loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Rektor kubogi gʻoliblari aniqlandi

  Navoiy davlat pedagogika institutida “Rektor kubogi” uchun oʻtkazilgan futbol musobaqasi gʻoliblari aniqlandi. Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida Navoiy davlat pedagogika institutida turli xil tadbirlar, tanlovlar, teatr jamoalari chiqishlari, sport musobaqalari kabi muhim ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, sportning Mini-futbol turi bo‘yicha “Rektor kubogi” uchun tashkil qilingan musobaqada jamoalar har yili o‘zaro bellashadilar.

Joriy mavsumdagi turnirda professor-oʻqituvchi va ishchi-xodimlar, talaba yigitlar hamda talaba qizlar o‘z jamoalari uchun to‘p surishdi. Kuni kecha institutda final oʻyini boʻlib oʻtdi. Salkam bir oy davom etgan final bosqichida Navoiy shahar IIB xodimlari tomonidan tayyorlangan chiqishlar qo‘yildi, harbiy orkestr tomonidan madhiyamiz ijro etilib, jamoalarga ishtiyoq ulashildi.

  

Yakuniy final o‘yinlari natijalari quyidagicha bo‘ldi va g‘olib jamoalar pul mablag‘lari bilan mukofotlandi.

Professor-o‘qituvchi va ishchi-xodimlar o‘rtasidagi musobaqalar:

1-o‘rin — Matematika-informatika fakulteti (10 mln so‘m);

2-o‘rin — Jismoniy madaniyat fakulteti (7 mln so‘m);

3-o‘rin — Rektorat jamoasi (5 mln so‘m), Rus va qozoq filologiyasi va Ingliz tili va adabiyoti fakultetlari jamoasi (5 mln so‘m).

Talaba yigitlar o‘rtasidagi musobaqalar:

1-o‘rin — Jismoniy madaniyat fakulteti (5 mln so‘m),

2-o‘rin — Matematika-informatika fakulteti (4 mln so‘m);

3-o‘rin — Tarix (3 mln so‘m) va Fizika-texnologiya fakultetlari (3 mln so‘m).

Qizlar o‘rtasidagi musobaqalar:

1-o‘rin — Jismoniy madaniyat fakulteti (5 mln so‘m);

2-o‘rin — Matematika-informatika fakulteti (4 mln so‘m);

3-o‘rin — Fizika-texnologiya (3 mln so‘m) va O‘zbek tili va adabiyoti fakultetlari (3 mln so‘m).