loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Talaba qizlar o‘rtasida spartakiada o‘yinlari o‘tkazildi

 Navoiy davlat pedagogika instituti Xotin-qizlar kengashi va institut Sport klubi hamkorligida talaba qizlar o‘rtasida «9-may — Xotira va qadrlash kuni» munosabati bilan «Sport — sog‘lik garovi» shiori ostida «Quvnoq startlar» musobaqasi tashkil etildi.

Yoshlarning bo‘sh vaqtlarini samarali o‘tkazishlari uchun tashkil etilgan musobaqani Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi N.Tursunova va Jismoniy madaniyat fakulteti dekani A.Nurullayev ochib berishdi.

Fakultetlar orasida 8 ta jamoa talaba qizlari o‘zaro bellashdi. Musobaqa 3 bosqichda o‘tkazilib, finalga Jismoniy madaniyat, Tarix, Matematika-informatika, Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakultetlari chiqishdi. Musobaqa natijalariga ko‘ra 1-o‘rinni Jismoniy madaniyat, 2-o‘rinni Tarix, 3-o‘rinni Matematika-informatika hamda Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakultetlari qo‘lga kiritdilar.