loader image
All for Joomla All for Webmasters
uzMasofaviy ta'lim Ro`yxatdan o`tish | Diqqat!!! Sayt test rejimida ishlamoqda!
uzMasofaviy ta'lim Ro`yxatdan o`tish | Diqqat!!! Sayt test rejimida ishlamoqda!
info@nspi.uz
E-mail
+998 79 225-19-30
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-30
Faks
Rektor qabulxonasi

Notiqlik, o‘tkir qalam sirlari.

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2019-yil  27-dekabr kuni mamlakat yoshlari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda bildirilgan takliflarni o‘z ichiga olgan,»Yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi ishlar natijadorligi va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish borasidagi dolzarb vazifalar to‘g‘risida»gi 58-son yig‘ilish bayoni bilan tasdiqlangan»O‘zbekiston Respublikasida 2020-yilda yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi» da belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan «Ma’rifatli yoshlar yurt ko‘zgusi» shiori ostida turkum ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni o‘z ichiga olgan «Talabalar festivali» joriy yilning 25-29 iyun kunlari, pandemiya sharoiti talablarini inobatga olgan holda, onlayn tarzda tashkil  etildi. Festival doirasida 25-28 iyun kunlari “Notiqlik, o‘tkir qalam sirlari” audioinsholar tanlovi bo‘lib o‘tdi. Audioinsholar quyidagi mavzular bo‘yicha yozilishi kerak edi:

– “Pandemiya mening hayotimda”,

– “Mening ideal ustozim”,

– “Kasbim – faxrim”,

– “Yurtim rivojiga qo‘shgan hissam”.

Tanlovning g‘oliblari maxsus diplomlar hamda 1-o‘rin – 2 000 000 so‘m, 2-o‘rin – 1 500 000 so‘m, 3-o‘rin – 1 000 000 so‘m pul mablagʼlari bilan ragʼbatlantirilishi belgilandi. Ushbu tanlovda ishtirok etgan institut yoshlar ittifoqi yetakchisi Nodirbek Umarov faxrli 3-o’rinni qo’lga kiritdi. Ushbu muvaffaqiyat bilan Nodirbekni institut jamoasi samimiy muborakbot etadi.