loader image
All for Joomla All for Webmasters
uzMasofaviy ta'lim Ro`yxatdan o`tish | Diqqat!!! Sayt test rejimida ishlamoqda!
uzMasofaviy ta'lim Ro`yxatdan o`tish | Diqqat!!! Sayt test rejimida ishlamoqda!
info@nspi.uz
E-mail
+998 79 225-19-30
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-30
Faks
Rektor qabulxonasi

MAGISTRATURAGA HUJJAT TOPSHIRADIGANLAR UCHUN ESLATMA!

    O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 iyundagi “2020/2021 o`quv yilida O`zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o`qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to`g`risida”gi PQ-4749-son qarorida hamda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev huzurida 2020 yil 30 aprel kuni o`tkazilgan yig`ilishning 28-sonli bayoni 5-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash borasida ishlab chiqilgan O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 7 iyuldagi 367-sonli buyrug`iga asosan:

  • Institutning magistratura mutaxassisliklariga o`qishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy veb-sayti magistr.edu.uz orqali amalga oshiriladi.
  • Magistraturaga kirish sinovlari (on-layn test sinovlari) O`zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o`qishga qabul qilish bo`yicha Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan kunlari o`tkaziladi.
  • Institutning magistraturasiga 2020/2021 o`quv yili uchun abiturentlarni qabul qilishda magistratura mutaxassisligiga muvofiq keluvchi ta’lim yo`nalishining maxsus fanlari, abiturentning mantiqiy fikrlashi, real muammolarni yecha olish qobiliyati, intellektual salohiyati va ilmiy-pedagogik layoqatini aniqlashga yo`naltirilgan test sinovlari, chet tili (xorijiy filologiya, xorijiy til va adabiyoti ta’lim yo`nalishlari bazasidagi mutaxassisliklar uchun ikkinchi chet tili) fanlar va yo`nalishda on-layn test sinovlari shaklida o`tkaziladi.
  • Koronavirus pandemiyasi sharoitida respublika hududlarini “sariq” va “qizil” hududlarga o`zgartirish ehtimolligi saqlanib qolayotganligi bois, abiturentlarga test sinovlari topshiriladigan hudud sifatida o`zi yashab turgan hududni belgilashi tavsiya etiladi.
  • Hujjatlarini ro`yxatdan o`tkazishda xatolikka yo`l qo`ygan abiturentlar tomonidan xatolikni to`g`irlash yuzasidan ariza bilan murojaat qilgan taqdirda, ushbu ma’lumotlar institut qabul komissiyasi tomonidan tahrirlab beriladi.
  • Ko`zi ojiz abiturentlar uchun magistraturaga kirish sinovlari institut tomonidan o`tkazilishini va kirish sinovlari bo`yicha fan dasturlari Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
  • Hujjat topshirgan abiturentlar ichidan magistraturada avval tahsil olganlarni argos.uz tizimi orqali aniqlash va vazirlikka ro`yxati taqdim etiladi.
  • Magistraturaga kirish sinovlari (on-layn test sinovlari) jarayonlari belgilangan muddatlarda yuqori saviyada va onlayn videokuzatuv orqali shaffof o`tkazilishi ta’minlanadi.
  • Institutda belgilangan tartibda apellyatsiya (norozilik) komissiyasi faoliyatini tashkil etiladi.
  • Abiturent sinov natijasidan norozi bo`lgan taqdirda, sinov natijalari e’lon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat davomida sinov ishini appeliyatsiya qilish haqidagi ariza bilan institut qabul komissiyasida tashkil etilgan appelyatsiya (norozilik) komissiyasi raisiga murojaat etish mumkinligi hamda appelyatsiya haqidagi arizani ko`rib chiqish muddati 96 soatdan oshmasligi belgilab qo`yilgan.
  • Test sinovlari yakunlangandan so`ng bir hafta muddatda kirish sinovlarining natijalari Davlat komissiyasiga tasdiqlash uchun kiritiladi.