loader image
All for Joomla All for Webmasters
uzMasofaviy ta'lim Ro`yxatdan o`tish | Diqqat!!! Sayt test rejimida ishlamoqda!
uzMasofaviy ta'lim Ro`yxatdan o`tish | Diqqat!!! Sayt test rejimida ishlamoqda!
info@nspi.uz
E-mail
+998 79 225-19-30
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-30
Faks
Rektor qabulxonasi

MAGISTRATURAGA QABUL

2020/2021 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasi OTMlari MAGISTRATURA uchun davlat buyurtmasi asosida oʻqishga qabul qilish parametrlarining mutaxassisliklar va oʻqitish tillari boʻyicha taqsimlanishi.2020/2021 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasi OTMlari MAGISTRATURA uchun davlat buyurtmasi asosida oʻqishga qabul qilish parametrlarining mutaxassisliklar va oʻqitish tillari boʻyicha taqsimlanishi.

2019-2020 oʻquv yili qabulida magistratura bosqichida ham abituriyentlar uchun bir qator imtiyoz va qulayliklar yaratilmoqda.

Yangi oʻquv yilida magistrlar tayyorlash boʻyicha qabul kvotasi – 7 695 nafar. Bunda:

– davlat granti – 4 131 ta (53,7%);

– toʻlov-kontrakt – 3 564 ta (46,3%).

Joriy yilda ilk marotaba bakalavriat bitiruvchilari, bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga turdosh boʻlmagan magistratura mutaxassisliklari boʻyicha ham tanlovda ishtirok etish huquqi beriladi. Hozirda vazirlik mutaxassislari tomonidan alohida mutaxassisliklar va ularga muvofiq bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati ishlab chiqilmoqda.

OTMlarga mavjud quvvatlari, moddiy-texnik bazasi hamda professor-oʻqituvchilari tarkibidan kelib chiqib oʻzlarida mavjud magistratura mutaxassisliklariga bazaviy toʻlov-kontrakt boʻyicha qoʻshimcha qabulni amalga oshirish huquqi berildi.

Magistraturaga kirishda quyidagilar bekor qilindi:

– magistraturaga kiruvchilarning ilmiy va ilmiy-pedagogik ishlarga qobiliyati hamda qiziqishini aniqlash maqsadida tanlangan mutaxassislikka mos savollar asosida suhbat;

– “Informatika va axborot texnologiyalari” fani boʻyicha sinov;

– Oʻzbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fani boʻyicha sinov

Magistraturaga hujjat topshirganlarning TOEFL boʻyicha kamida 72 yoki IELTS boʻyicha kamida 5,5 ball boʻlganida ular chet tilidan kirish sinovida ishtirok etmaydi.