loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

INSON XOTIRA TUYGʻUSI BILAN BARHAYOT

  Ajdodlarni xotirlash va keksalarni e’zozlash, ulug‘ qadriyat hisoblanib, bu borada mamlakatimizda har yili qabul qilinayotgan dasturlarda yoshi ulug‘, nuroniylarga bo‘lgan hurmat, e’tibor diqqat markazdadir!

9-may «Xotira va qadrlash kuni» munosabati bilan Navoiy davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat fakultetida «Inson xotira tuyg’usi bilan barhayot» mavzusida tadbir bo’lib o’tdi. Unga ulug’ vatan urushi qatnashchisi, 103 yoshni qarshilagan Turdiyev Pirnazar bobo tashrif buyurdi.

Fashizmga qarshi urushda mardonavor jang qilgan, og‘ir mashaqqat va musibatlarni boshdan kechirgan qahramonlar va xalqimiz asrlar davomida orzu qilgan erkinlik uchun o‘z jonini qurbon qilganlar xotirasi hamisha yodimizdadir albat. Vatanini himoya qilishda jonini fido qilgan, xalq orzu qilgan erkinlik uchun kurashgan milliy qaxramonlarimizni ruhi oldida yana bir bor ta’zim aylaymiz.