loader image
All for Joomla All for Webmasters
uzMasofaviy ta'lim  Diqqat!!! Sayt test rejimida ishlamoqda!
uzMasofaviy ta'lim  Diqqat!!! Sayt test rejimida ishlamoqda!
info@nspi.uz
E-mail
+998 79 225-19-30
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-30
Faks
Rektor qabulxonasi

“Eng yaxshi ssenariy muallifi” tanlovi

Diqqat, tanlov! “Eng yaxshi ssenariy muallifi” tanlovida ishtirok eting va g’olib bo’ling!

Navoiy davlat pedagogika instituti talabalar o’rtasida “Eng yaxshi ssenariy muallifi” tanlovi o’tkaziladi. Tanlovda ishtirok etmoqchi bo’lgan talabalar 2020 yil 25-avgustgacha teatr uchun sahanalashtirishga mo’ljallangan ssenariylar (dramatik, musiqali, komediyali, tarixiy, bolalarbop) yaratishi va taqdim etishi lozim.

Tanlov g’oliblari uchun quyidagi mukofotlar ta’sis etiladi:

  • “Eng yaxshi tarixiy ssenariy” (1,2,3-o’rinlar)
  • “Eng yaxshi musiqali ssenariy” (1,2,3-o’rinlar)
  • “Eng yaxshi komediyali ssenariy” (1,2,3-o’rinlar)
  • “Eng yaxshi dramatik ssenariy” (1,2,3-o’rinlar)
  • “Eng yaxshi bolalarbop ssenariy” (1,2,3-o’rinlar)

Asosiy mukofotlar:

  • Birinchi o’rinni olgan g’oliblar diplom hamda 500 ming so’m pul mukofoti bilan taqdirlanadilar.
  • Ikkinchi o’rinni olgan g’oliblar diplom hamda 300 ming so’m pul mukofoti bilan taqdirlanadilar.
  • Uchinchi o’rinni olgan g’oliblar diplom hamda 100 ming so’m pul mukofoti bilan taqdirlanadilar.

Tanlov shartlari:

  • Tanlovga taqdim etilayotgan asar kamida bir soatga mo’ljallangan teatr ssenariysi bo’lishi shart;
  • Ushbu ssenariylar ko’chirmakashliklardan holi, talabalar tomonidan ishlab chiqilgan bo’lishi lozim;
  • Ssenariylar o’zbek, rus, qozoq tillarida bo’lishi mumkin.

Tanlovga yuborilgan ssenariylarga quyidagilar ilova qilinadi:

  • Muallif haqida ma’lumotnoma (fakultet, kurs, guruh);
  • Pasport nushasi.

Tanlov g’oliblari O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 29 yilligi hamda “Bilimlar kuni” munosabati bilan 2020 yil 3-sentyabr kuni e’lon qilinadi va mukofotlanadi.