loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Taʼlim: xalqaro hamkorlik taʼlim sifatini oshiradi

 Navoiy davlat pedagogika instituti va M.Avezov nomidagi Janubiy-Qozogʻiston davlat universiteti oʻrtasida tuzilgan xalqaro hamkorlik memorandumi asosida oliygohlar oʻrtasida ilmiy akademik mobillik, ya’ni yetakchi professorlar maxsus kurslarining ilmiy maʼruzalarini tashkil etish, talabalar almashinuvini yoʻlga qoʻyish, ilmiy kadrlar tayyorlash va fundamental tadqiqotlarni amalga oshirish kabi ishlar bajarilmoqda.

Navoiy davlat pedagogika institutiga M.Avezov nomidagi Janubiy-Qozogʻiston davlat universiteti Falsafa kafedrasi mudiri, f.f.n., dotsent Spanov Meyrxan Jantayevich boshchiligida bir guruh professor-oʻqituvchilar tashrif buyurdi. Dastlab institut tuzilmasidagi “Qatagʻon qurbonlari xotirasi” muzeyi faoliyati, qatagʻon davriga oid arxiv hujjatlar, eksponatlar hamda tarixiy shaxslar toʻgʻrisida maʼlumot berildi. Shu yerda qozoq va qoraqalpoq yoʻnalishi talabalari oʻzlarining milliy xalq qoʻshiqlari va raqslarini namoyish etib, xushkayfiyat baxsh etdilar. Shundan soʻng mehmonlar bilan NavDPI birinchi prorektori hamda oʻquv ishlari boʻyicha prorektor ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

 

Mehmonlar talabalarga Markaziy Osiyo xalqlari maʼnaviy-falsafiy merosi nomli tanlov fani boʻyicha ilmiy maʼruzalar oʻqish hamda Ijtimoiy fanlar kafedrasida 72 soatlik ilmiy stajirovka va malaka oshirish kurslarini oʻtash uchun tashrif buyurishgan.