loader image
All for Joomla All for Webmasters
uzMasofaviy ta'lim Ro`yxatdan o`tish | Diqqat!!! Sayt test rejimida ishlamoqda!
uzMasofaviy ta'lim Ro`yxatdan o`tish | Diqqat!!! Sayt test rejimida ishlamoqda!
info@nspi.uz
E-mail
+998 79 225-19-30
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-30
Faks
Rektor qabulxonasi

Oliy ta’limda kredit-modul tizimi

Ta’limning kredit modul tizimi haqida

O‘zbekiston Respublikasi prezidentning 2019 yil 8 oktyabrdagi farmoni bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi»ga ko‘ra, mamlakatdagi OTMlarning 85 foizi 2030 yilgacha bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o‘tishi rejalashtirilgan. Masalan, kelayotgan 2020-21 o‘quv yilining o‘zida mamlakatimizdagi 33dan ortiq yirik OTMlar kredit-modul tizimiga o‘tishi kutilmoqda. Mazkur OTMlarda asosan ECTS kredit-modul tizimi joriy etilishi ko‘zda tutilgan.

Ta’limning kredit-modul tizimi o‘zi nima?

Modul – bu alohida individual o‘quv fani. O‘zida bilimga egalik qilish va kasbiy jihatlarini qamrab olgan bo‘lib, ta’lim oluvchilarning o‘quv dasturini o‘zlashtirish natijasida shakllangan bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarni nazorat qilishning tegishli turi bilan yakunlanishni nazarda tutadi.

Kredit-modul o‘qitish tizimi esa, har bir o‘quv moduli tarkibini tuzishga asoslangan modulning o‘quv natijalari va yakuniy nazoratni kuzatib borish orqali ta’lim oluvchilarning bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarini muntazam ravishda baholab boruvchi o‘quv dasturini o‘zlashtirish jarayonini tashkil etish tizimi hisoblanadi.

Mazkur o‘qitish tizimi ma’ruza, nazariy, amaliy, seminar, laboratoriya mashg‘ulotlari, o‘quv amaliyoti, klinik o‘quv amaliyotlar, kurs loyihasi (ishi), shuningdek ta’lim oluvchilarning mustaqil mashg‘ulotlari bo‘yicha haftalik soat yuklamasi va ta’lim oluvchilarning faoliyatini baholash mezonlarini aks ettiradi. Ta’lim oluvchilar tomonidan barcha majburiy faoliyat turlari bajarilgandan va ular baholangandan so‘ng kreditlarni to‘plash mumkin.

Kredit birliklari tizimiga to‘xtaladigan bo‘lsak, bu kredit dasturlarini uning tarkibiy qismlari, ya’ni modullar, modullar bloklari, kurslar va boshqalarga biriktirish orqali ta’lim dasturlarini tavsiflashning tizimli usulidir.

Kredit-modul o‘qitish tizimi o‘quv jarayonining quyidagi shakllaridan tashkil topadi:

  • auditoriya mashg‘ulotlari – ma’ruza, nazariy, amaliy, seminar, laboratoriya mashg‘ulotlari, o‘quv (klinik) amaliyoti;
  • auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlar – ilmiy kutubxonada ishlash, mustaqil ishlar, individual maslahatlar, klinik vazifalar, ishlab chiqarish (malaka) amaliyoti, kurs ishi, bitiruv malakaviy ishi, ta’lim oluvchilarning ilmiy anjumanlarda qatnashishi, magistratura mutaxassisliklarida ilmiy faoliyat turlari va boshqalar.

Odatda, kredit ta’lim oluvchi tomonidan o‘quv rejasi bajarilishining ko‘rsatkichi bo‘lib, tegishli o‘quv ishlarini bajarishga ketadigan vaqt (soat)lardan tashkil topadi. Bu modul xususiyati va bo‘lajak mutaxassisni shakllantirish uchun o‘quv ishlarining muhimligidan kelib chiqib ta’lim muassasasi tomonidan belgilanishi mumkin. Har bir modul mustaqil kreditga ega bo‘ladi.

Qayd etish o‘rinliki, kredit-modul tizimiga o‘tish – davr talabi. Bu tizimda o‘qituvchilarni talabalar tanlaydi. Tanlov fanlari soni ko‘paytiriladi, ya’ni talaba o‘z yo‘nalishi bo‘yicha tanlab o‘rganishi mumkin bo‘lgan fanlar soni ko‘p bo‘ladi.

Ammo kredit-modul tizimida kerakli ballni yig‘a olmagan talabalar OTMlarda uzoq yillar o‘qishiga to‘g‘ri keladi.