loader image
All for Joomla All for Webmasters
uzMasofaviy ta'lim Ro`yxatdan o`tish | Diqqat!!! Sayt test rejimida ishlamoqda!
uzMasofaviy ta'lim Ro`yxatdan o`tish | Diqqat!!! Sayt test rejimida ishlamoqda!
info@nspi.uz
E-mail
+998 79 225-19-30
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-30
Faks
Rektor qabulxonasi

Navoiy davlat pedagogika instituti rahbariyati QS Quacquarelli Symonds kompaniyasi seminarida

O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari uchun QS Quacquarelli Symonds kompaniyasi tomonidan “QS reytinglar uslubiyoti” mavzusida seminar o‘tkazildi.

Zoom dasturi asosida o‘tkaziladigan mazkur seminarda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mas’ul xodimlari, oliy ta’lim muassasalarining mas’ullari, jumladan, Navoiy davlat pedagogika instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori va reyting agentliklari tomonidan e’tirof etilishiga tashkiliy tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha Maxsus ishchi guruhlarni a’zolari ishtirok etdilar.

Oliy ta’lim muassalarining xalqaro reytinglarga kirishi oliy ta’lim muassasalarining rivojlangan ilmiy-tadqiqot salohiyatga ega muassasalarga aylanishini ko‘zda tutadi. OTMlarning ilmiy salohiyati Scopus ilmiy ma’lumotlar bazasini qo‘llovchi yetakchi reyting agentliklari tomonidan o‘lchanadi. Shuning uchun, e’tirof etish kerakki, “QS reytinglar uslubiyoti” mavzusida seminar mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari rahbariyati uchun alohida ahamiyat kasb etadi.

O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasidan kelib chiqadigan vazifalarni amalga oshirish maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Respublika oliy ta’lim kengashi va QS Quacquarelli Symonds kompaniyasi tomonidan OTMlar uchun tashkil etilgan seminar davom etdi.

“Ilm-fan – 2020” dasturi: O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining global raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha QS Quacquarelli Symonds kompaniyasini bilan hamkorlik” mavzusidagi seminarlarda vazirlik vakillari, reyting strategiyalari bo‘yicha ekspertlar, OTMlar rahbariyati, OTMlarni xalqaro reyting agentliklari tomonidan tan olinishiga tayyorlashni tashkillashtirish uchun maxsus guruh xodimlari ishtirok etmoqda.

Seminarlarda dunyo universitetlari uchun QS reytinglar natijalarining 2020-yildagi yakuniy xulosasi, O‘zbekiston universitetlari reputatsiya ko‘rsatkichlarining boshqa davlatlar universitetlari ko‘rsatkichlariga qiyosiy tahlil natijalari, joriy ko‘rsatkichlar asosidagi O‘zbekiston universitetlarining imkoniyatlari masalalari muhokama qilindi.

Seminar yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarini eng yaxshi universitetlar xalqaro reytingiga kiritish strategiyasi bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.