loader image
All for Joomla All for Webmasters
uz| Ro`yxatdan o`tish | Diqqat!!! Sayt test rejimida ishlamoqda!
uz| Ro`yxatdan o`tish | Diqqat!!! Sayt test rejimida ishlamoqda!
info@nspi.uz
E-mail
+998 79 225-19-30
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-30
Faks
Rektor qabulxonasi

«Eng yaxshi kitob targ`ibotchisi» videoroliklar tanlovi

  O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-sentabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ`ib qilish bo`yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to`g`risida”gi PQ-3271-sonli qarori hamda «Besh muhim tashabbus» ijrosini ta’minlash maqsadida Navoiy davlat pedagogika instituti ARM va Yoshlar ittifoqi hamkorlikda 18-iyundan 18-iyulgacha «Eng yaxshi kitob targ`ibotchisi» videoroliklar tanlovini e’lon qiladi. Tanlovda ishtirok etish uchun o`zingiz sevgan kitobni videorolik orqali targ`ib qiling. Qanday shaklda (nutq, rasmlar, voqelik, noan’anaviy va kreativ yondashuv) targ`ib qilish sizning e’tiboringizga havola. G`oliblar 20-iyul kuni e’lon qilinadi va ta’tildan so`ng kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlanadi. Videoroliklar 5 minutdan oshmagan, ovoz va tasvir sifatli bo`lishi shart.  Videoroliklarni +998946535621 telegram nomeriga yuboring.