loader image
All for Joomla All for Webmasters
uzMasofaviy ta'lim  Diqqat!!! Sayt test rejimida ishlamoqda!
uzMasofaviy ta'lim  Diqqat!!! Sayt test rejimida ishlamoqda!
info@nspi.uz
E-mail
+998 79 225-19-30
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-30
Faks
Rektor qabulxonasi

O`quv yilini sifatli yakunlash va yangi o`quv yiliga tayyorgarlik ko`rish

    2020 – yil 23- iyun kuni Navoiy davlat pedagogika institutida onlayn tarzda yig`ilish o`tkazildi. Institut rektori B.Sobirov va prorektorlar, bo`lim boshliqlari, fakultet dekanlari hamda kafedra mudirlari ishtirok etdi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent shahri, Olmazor tumaniga tashrifi davomida berilgan topshiriqqa muvofiq O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o`rinbosari B.A.Musayev raisligida joriy yilning 20-iyun kuni «Respublikadagi oliy ta’lim muassasalari rahbarlarining ilmiy ishlari va innovatsiyalar bo`yicha o`rinbosarlari faoliyati samaradorligini oshirish to`grisida» gi videokonferensiya ko`rinishida o`tkazilgan yig`ilishda berilgan topshiriqlar haqida, to`lov-shartnoma asosida o`qitilayotgan talabalarning qarzdorligini bartaraf etish bo`yicha amalga oshirilgan ishlarning bugungi ahvoli hamda institut hududlarida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari, o`quv yilini sifatli yakunlash va yangi o`quv yiliga tayyorgarlik ko`rish bo`yicha, dekan va kafedra mudirlariga tegishli topshiriqlar berildi.