All for Joomla All for Webmasters
uzMasofaviy ta'lim  Diqqat!!! Sayt test rejimida ishlamoqda!
uzMasofaviy ta'lim  Diqqat!!! Sayt test rejimida ishlamoqda!
info@nspi.uz
E-mail
+998 79 225-19-30
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-30
Faks
Rektor qabulxonasi

MAKTABGACHA TA’LIMGA ZAMONAVIY YONDASHUV

 Joriy yilning 26 iyun kuni O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi Navoiy davlat pedagogika instituti hamda Maktabgacha ta’lim tashkiloti Navoiy viloyati boshqarmasi xamkorligida «21-asrda Maktabgacha ta’lim: muammolar, yechim va istiqbol» mavzusida mintaqaviy ilmiy onlayn konferensiya tashkil etildi.  Konferensiyani NavDPI rektori B.Sobirov  o`z ma’ruzasi bilan ochib berdi. Shuningdek, konferensiyada Navoiy viloyati MTT boshqarma boshlig`i U. Tillav, MTT boshqarma boshlig`i o`rinbosari F.Idiyeva, NavDPI ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo`yicha prorektori S.Xo`jjiyev va boshqalar o`z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi. Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, t.f.d. professor Sobirov Bahodir Boypulatovich.

 Assalomu alaykum hurmatli konferensiya ishtirokchilari.

Sizlarni bugungi “XXI asrda maktabgacha ta’lim: muammolar, yechim va istiqbol” mavzusidagi mintaqaviy onlayn ilmiy-amaliy konferensiyada ko`rib turganimdan xursandman.  Maktabgacha ta’lim tizimi uzluksiz ta’limning eng muhim bo`lgan  boshlang`ich bo`g`ini hisoblanadi.  Ta’lim-tarbiya jarayonida har bir bolani shaxs sifatida tan olish uning yosh xususiyatlari, qiziqishlari, ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda bilim, ko`nikma va malakalarini shakllantirish hozirgi kunning eng dolzarb masalasidir.

  Mamlakatimizda yosh avlodni yanada sog`lom, bilimli va zukko qilib tarbiyalash maqsadida maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirishga katta e’tibor qaratilmoqda. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti   Shavkat Mirziyoyevning maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirishga oid qator qaror va farmonlarning tasdiqlanishi buning yorqin ifodasidir. So`nggi kunlarda qabul qilingan “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to`g`risida”gi Qonun kuchga kirganligining o`zi ham maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi munosabatlarni tartibga solishi shubhasiz.

Maktabgacha ta’lim tizimining rivojlanishi va takomillashuviga o`z hissasini qo`shadigan pedagog kadrlar yuqori ma’lumotli bo`lishi, kasbiy bilimlarni puxta egallab, zarur adabiyotlarni tanlay olishi, ilmiy adabiyotlar bilan ishlay oladigan, ilg`or tajribali pedagoglarning ish tajribalarini o`rganib, o`z ishiga tadbiq eta oladigan shaxs bo`lishi lozim. Navoiy davlat pedagogika instituti “Maktabgacha ta’lim” yo`nalishi kunduzg

i bo`limida 505 nafar talaba tahsil oladi. Shundan bitiruvchi kurs talabalarimiz 89 nafarni tashkil etadi. Bugungi kunda 63 nafar bitiruvchilarimiz o`z kasbiy faoliyatini boshlab yuborgan. 2018-yildan boshlab, institutimizda ilk marta Maktabgacha ta’lim mutaxassisligi bo`yicha magistratura bo`limi ochildi. Joriy yilda 5 nafar magistrlarning a’lo baholar bilan yakunlaganligi tizim rivoji uchun xizmat qiluvchi bilimli kadrlar yetishib chiqqanligini ko`rsatadi.

