loader image
All for Joomla All for Webmasters
uz| Ro`yxatdan o`tish | Diqqat!!! Sayt test rejimida ishlamoqda!
uz| Ro`yxatdan o`tish | Diqqat!!! Sayt test rejimida ishlamoqda!
info@nspi.uz
E-mail
+998 79 225-19-30
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-30
Faks
Rektor qabulxonasi

Navoiy davlat pedagogika instituti rektorining qabul jarayonida Korrupsion holatlarga qarshi kurash yuzasidan MUROJAATNOMASI

Navoiy davlat pedagogika instituti Respublika Oliy o‘quv yurtlari orasida o‘ziga xos o‘ringa, mavqega va e’tiborga ega bo‘lgan ta’lim muassasalaridan biridir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Farmoni bilan qabul qilingan mamlakatimizni yanada rivojlantirishning Harakatlar Strategiyasida belgilab berilgan maqsad va vazifalarni ijrosini ta’minlashda Institutimiz o‘zini mas’ul deb biladi.

“Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish” yili Oliy ta’lim tizimida ham raqamli iqtisodiyotning joriy etilishi, bu borada masofaviy ta’lim tizimining shakllanishi va rivojlanishi uchun asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

Muhtaram Prezidentimizning Oliy Majlisga murojaatlarida 2020 yilda Oliy ta’lim tizimidagi tub o‘zgarishlar, keng imkoniyatlar va ayniqsa qabul kvotalarining oshirishi barchani, ayniqsa abiturientlarni quvontirgani rost.

Ayni paytda barcha oliy ta’lim muassasalari singari Navoiy davlat pedagogika institutida o‘qish istagini bildirgan abiturientlar xujjat rasmiylashtirmoqdalar.

Respublika Oliy ta’lim muassasalariga qabul test sinovlari natijasiga ko‘ra va ijodiy (kasbiy) imtihonlar natijalariga ko‘ra Davlat komissiyasining bayonnomalari bilan amalga oshiriladi.

Shu ma’noda Navoiy davlat pedagogika institutiga qabul jarayonini shaffof, adolatli ta’minlashda ham institut tomoni ham jamoatchilik birdek mas’ul, deb o‘ylayman.

Tashkil qilinadigan ijodiy (kasbiy) imtihonlarning adolatli o‘tilishini kafolatlash haqida institutning rahbar xodimlari, professor-o‘qituvchilar va barcha ishchi hodimlarga tushuntirish ishlari olib borildi va borilmoqda.

Shunday ekan, abiturientlar, ularning ota-onalari va  fuqarolarga qarata MUROJAAT qilmoqchiman:

Aziz abiturient! Siz o‘z bilimingizga, imkoniyat va iqtidoringizga, iste’dod va tafakkuringizga ishoning. Qabul jarayoni to‘laligicha Davlat komissiyasi tomonidan boshqarilishi va amalga oshirilishini unutmang. Unga hech bir inson omilining aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi. SHu sababli, firibgarlarning aldoviga tushib qolmang.

Ogoh bo‘ling, Siz bizga ko‘makchi bo‘ling !

Navoiy davlat pedagogika instituti rektori              B.B.Sobirov