi – vazirlik

O‘zbekistonda karantin choralari kuchaytirilishi va koronavirus tarqalishi avj olgani sababli oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini o‘tkazish ham kechikyapti. Bu hol magistratura bosqichiga kirish imtihonlarini ham chetlab o‘tmayapti.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Matbuot kotibi Farhod Babashev magistratura imtihonlarini o‘tkazish tartibi haqida ma’lumot berdi. Ammo u imtihon muddatlari haqida aniq gap ayta olmadi.

“Kirish imtihonlari mutaxassislik fani va xorijiy tildan — test ko‘rinishida bo‘ladi.

Mutaxassislik fani imtihonida bakalavriatda o‘rganilgan mutaxassislik fanidan tashqari ilmiy-pedagogik layoqatni va IQ darajasini aniqlashga qaratilgan testlar ham kiritiladi.

Kirishi imtihonlarini 3 avgustdan boshlash rejalashtirilgan edi. Barchangizga ma’lum, pandemiya rejalarimizga o‘zgartirishlar kiritmoqda. Shu boisdan magistraturaga qabul imtihonlari vaqti ham Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadi”, dedi Babashev.

Eslatib o’tamiz, magistratura bosqichiga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish 30 iyul kuni yakunlandi. Imtihonlar esa 3-20 avgust kunlari onlayn o‘tkazilishi kerak edi.

Qalampir.uz / Sunnatilla Abdullayev