  Maktabgacha ta’lim tizimi sifat va samaradorligini ta’minlash, tarbiyachilarning bilim salohiyatini tahlil qilish va o`rta maxsus ma’lumotli tarbiyachilarni oliy ma’lumotli qilish maqsadida “Maktabgacha ta’lim” yo`nalishi maxsus sirtqi bo`limida 362 nafar va sirtqi bo`limda 285 nafar talabalar qabuli amalga oshirilib, o`quv jarayonlari davom etmoqda. Joriy yilda maxsus sirtqi bo`limining 232 nafar talabasi “Maktabgacha ta’lim tarbiyachisi” ixtisosligi bo`yicha oliy ma’lumotga ega bo`ldi. Bu orqali Navoiy viloyatining chekka xududlaridagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarini oliy ma’lumotli kadrlar bilan ta’minlashdek muhim vazifaga o`z hissamizni qo`shmoqdamiz. Shuningdek, 2020-2021 yilda maktabgacha ta’lim yo`nalishi bo`yicha 25 nafar kechki ta’lim uchun o`rin ajratilganligi sohaga qiziquvchi yosh avlodga yana bir imkoniyatlar eshigini ochadi.

   Navoiy davlat pedagogika instituti bilan Navoiy viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarmasi, Navoiy shahar va Navbahor tumani Maktabgacha ta’lim bo`limlari hamkorligida innovatsion loyihalar asosida shartnomalar tuzilgan bo`lib, mazkur shartnoma asosida talabalarimiz maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o`zlarining o`quv va pedagogik amaliyotlarini o`tash bilan birga turli ommaviy tadbirlar, jumladan, “Yosh bolalar teatri”, “Mohir qo`llar” kabi amaliy tadbirlari bilan yuzlab bolajonlarning ta’limga bo`lgan qiziqishini oshirishga xizmat qilishmoqda. Professor-o`qituvchilar va MTT pedagog-xodimlari hamkorligida seminar-treninglar, an’anaviy respublika miqyosidagi konferensiyalar tashkil etish yo`lga qo`yilgan.

 Maktabgacha ta’lim kafedrasi professor-o`qituvchilari tomonidan “Maktabgacha yoshdagi bolalarga o`zbek tilini o`rgatishga mo`ljallangan platforma yaratish” mavzusidagi amaliy grant loyihasi va “Maktabgacha yoshdagi bolalarning ta’limiy turizmi”, “Imkoniyati cheklangan bolalarni audio manbalar yordamida maktabga tayyorlash”, “SMART ‒ bog`cha” mavzularida START_UP loyihalari ishlab chiqilgan. Shuningdek, kafedraning tajribali professor-o`qituvchilari va tajribali MTT xodimlari hammuallifligida qator metodik qo`llanmalar ishlab chiqilmoqda va o`quv mashg`ulotlari ommalashtirilmoqda. Albatta, yutuqlar o`zimizniki. Mazkur hamkorlikning samarali natijalari hali yetarlicha deb bo`lmaydi. Navoiy davlat pedagogika instituti ilmiy-pedagogik salohiyatidan keng foydalanib, o`zaro ilmiy -uslubiy hamkorlik qilish sohani yanada rivojlantirishga zamin bo`ladi. Xulosa qilib aytganda, mamlakatimizda zamonaviy, xalqaro standartlarga mos maktabgacha ta’lim tizimini shakllantirish va intellektual salohiyatli yosh avlodni voyaga yetkazuvchi ta’limning mustahkam poydevorini yaratish yurtboshimizning tizimni yaxshilash bo`yicha qabul qilayotgan Qaror va Farmonlarining amaliy tadbig`i uchun xizmat qiladi.

Hurmatli konferensiya ishtirokchilari!

  Maktabgacha ta’lim sifatini takomillashtirish qanchalik muhim ahamiyatga ega ekanligini inobatga olgan holda, bugungi konferensiyada muhokama qilinadigan masalalar va ularning yechimlari bo`yicha barchangizga muvaffaqiyat tilaymiz.O`ylaymanki, konferensiyada qilinadigan xulosalar va ishlab chiqiladigan takliflar albatta ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga o`z hissasini qo`shadi.Barcha konferensiya ishtirokchilari va konferensiya ishiga omad tilaymiz hamda barcha hamkasblarimizni ilmiy va uslubiy hamkorlikka chorlab qolamiz.