loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Maktabgacha va boshlangʻich taʼlim fakultetida “Ochiq eshiklar kuni” boʻlib oʻtdi

   O‘zbеkiston Rеspublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Navoiy davlat pedagogika instituti Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti Maktabgacha ta’lim kafedrasi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbir “Yoshlar-kelajagimiz poydevori!”, «Yoshlarni kasbga yo‘naltirish, muammo va yechimlari”, “Kelajak kasblari va o‘quvchi-yoshlarni kasbga yo‘naltirishning ijtimoiy ahamiyati”, “Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim uzviyligi-davr talabi”, «Maktabgacha ta’lim – uzluksiz ta’lim tizimining boshlang‘ich va asosiy bo‘g‘ini” mavzularida olib borildi.

Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakultetida, Ochiq eshiklar kuniga bag’ishlangan tadbir yuksak saviyada tashkil etildi. Tadbirda O’quv ishlari bo’yicha prorektor G’.Yodgorov hamda Akademik litsey va texnikumlariga metodik yordam berish sektori bosh mutaxassisi B.Hosilovlar ishtirok etdilar.

Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakultetida tashkil etilgan «Ochiq eshiklar kuni»  doirasida  Maktabgacha ta’lim yônalishida tahsil oluvchi salohiyatli va izlanuvchan talabalar  buyuk bobokalonimiz Hazrati Mir Alisher Navoiyning hayoti va ijodiga doir ma’lumotlarni innovatsion pedagogik texnologiyaning «Klaster» usulidan foydalangan holda, mukammal darajada namoyish etishdi.Shuningdek, iqtidorli talabalar tomonidan shoirning g’azal, ruboiy hamda dostonlarini yoritishda yangi pedagogik texnologiyaning barcha metodlaridan yuqori saviyada foydalanildi.

 Professor-o‘qituvchi va talabalarning ilmiy-ijodiy ishlari namoyish qilindi.